75
Ilk baxorda kuladi
(Boychechak)
Erta baxor qizginam
Tog`da yoydi qizil gilam
(Lola qizg`aldoq)
Bor rang-barang to`rt gilam
Xizmatga shay to`rti ham
Navbat bilan toshalar
Qani kim topa olar
(Fasllar)
Bolalar bilan birgalikda topishmoqlar javobini topamiz. Baxor faslida tabiatimiz juda
o`zgaruvchan bo`ladi, tez-tez yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`ladi, chaqmoq chaqadi.
Qora parda sokiladi
Ichidan suv tokiladi
(Yomg`ir)
Yorug`i bor, dovrig`i bor
O`zi yo`q ovozi bor
(Chaqmoq)
Bolajonlar yomg`ir tinib quyosh chiqqanda so`ng musaffo osmonimizda nima paydo bo`ladi.
Chiziladi ko`kda qalamsiz
Har xil bo`yoq rassomsiz
(Kamalak)
Bolajonlar yomg`irni hammamiz yaxshi ko`ramiz, yomg`irdan so`ng
xavo toza musaffo
bo`ladi, tabiatimiz suvga to`yinadi.
Bolajonlar yomg`ir haqida she’rlar yod olganmiz bir eslab olaylik.
Men tomchiman, tomchiman
Bulutlardan tushaman
Osmonimda men sakrab
Yerga o`ynab tushaman
Juda ham quvnoqdirman
Koptokdayin dumalayman
Yomg`irman yog`ilaman
Tomlardan tomchilayman
Bolajonlar quvnoq tomchining gaplarini eshityabsizlarmi, biz yomg`irni
qancha sevsak u
bizdan hursand bo`lib yana she’rlar aytib beradi.
Bolajonlar kelinglar endi birgalikda “Yomg`ir va quyosh” o`yinini o`ynaymiz, o`yinda 2-3
marta takrorlab, mashg`ulotda aktiv qatnashgan bolalarni shirin so`zlari bilan rag`batlantirish,
mashg`ulotni mustaxkamlab yakunlaymiz.
Dostları ilə paylaş: