Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
32
Jins bilan birikkan holda irsiylanish
Erkaklari bilan urg‘ochilaridan farq qilmaydigan,
bir xildagi
xromosomalar
autosomalar
deb ataladi. Erkaklari bilan
urg‘ochilarida bir-biridan farq
qiladigan xromosomalari esa
jinsiy
xromosomalar
deyiladi. Shunday qilib, drozofilaning
xromosomalari soni oltita
autosoma va ikkita jinsiy
xromosomadan tashkil topadi. Urg‘ochi pashshada qo‘shaloq
holda (XX), erkak pashshada esa (XY) yakka holda bo‘ladigan
tayoqchasimon jinsiy xromosoma X-xromosoma,
ikkinchi
jinsiy xromosoma (urg‘ochi pashshada bo‘lmaydigan, erkak
pashshada ikki yelkali bo‘ladigan xromosoma)
Y-xromosoma
deyiladi. Morgan va uning shogirdlari jinsiy xromosomalar
orqali jinsni aniqlash bilan birga jinsga bog‘liq
holda
irsiylanishni ham aniqladilar. Ularning qayd qilishlaricha
genlar
faqat
autosomalarda
emas,
balki
jinsiy
xromosomalarda ham joylashgan bo‘ladi.
Shunday genlar
ishtirokida rivojlangan belgilar jinsga bog‘liq holda irsiylanadi.
Masalan, drozofilada ko‘zning qizil (A), oq (a) bo‘lishini ta’min
etuvchi gen jinsiy X-xromosomada joylashgan. Bu belgi jinsga
bog‘liq holda irsiylanadi. Odamda ham jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar jinsga bog‘liq
holda irsiylanishi isbot etildi. Masalan, odamda gemofiliya (qonning ivimasligi) hamda
daltonizm (qizil va yashil ranglarni ajrata olmaslik) kasalliklarinIarini
belgilovchi genlar X-
xromosomada joylashgan. Bu kasalliklar jinsga bog‘liq holda irsiylanadi.
Ba’zi organizmlarda
geterogametalilik bir jinsiy xromosomani yo‘qolishi bilan aloqador. Shunga ko‘ra gomogametali
organizm XX, geterogametali organism XO bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: