Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

E’tiborga molik jixat: 
Tarbiyachi bilan bilan birga qisqa hikoya tuzishga o`rganadilar.
Kerakli jixoz va materiallar: 
O`yinchoqlar, yuk mashinasi, oq va qora ayiqchalar, echki, 
turli kattalikdagiarchalar, qo`g`irchoqlar (o`g`il bola va qiz bola).
Faoliyatning borishi:
Bugun sizlar bilan o`yinchoq va uning ixtirochilari haqida gapirib o`tamiz. O`yinchoqlar 
qadim zamonlarda Xamri buva tomonidan yaratilgan o`yinchoqlar bo`lgan. Hozirgi 
ma’lumotlarga qaraganda yer yuzidagi eng ko`p tayyorlanadigan o`yinchoqlar Xitoyning 
zimmasiga to`g`ri keldi. Yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, million turdagi o`yinchoqlarni 
tayyorlash uchun qancha ishchi kuchi kerak eklanligini tasavvur eta olamiz?


72 
Balki bu cheksiz ishlab chiqarilish jarayonida qandaydir texnologiya yoki robotlar ishtirok 
etadi, deb o`ylashingiz mumkun. Ammo bunday emas. O`yinchoqlarning barini odamlar 
qiladi. Ularning hammasini qo`l mehnatida bajariladi. 
Tarbiyachi xonaga o`yinchoqlar solingan yuk mashinasini olib kiradi (ayiqcha, echki, 
qo`g`irchoqlar, archalar solingan). 
Qaranglar, mashinada qanday o`yinchoqlar olib kelibman? 
Bolalar javobi: 
To`g`ri, ayiqchalarni, echkini va archalarni olib keldim. Siz bu 
o`yinchoqlarni o`ynashni yaxshi ko`rasizmi? Bular nima? To`g`ri ayiqchalar. Bitta archa 
qanday rangda (oq). Boshqa archa qanday rangda? (qora). Ayiqchalar qanday qichqiradi? 
(eeee). Said, oq ayiqcha qanday qichqiradi? Ko`rsat-chi? (Tarbiyachi o`yinchoqni bolaning 
qo`liga beradi). Qora ayiqcha qanday qichqiradi? Mana bular nima? (Archalar). Qaranglar-
chi hamma archalar bir xilmi? Mana bu archalar baland, bular-chi, qanday? To`g`ri, ular past, 
keyin tarbiyachi ikki bolani chaqiradi va bittasiga stul ustiga baland archalarni, ikkinchisiga 
past archalarni qo`yishini buyuradi.
So`ngra tarbiyachi o`g`il va qiz qo`g`irchoqlarni oladi va “Qizning ismi E’tibor”, 
deydi. Qizning ismi nima ekan? (umumiy va yakka-yakka javoblar). Bolaning ismi Erkin. 
Uning ismi nima ekan? (umumiy va yakka-yakka javoblar).
Qaranglar-chi, mashinada qanday o`yinchoq kelibdi? (echki). Echki qanday maraydi? 
(mee). Keyin tarbiyachi bolalarning uylarida qanday o`yinchoqlari borligini so`raydi. Kam 
faol bolalarni faollashtirish uchun ularga savollar bilan murojat qiladi. Doniyer, sen qaysi 
o`yinchoqlar bilan o`ynashni yaxshi ko`rasan? Lola, sening o`yinchog`ing qaysi? 
O`yinchoqlar nima uchun kerak? va x.k 
Tarbiyachi bolalarga o`ynashni taklif qiladi: Sizlar hammangiz ayiqchalar bo`lasiz, 
men ona ayiq bo`laman. Mana, ayiqchalar inlaridan chiqib, sayr qilishga ketdilar. Ular 
o`rmonda yuradilar va “eee” deb qichqiradilar. (bolalar xona bo`ylab yuradilar va “e” 
tavushini talaffuz qiladilar). Tarbiyachi “Ayiqchalar sayr qilib bo`ladilar va inlariga ona ayiq 
oldiga keladilar” – deydi. Bolalar o`z joylariga o`tiradilar. Kelinglar, bolalar ayiqcha, echki, 
E’tibor, Rkin bilan qanday voqealar yuz berganligi haqida hikoya tuzamiz.
Tarbiyachi stol ustiga archa qo`yadi va hikoyani boshlaydi. Kunlardan bir kuch echki 
o`rmonga sayr qilib yurgan edi. Oldidan ayiqcha chiqib, echkiga “e-e-e” deb qichqirdi. 
Ayiqcha qanday qichqirdi? Echki qo`rqib ketib “me-me-me” deb qichqirdi. Echki qanday 
qichqirdi? Shu vaqt Erkin, E’tibor degan bolalar o`rmonda yurishgan eka. Ular echkining 
ovozini eshtib yugurib kelishdi va echkini ovitishdi. Hamma hursand bo`ldi. 
Kim hikoyani qaytaradi? Erkin, E’tibor so`zlarida “e” tovushi bormi? Kelinglar, Erkin, 
E’tibor degan so`zlarni qaytaramiz. 
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
1. Oq ayiqcha haqida kim gapiradi? 
2. Qora ayiqcha haqida kim gapiradi? 
3. Past archani ko`rsating? 
4. Baland archani ko`rsating? 
5. Qo`g`irchoqlarning ismi nima ekan? 
6. Qo`g`irchoqlar haqida kim gapiradi? 
Bolalar san’at markaziga o`tib “mening sevimli o`yinchog`im” mavzusida loy ishi
aplikatsiya va rasm chizishadi.
Bola bilimini aniqlovchi savollar bola javoblarini taxlil qilish va rag`batlantirish.


73 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin