Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish


Javob: krossingover foizi 35%



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,64 Mb.
#207133
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Genetika kitobi @BioCoderR

Javob: krossingover foizi 35% 
 
 
2.( xalqaro olimpiada saralash bosqichi).Pomidorning mevasi yumaloq(O), uzunchoq(o), 
tukli(p), tuksiz(P), guli banidida yakka-yakka joylashgan(S) yoki to`pgulga birlashgan(s) bo`ladi. 
hamma genlar, ikkinchi xromosoma juftida joylashgan. Analiz qiluvchi chatishtirish orqali 
quyidagi natija olingan: 


Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish 
45 
OPS -73 
oPS-110 
OPs -348 
oPs-2 
OpS-2 
opS-306 
Ops-96 
Ops-63 
a) 
chatishtirishda 
ishtrok 
etgan 
ota-ona 
va 
F1 
genotipini;
b) krossingover foizini aniqlang.(J: 65,4%) 
3.(xalqaro olimpiada saralash bosqichi) 4 ta noma'lum nukleotidli DNK molekulalarining biridan 
sun'iy sharoitda 99 ta peptid bog'li oqsil molekulasi sintezlandi. Barcha DNK molekulalaridagi 
nukleotidlar soni oqsil biosinteziga qatnashgan DNK molekulasidan 4,3 marta ko'p. 2-DNK 
nukleotidlari soni 1-DNK nukleotidlari sonidan 1,2 marta, 3-DNK nukleotidlari sonidan 0,8 
marta, 4-DNK nukleotidlari sonidan 2 marta katta bo'lsa. transkripsiya jarayonida ishtrok etgan 
DNK molekulasini aniqlang.
J: 1-DNK molekulasi 
4.Odamda ko'z qorachig'ining to'liq ko'rinmasligi X-xromosomada joylashgan retsessiv , D 
vitaminiga bog'liq bo'lmagan raxit dominant gen bilan, agglutinogen A va B hamda rezus omil 
autosomada joylashgan to'liqsiz birikkan dominant genlar bilan aniqlanadi.. Qiz III qon guruhli. 
rezus musbat, normal qorachiqli , raxit bilan kasallangan . Uning otasi I qon guruhli. rezus 
musbat. normal qorachiqli , raxit bo'yicha sog'lom . Onasi IV qon guruhli. rezus manfiy, raxit 
bilan kasallangan. ko'z qorachig'I to'liq ko'rinmaydi. Yigit I qon guruhli rezus manfiy, raxit bilan 
kasallangan. ko'z qorachig'i to'liq ko'rinmaydi. Agar qiz va yigit retsesiv alleli har qanday 
genotipda I qon guruhini namoyon qiladigan, dominant alleli esa qon guruhiga ta'sir 
qilmaydigan ingibitor geni bo'yicha geterozigota bo'lsalar. Ota-onalarning har ikkalasini 
genotipini va neha xil gameta hosil qilishini aniqlang.
Javob:
A- II qon guruhi B-III qon guruhi 00- I qon guruhi AB – IV qon guruhi 
D – raxit kasalligi H-ko`z qorachig`i normal ko`rinmasligi h-normal qorachiq 
E – rezus musbat e-rezus manfiy f-ingibitor; F-dominant alleli 
ona- 
- krossingover bilan hisoblanganda-16 ta gameta hosil qiladi; 
ota -
- 4 ta gameta hosil qiladi; 
5.Sichqonlarda junning sariq rangi (A) va dumming kaltaligini ta'minlovchi (B) genlar dominant 
gomozigota holatda o'limga olib keladi. Bu genlar autosomada joylashgan bo'lib. to'liqsiz 
birikkan holda irsiylanadi. Bu genlarning retsessiv allellari junning qora va dumning normal 
uzunlikda bo'lishini ta'minlaydi. В geni bo'yicha geterozigotalaming dumining uzunligi oraliq 
hisoblanadi. Jinsga bog'liq holda irsiylanuvchi D geni ko'zning qora rangini. uning retsessiv alleli 
esa ko'zning oq rangda bo'lishini ta'minlaydi. Bu genning faoliyati autosomada joylashgan gen 
ingibitor tomonidan boshqariladi. Ingibitor genining retsessiv alleli rangni yuzaga chiqarmaydi, 
dominant alleli rangga ta'sir qilmaydi. A geni jun uzunligini aniqlovchi E geni bilan to'liq 
birikkan, E genining retsessiv alleli ta'sirida jun juda kaltalashib ketadi va retsessiv 
gomozigotalarning o'limiga olib keladi. Geterozigota sariq va normal junli, dumining uzunligi 
oraliq bo'lgan qora ko'zli sichqonlar autosomadagi genlar bo'yicha geterozigota oq ko'zli erkak 
bilan chatishtirilgan. Ota-ona genotiplari va olingan avlodda genotip va fenotip bo'yicha 
ajralish nisbatlarini aniqlang. 
6.Drozofila meva pashshasida ko'zning normadagi to'q qizil rangi qizil va jigarrang 
pigmentlarning qo'shiiishi natijasida hosil bo'ladi. Bu ranglar komplementar A (qizil) va B 
(jigarrang) genlar bilan aniqlanadi. Bu genlarning dominant allellari birgalikda to'q qizil rangni. 
retsessiv allellari esa birgalikda oq rangni aniqlaydi aniqlaydi. Ko'z rangining yuzaga chiqishi 


Fotihbek Komilov Genetikadan masalalar yechish 
46 
autosomada joylashgan va yuqoridagi genlarga birikmagan dominant epistaz geni I bilan 
aniqlanadi. Bu germing retsessiv alleli rangni yuzaga chiqarmaydi va har qanday genotipda oq 
rangni ta'minlaydi. Tananing kulrang rangi (S) va qanotlarning uzun (D) bo'lishini ta'minlovchi 
genlar autosomada joylashgan bo'lib, to'liqsiz birikkan holda irsiylanadi. Ularning retsessiv 
allellari s - tananing qora rangli va d - qanotlarning kalta bo'lishini ta'minlaydi. Ko'zning 
jigarrangini ta'minlovchi B geni S geni bilan to'liq. D geni bilan to'liqsiz birikkan. Ko'zning qizil 
rangini ta'minlovchi A geni jinsiy xromosomada joylashgan, uning retsessiv alleli oq rangni 
aniqlaydi. Ingibitor geni va boshqa genlar bo'yicha gomozigota qizil ko'zli. tanasi kulrang. 
qanoti kalta drozifila. genotip bo'yicha gomozigota jigarrang ko'zli. tanasi qora. qanoti uzun, i 
geni bo'yicha retsessiv gomozigota pashshia bilan chatishtirilgan. Olingan urg'ochi duragaylar 
oq ko'zli, geterozigota kulrang tanali, uzun qanotli. ingibitor geni bo'yicha gomozigota erkak 
pashshalar bilan chatishtirildi. Ota-ona genotiplari va olingan avlodda genotip va fenotip 
bo'yicha ajralish nisbatlarini aniqlang. 
7.Gemofiliya va daltonizm X-xromosomada joylashgan ressesiv genlar orqali aniqlanadi. Ular 
orasidagi masofa 9,8 morganidaga teng 
A )
Qizning otasi gemofilik va daltonik, onasi ikkala belgi bo'yicha sog'lom. Bu ayol sog'lom 
erkakka turmushga chiqqan. Bu oilada tug'iladigan farzandlar fenotipini aniqlang. 
E) Qizning onasi daltonik. otasi gemofilik bo'lib, bu qiz ikkala kasallik bo`yicha kasallangan 
erkakka turmushga chiqsa, bu oilada otaga o'xshash farzandlarning tug'ilish ehtimolini toping 
8.Quyonlarda junining qora rang bo’lishi va normal uzunligi, yog’ qatlamining oq bo’lishi, jun 
rangining mallaligi va kalta bo’lishi, yog’ qatlamining sariq bo’lishi ustidan dominantlik qiladi. 
Juni qora va normal uzunlikka ega, yog’ qatlami oq bo’lgan quyon juni malla va kalta, yog’ 
qatlami sariq quyon bilan chatishtirildi. Tajribada qora, uzun junli, yog’ qatlami oq bo’lgan 
quyonchalar olindi. Keyinchalik bu F
1
avlod retsessiv begili quyonlar bilan chatishtirildi. Bunda 
quyidagi natijalar olindi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin