Tarbiyachi: Bolajonlar biz ham milliy o`yinlarimizdan biri “Varrak uchirish” o`yinini
o`ynaymiz. Buning uchun bizga ip, turli rangli varraklar kerak bo`ladi. Bolajonlar varrak
uchirish musobaqasini o`tkazamiz, Buning uchun o`g`il bolalarimiz avvaldan tayyorgarlik
ko`rishgan.Bolalar varrakni tayyorlaguncha men sizlarga Navro`z haqida she’r aytib
beraman.
Qizlar gulli ro`mol o`rar
O`zlarini qilib ko`z-ko`z
Zamin yangi ko`ylak kiyar
Kelsa Navro`z, kelsa Navro`z
Navro`z yil boshi
Navro`z yangi kun
Navro`z bu bahor
Yigitlar varraklaeni uchirish musobaqasini boshlashadi. Enf g`olib uzoqqa varragini uchirgan
bola rag`batlantiriladi.
Tarbiyachi: Kelinglar bolajonlar endi sizlarni bayram dasturhonimizga taklif etamiz.
Bolajonlar qareng shirin hid taralyotgan nima ekan desam, bu bahor taomi sumalak ekan.
Sumalak shirin ekan. Bolajonlar tatib ko`radilar. Dasturhonda bahor taomlaridan ko`k
chuchvara, ko`k somsa va turli pishiriqlar mavjud. Bolajonlar bahor taomlari sizlarga
yoqtimi? Endi siz bilan bahorda o`ynaladigan o`yinlardan “Kim oladiyo shuginaniyo”
o`yinini o`ynaymiz. Qizlar bilan esa maysalardan soch yasaymiz.
Bilimlarini mustahkamlash uchun savollar:
- Bolajonlar, Navro`z qanday bayram ekan?
- Navro`zni qachon nishonlaymiz?
- Navro`zda qanday o`yinlar o`ynaladi?
- Navro`zda qanday taomlar tayyorlanadi?
Savollarga javob olgach Faoliyatyakunlanadi.
54-Mavzu: Buyumlar, anjomlar va asboblar
Maqsad: Mustaqil ravishda mashq harakatlarini bajarishni rivojlantirish, soda o`yinlarni
tashkil eta olishga o`rgatish. Kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda aloqaga kirisha olishi,
o`yin jarayonida tashabbuskorlik ko`rsata olishi va o`z takliflarini bera olishiga o`rgatish,
saxnalashtirishda qatnasha olishi, bolalarning atrof olam to`g`risidagi bilimlari haqidagi
lug`at boyligini oshirish. Jonsiz tabiat to`g`risidagi tasavvurlarini shaklantirish, mustaqil
ravishda o`ntagacha hayvonlar, qushlar, hashorotlar nomlarini ayta olishga o`rgatish.