Gametalar X a Y X A X
A
X
a
X
A
Y
X a X
a
X
a
X
a
Y
F1 da 4 ta organizmdan 2 tasi qizil, 2 tasi oq ko`zli yani fenotipik nisbat 1:1ni tashkil etadi. 4 ta
duragayning ham genotiplari bir biriga o`xshamagani uchun, genotipik nisbat 1:1:1:1 bo`ladi.
2. Odamlarda ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) retsessiv belgi bo‘lib, uni belgilovchi d geni
va uning dominant alleli D geni (ranglarni normal ajrata olishlik) X xromosomada joylashgan.
Ranglarni normal ajrata oladigan qiz, xuddi shunday ranglarni normal ajrata oladigan yigitga
turmushga chiqqan. Oilada tug‘ilgan qizlarning hammasi normal, o‘g‘illarining ayrimlari esa
daltonik bo‘lgan. Ota-onaning genotipi qanday bo‘lgan?
Yechish:
Ota ona sog`lom bo`la turib farzandlarning ayrimlarida kasallikning kuzatilishi, ota-onalardan
biri yoki har ikkalasining tashuvchi, yani o`zi sog`lom bo`lsada, genotipida kasallik keltirib
chiqaradigan retsessiv gen mavjudligini bildiradi. Ota sog`lom bo`lsa, genotipi X
D
Y bo`lib,
tashuvchi bo`la olmaydi, demak ona tashuvchi hisoblanadi va genotipi X
D
X
d
tarzda belgilanadi.
P X
D
X
d
x X
D
Y
Gametalar X D Y X D X
D
X
D
X
D
Y
X d X
D
X
d
X
d
Y
Ko`rib turganimizdek, X
d
Y genotipli o`g`il farzandda daltonizm kuzatilmoqda.
3. Odamlarda ko‘z rangi jigarrang (dominant) va ko‘k (retsessiv) bo‘ladi. Ko‘z rangini ta’min
etuvchi genlar autosomada joylashgan. Daltonizmni belgilaydigan retsessiv gen va uning
dominant alleli X xromosomada joylashgan. Jigarrang ko‘zli, ranglarni yaxshi ajrata oladigan
ayol (otasi ko‘k ko‘z va daltonik), ko‘k ko‘z, ranglarni normal ajrata oladigan erkakka turmushga
chiqqan. Shu oilada o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘lgan farzandlar
tug‘ilishi mumkin?
Yechish:
Masala shartidan ma`lumki, ko`z rangini belgilovchi genlar autosomada, daltonizmni
belgilaydigan genlar jinsiy xromosomada joylashgan. Jigarrang ko`zli, otasi ko`kko`z ayolning
shu belgi bo`yicha genotipi Aa bo`lishini bilib olishimiz mumkin. Ayol sog`lom va otasi daltonik
ekanini hisobga oladigan bo`lsak, unga X
D
X
d
genotip to`g`ri kelishini aniqlaymiz hamda ayol
uchun xos bo`lgan genotiplarni AaX
D
X
d
tarzida yonma yon joylashtirib qo`yamiz. Erkakning
genotipini ham shu tarzda aniqlab, aa X
D
Y ekanini bilamiz. Ularni o`zaro chatishtiramiz:
Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
34
P AaX
D
X
d
x aaX
D
Y