Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#207133
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50
Genetika kitobi @BioCoderR

to‘la birikish
deyiladi. Agar urg‘ochi digeterozigota 
pashshani tahliliy duragaylash usulida tekshirsak, avvalgi tajribaga nisbatan boshqacharoq 
natijani kuzatamiz. Bunda 4 xil variantda belgilarga ega bo‘lgan avlod hosil bo‘ladi. Lekin G. 
Mendel tajribalarida kuzatilgan 1:1:1:1 nisbatdan farq qilib, ota-onalarinikiga o‘xshagan 
belgilar ko‘proq (kulrang tanali, uzun qanotli – 41,5%, qora tanali, kalta qanotli – 41,5%), yangi 
hosil bo‘lgan belgilar esa ancha kam (kulrang tanali, kalta qanotli – 8,5%, qora tanali, normal 
qanotli – 8,5%) uchraydi. Genlar birikishining bu xili 
chala birikish
deb ataladi. Genlar chala 
birikishining sababini tushunish uchun jinsiy hujayralarning yetilishida kuzatiladigan meyoz 
jarayonini eslash kerak. Meyoz I ning profazasida muhim jarayon – krossingover kuzatiladi. 
Gomologik xromosomalar konyugatsiyalashib allel genlarning almashinuvi sodir bo‘ladi. 
Natijada gametalarning bir qismi yangi genlar kombinatsiyasiga ega bo‘ladi. Shuning uchun 
yangi avlodda ota-onalarnikidan farq qiluvchi yan gi belgilar kombinatsiyasi vujud ga keladi. 
Krossingover natijasida hosil bo‘lgan gametalar hamda shu gametalardan hosil bo‘lgan avlod 
bir xil nom bilan 
krossoverlar 
deb ataladi. Krossingoverga uchramagan gametalar ishtirokida 
hosil bo‘lgan avlod 
nokrossoverlar 
deb ataladi. 
 
1.
genotipli organizm qanday gametalarni hosil qiladi?(krossingover kuzatiladi)
Yechish. Bunda, har bir tayoqchani bitta xromosoma sifatida qaraladi, tayoqcha yonida turgan 
2 ta alternativ belgilar birikkan holda irsiylanuvchi genlar hisoblanadi. Misol uchun, A va B 
genlari bir xromosomada birikkan genlar hisoblanadi. Bunday genotipdan avval, har bir 
tayoqcha hamda yonidagi 2 harfni alohida gameta sifatida ajratib olamiz:
va
. Bu 


Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish 
39 
krossingover kuzatilmagan holatdagi gametalardir. Endi, krossingover hodisasini ko`rib 
chiqamiz.
ko`rinishdagi genotip krossingoverga uchrasa, ikkinchi qatordagi B va b genlari o`zaro 
o`rin almashadi, yani, 
va
holatdagi gametalarni hosil qiladi. Javob, 4xil gameta hosil
qiladi: 

2. Drozofila pashshasining qanotlari normalligi kaltaligi ustidan, tana rangi kulrangligi qoraligi 
ustidan dominantlik qiladi. Bu genlar xromosomalarda to`la birikkan holda bo`ladi. 
Digeterozigota erkak pashsha bilan tahliliy chatishtirish o`tkazilganda, F1 avloddan necha foizi 
otaga ikkala belgisi bilan o`xshash bo`ladi? 
Yechish. Bilamizki, tahliliy chatishtirishda, dominant belgiga ega organizmni retsessiv 
gomozigotali organizm bilan chatishtiriladi: 
va 
larni o`zaro chatishtiriladi. Masala 
shartida, genlarni to`la birikkan deyilgani uchun krossingover kuzatilmaydi.
F1 da erkak pashshaga o`xshash 1 ta 
pashsha hosil bo`ldi. Jami pashshalar 2 
ta bo`lsa, 1 ta pashsha 50% ni tashkil 
etadi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin