Mening jonajon O`zbekistonim



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/126
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207009
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126
Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

Tarbiyachi: 
Bolajonlar baxor elchilaridan yana nimalarni bilasiz…. Ha albatta qushlar, ular 
ham bahor fasli kirib kelishi bilan o`lkamizga qaytib keladilar, bulardan qaldirg`och, 
laylaklar.
Ayvonimga in quradi 
Ayri dumli zo`r me’mor 
Kuzda uchub janubga 
Qaytib kelar har baxor
(Qaldirg`och) 
Bu topishmog`imizning javobi qaldirg`och-a 
Mana bolalar sizlar bilan baxor faslining go`zal fazilatlari haqida suxbatlashdik. 
Baxor faslining ilk kunlaridan tabiatga albatta gullar chiroy qo`shib turar ekan.
O`zi qizil go`zal biram 
Qirga yozar qizil gilam 
(Lolaqizg`aldoq) 
Ko`klam kelsa unadi 
Oftob chiqsa kuladi 
U baxorni elchisi 
Buni hamma biladi
(Boychechak) 
Sizlar bilan gullar haqida topishmoqlar o`rganib oldik. Bolajonlar bizlar momaqaymoqni, 
boychechaklardan, binafsha gullaridan boshlarimizga gulchambarlar qilamiz. Buning uchun 
bolajonlar muassasamizning bog`iga sayrga chiqamiz. Birgalikda rang-barang gullardan 
gulchambarlar yasaymiz, gullarni ranglarini aytamiz, Bolalar gullarimizning qanday 
ranglarda. 
To`g`ri sariq, qizil, oq, siyoxrang, pushti rangda ekan 
Gullar shakllari ham o`zgacha bo`ladi, gullarimizning rangi, shakli, chiroyiga chiroy qo`shib 
turadi. Ozining hushbo`y xidlari bilan o`zgacha tarovat taratib turadi.
Kelinglar bolajonlar endi “Gullar va asalarilar” o`yinini o`ynaymiz. 
Viz-viz uchamiz 
Gul shoxiga qo`namiz 
Ox gul xidi 
Shundayin yoqimli deb gullarga qo`nib gullarni xidlaymiz.


77 
Bu o`yinda qizlarimiz gullar, o`g`il bolalarimiz asalarilar bo`ladi.
O`yinni 2-3 marta takrorlaymiz. 
Bolalar kelinglar endi bog`imizdagi daraxtlarni kuzatamiz. Daraxtlarda ham 
o`zgarishlar sezyapsizlarmi bolajonlar. Ha to`g`ri daraxtlar kurtak chiqargan, voy mana bu 
yerda bodom daraxti gullabdi. Yodinglarga tushdimi demak birinchi bo`lib bodom daraxti 
gullar ekan. Qarang bolalar bodom gullarining qanday chiroyli ekanligini. Bolajonlar bodom 
daraxtidan so`ng o`rik, gilos, shaftoli va boshqa daraxtlar gullaydi. Bolajonlar gullarimiz 
go`zal baxor faslimizni tarannum etuvchi she’rlardan aytib beramiz. Kim chiroyli ifodali 
aytsa anna shu bolaga sovg`amiz bor.
Muslimaxon she’r aytib berar ekan, bolalar hammamiz birgalikda tinglaymiz. 
Lola 
Lola bog`chaga chiqib
Kechka qadar gul terar 
Etak-etak to`plaid 
Har kungidan mo`l terdi 
Sochiga gul bog`ladi 
Chakkasiga taqdi gul 
Yelkalaridan tashlab
Gulag ko`mildi butkul 
Tarbiyachi: 
Endi o`g`il bolalarning navbati, bizga Ixlosbek o`zining Boychechak haqidagi 
she’rini aytib beradi. 
Kun ketidan kun o`tar 
Tun ketidan tun o`tar 
Keldimi deb Gulbahor 
Hamma yo`lga ko`z tutar 
Yumshoq yerda yumalab 
Tong nuriga cho`milib 
Kulib chiqar boychechak 
Olqishlarga ko`milib 
Tarbiyachi: 
Juda ham yaxshi Ixlosbek, Muslimaxon ham o`zini she’rini sizlarga aytib berar 
ekan, birgalikda eshtamiz.
Sitora tom boshida
Nigora yonboshida 
Chakkasida qizg`aldoq 
Tezroq keeling qizchalar 
Ra’no chanqovuz chalar 
Buncha yoqimli oxang 
Nog`oraga hamohang 
Bivjov-bijing, chaqira-chak 
Bijov- bijing, taqira-taq 
Tarbiyachi: 
Demak bolajonlar she’rlarni hammangiz chiroyli qilib aytib berdingiz, endi 
sizlarni bilimlaringizni yana bir sinab ko`raylikchi. Qanday baxor taomlarini bilasizlar.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin