Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Bolajonlar: 
sumalak, ko`k chuchvara, ko`k somsa, ko`k monti, xonimlar tayyorlanadi.
Tarbiyachi: 
To`g`ri bolajonlar bu taomlar biz uchun foydali vitaminga boy taomlar 
hisoblanadi.
Keldi Navro`zu ayyomi 
Chuchmomalar ta’zimda 
Doshqozonda sumalak 
Lapar yangrar bazimda 
Bolajonlar sumalak baxor taomi ekanligini bilasizlar 


78 
Bizning buvijonlarimiz, momlarimiz erta baxorda bug`doy undirib milliy taomimizni 
sumalakni katta doshqozonlarda tayyorlashadi. Sumalak tayyorlash davomida milliy o`yinlar, 
laparlar, aytishuvlar, raqslar ijro etiladi. Sumalak haqida ko`pgina she’rlar ashullalar 
rivoyatlar bor. Hozir bolajonlar men sizlarga sumalak haqida rivoyat aytib beraman.
Qadimda bir onaning uyida farzandlariga berish uchun hech narsasi qolmabdi. 
Bolalarni qorni juda ham ochib ketibdi. Ular onalaridan ovqat berishlarini so`rabdi. Shunda 
onasi hozir bolajonlarimz sizlarga ovqat pishirib beraman deb o`choqqa olov yoqib, qozonga 
suvni quyib nish urgan bug`doy maysalarini yuvib qozonga solib, qaynata boshlabdi. Suvga 
5-6 dona tosh donaklarini solib tong saxargacha kovlab, charchab onasi va bolalar uxlab 
qolibdi.
Onasi tonda turib qozonga qarasa ajoyib taom bo`lgan ekan, uni mazasini tatib korsa 
taom juda ham mazali ekan. Bundan hayratlangan ona taomni bolalariga va 
qo`shnilariulashibdi. Taom to`yimli, mazali taom bo`lib, sumalak nomi bilan mashhur bo`lib 
ketibdi. 
Tarbiyachi:
Bolajonlar aytib bergan rivoyatim sizlarga yoqdimiz. 
Bolajonlar bilan faoliyat yuzasidan savol-javob o`tkazib olib, ularni shirin so`zlar bilan 
rag`batlantiramiz. Shu bilan sayrdagi faoliyatimizni “Yomg`ir va maysa” o`yini bilan 
yakunlaymiz. Uyda 2-3 marta takrorlanadi.
53-Mavzu: 
Navro`z bayrami 
Maqsad: 
Navro`z baxor bayrami haqida umumiy ma’lumotlar berish dunyoqarashini 
kengaytirish, kichkintoylarning suhbatida faol ishtirok etish, o`rtoqlarining javobini 
bo`lmaslik, bir-biriga o`zaro hurmat hissini tarbiyalash;

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin