Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Qo`shimcha qism: 
Bolalar o`zlariga yoqqan naqsh namunalarini tanlab oladilar va qog`ozga 
chizadilar.
Faoliyat borishi: 
Tarbiyachi bolalarni tarixiy obidalar va xalq amaliy san’ati aks ettirilgan 
video lavhani ko`rishga taklif etadi. Video lavha yuzasidan bolalar bilan savol-javob 
o`tkazadi.
Tarbiyachi: 
Bolalar yuqoridagi video lavhadan nimalar tasvirlangan ekan? 
1-bola: 
Xalqimizning boy tarixi, tarixiy obidalari, turli xil buyumlar, idishlar, matolar 
tasvirlangan ekan.
2-Bola: 
Bu jixozlarning barcha turlari milliy naqshlarimiz bilan bezatilgan ekan. 
Tarbiyachi: 
To`g`ri bolajonlar kelinglar men sizlarga xalqimizning amaliy san’ati va milliy 
naqshlar haqida ko`proq tushunchalar beraman. Qarang mana bu milliy burchagimizga bugun 
yana ham ko`proq yangi buyumlar qo`yganman. Ular bilan tanishamiz. Ularda xalqimizning 
orzu umidlari, istak hohishlari, turmush tarsi aks ettirilgan. Bizning xalqimizning juda 
qadimdan manaviyatli va marifatli bo`lishgan. Ular o`zlarining kundalik hayotlarida 
kulolchilik, zardo`zlik, ganchkorlik, naqqoshlik kabi ko`plab hunar turlari bilan 
shug`ullanishgan. Bu hunarlari bilan ular madrasalarni, shohlarning saroylarini, 
karvonsaroylarini bezashgan. Ganchkor ustalar binolarni devorlariga, peshtoqlariga bezak 
bergan bo`lsa, naqqoshlar esa ustunlarni, eshik va derazalarni naqshlar bilan bezagan. Chevar 
momolar esa turlipalaklar va so`zanalar bilan xona ichini jixozlaganlar. Xalqimizning bu 
meroslaridan ayrimlari xozirgi kungacha bizgacha ham yetib kelgan. Naqsh milliy san’at 
turlaridan biri bo`lib, gazlamalarga, yog`ochlarga va chinni idish tovoqlarga bezak sifatida 
ishlatiladi. Milliy naqshlardan yurtimizning tarixiy obidalarida juda ko`p foydalanilgan. Ular 
go`zalligi, betakrorligi sababli turli davlatlardan kelgan sayyohlarni jalb qilgan. Naqshlarda 
milliy hunarmandchilik, o`ymakorlikda ko`p foydalaniladi. Naqshlarda to`g`ri va 
to`lqinsimon chiziqlardan ham foydalaniladi. Masalan mana bu sochiqlarni chetlari 
to`lqinsimon, doira va to`g`ri shakllar bilan bezatilgan. Idishlarga esa paxta guli, atlas 
nushada, mayda gullari bilan bezatish mumkun. Sizlarga ulardan namunalar ko`rsataman.
Tarbiyachi: 
Bolalar bilasizlarmi qadim zamonda bir usta to`quvchi bo`lgan ekan. Uning 
yakkayu yolg`iz qizi bor ekan. To`quvchi qiziga hech kiymagan ajoyib bir mato to`qib 
berishni orzu qilar ekan. To`quvchi ko`p izlanibdi. Bir kuni gulhan yonida o`ylanib o`tirib 
qolibdi. Shunda to`quvchining diqqatini gulhanning suvdagi aksi tortibdi. Gulhan suvda 
oyning shulasida juda ham betakror jilovlanar ekan. Shundan ilhomlangan to`quvchi darhol 
uni matoga aks ettira boshlabdi. Shunday qilib bolajonlar milliy atlas matosi yaratilgan ekan

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin