Mustaqil yechish uchun. 1.Odam terisining rangi ikki juft noallel gen bilan belgilanadi. BBCC genotipli odamlarning terisi
qora, bbcc genotipli odamniki oq rangda bo‘ladi. Genotipda 3 ta dominant gen bo‘lsa teri
qoramtir, 2 ta bo‘lsa oraliq, 1 ta bo‘lsa oqish bo‘ladi. Oraliq terili erkak terisi oqish bo‘lgan
ayolga uylangan. Ular farzandlarining 6/8 qismida teri rangi oraliq, oqish; 2/8 qismida qoramtir
va oq bo‘lgan. Erkak va ayolning genotipini toping. Javob: A
1
a
1
A
2
a
2
x A
1
a
1
a
2
a
2
2.TovuqIar oyog‘ida pat bo‘lishi ikki juft noallel gen tomonidan belgilanib, nokumulativ polimer
tipda irsiylanadi. Agar genotipda dominant gen bo‘lsa, tovuq oyog‘ida pat hosil bo‘ladi, agar
genlar retsessiv bo‘lsa, pat hosil bo‘lmaydi, oyog‘ida pati yo‘q tovuq dominant gomozigotali
patli xo‘roz bilan chatishtirilganda F1 da 120 ta, F2 da 1120 ta jo‘ja olindi, F2 avlodning
nechtasi digomozigotali bo‘ladi? Javob: 280 ta
3.Odam terisining rangi ikki juft noallel gen bilan belgilanadi. BBCC genotipli odamlarning terisi
qora, bbcc genotipli odamniki oq rangda bo‘ladi. Genotipda 3 ta dominant gen bo‘lsa teri
qoramtir, 2 ta bo‘lsa oraliq, 1 ta bo‘lsa oqish bo‘ladi. Oraliq terili digeterozigota erkak, oraliq
terili digeterozigota ayolga uylansa, olingan farzandlarning necha foizi bitta belgi bo`yicha
geterozigotali?
4.Quyonlarning baron zotining quloq uzunligi 30sm, boshqa zotininki esa, 10 sm. Baron zoti
bilan oddiy zotning chatishtirilishidan hosil bo`lgan F1 organizmlar o`zaro qayta
chatishtirilganda, 100 ta organizm olindi. Ulardan nechtasining quloqlari uzunligi 20 sm ni
tashkil etadi?
5.Oshqovoq mevasi og`irligi ikki juft kumulativ polimer genlar ta`sirida irsiylanadi. Agar 2 juft
dominant gendn iborat bo`lsa, 4.8 kg, ikki juft retsessiv genga ega bo`lsa, 1.6kg og`irlikka ega
bo`lsa, A
1
a
1
A
2
a
2
va A
1
a
1
a
2
a
2
chatishtirishdan olingan mevalarning nechtasi 3200 g og`irlikka
ega bo`ladi? (J: 2 ta)