Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish
43
Populyatsiya genetikasi
Populatsion statistik metod
genetikaning eng muhim metodlaridan biridir. Populatsiyada u
yoki bu allelning tashuvchilar soni (alohida olingan odam genotipini emas)
va turli
genotiplarning foizlardagi nisbati, ya’ni genofond strukturasi aniqlanadi. 1908-yili
ingliz
matematigi G. Xardi va nemis antropogenetigi V. Vaynberg hozirda Xardi-Vaynberg qonuni deb
ataladigan formulani ishlab chiqishdi. Bu qonunga muvofi q, populatsiyada genotiplarning
nisbatini hisoblab topish mumkin. Bitta genotip vakillari (masalan, retsessiv gomozigota – aa)
sonini bilgan holda boshqa vakillarning (masalan, geterozigota –Aa) sonini osongina hisoblab
topish mumkin. Bu metod yordamida populatsiyaning
genetik strukturasi aniqlanadi, ya’ni
normal va patologiyasi bo‘lgan genlarning nisbati hisoblab topiladi. Bu formula ideal
populatsiya uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, undagi ko‘rsatkichlardan cheklanishlar
mutatsion
jarayonning yo‘nalishi u yoki bu guruhlarning yashovchanligini aniqlash, populatsiyalarning
kelajagini oldindan bashorat qilish imkonini beradi.
1. Shortgorn qoramol zotining malla rangi oq rang ustidan chala dominantlik qiladi. Malla va oq
rangli qoramol zotlarining duragaylari xoldor rangli bo’ladi. Shortgorn zotini ko’paytiruvchi
xo’jalikda 4169 ta malla, 3780 ta xoldor va 756 ta oq rangli qoramollar olingan. Xo’jalikda malla
va oq rang genlarining uchrash chastotasini aniqlang. Hisoblashlaringizni
Xardi-Vaynberg
qonuni asosida isbot qiling. (A genining chastotasi 0,7 a genining chastotasi 0,3)
Dostları ilə paylaş: