53
Didaktika va metodika bir biri bilan uzviy bog‘liq. Metodika deganda, ilmiy
usullar haqidagi fan tushuniladi. Bu fan didaktikaning xususiy xolidir. Didaktika
“kimni”, “nimaga” va “qanday qilib” о‘qitish
kerak degan savollar bilan
shug‘ullansa, u bilan uzviy bog‘liq holda metodika esa “qaysi tarzda” va “nimalar
yordamida” о‘qitish masalalari bilan shug‘ullanadi. Boshqacha qilib aytganda,
о‘qitish metodikasi - bu turli xil yо‘llar va usullar tizimi bо‘lib, о‘quv didaktik
materiallardan foydalanib, belgilardan maqsadlarga erishish uchun nazariy dars va
yо‘riqnoma vaqtida qо‘llaniladi.
Didaktika va metodika bir medalning ikki tomonidir: “nima uchun va nima”,
ya’ni didaktikani, “qaysi tarzda va nimalar yordamida”, ya’ni
metodikani
belgilaydi.
Ta’lim jarayoni о‘zaro bog‘liq va aylana harakatda amalga oshadigan о‘qitish
tadbirlari moduliga asoslangan, ya’ni ular mashg‘ulot jarayonida yoki ish о‘rni
mehnat ta’limi о‘qituvchisi tomonidan muntazam ravishda takrorlanadigan
tadbirlarni bildiradi. Ular biror jarayonning barcha
elementlarini qamrab oladi,
misol uchun, aniq bir nazariy dars yoki yо‘riqnomani о‘tkazish uchun
“tayyorgarlik kо‘rish – о‘tkazish – baholash” kabi harakatlar kerak. Didaktik xatti
harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog‘langan:
1. Ma’lumot yig‘ish. О‘quvchi berilgan ish topshirig‘ini tahlil qiladi, kerakli
hamma ma’lumotlarni mustaqil ravishda yig‘adi.
2. Reja tuzish. О‘quvchi mustaqil ravishda boshqa kerakli ish bosqichlaridan
iborat ish rejasini tuzadi.
3. Qaror qabul qilish. О‘quvchi о‘qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga
oshirish tо‘g‘risida qaror qabul qiladi.
4. Amalga oshirish. О‘quvchi ish rejasi asosida ishni mustaqil bajaradi.
5. Tekshirish. О‘quvchi ish natijasini mustaqil tekshiradi va “baholar
varag‘ini” tо‘ldiradi.
6. Xulosa chiqarish. О‘quvchi va о‘qituvchi
birgalikda ish jarayonini,
shuningdek, ish natijalarini tahlil qiladi va xulosa chiqaradi.
54
Bilimlarni о‘zlashtirish (ta’lim olishda) faqat xotira xususiyatlari emas, balki
shaxsiy qobiliyatlar, fikrni jamlash, maqsad hamda tirishqoklikka ham bog‘liq.
Maqsadga intiluvchanlikning zaruriy shartlari kо‘proq
va mustahkamroq
о‘zlashtiriladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh
qilish, uni о‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan tо‘la halos
etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy
va ahloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini
yaratishdir. Bu esa о‘z navbatida ta’lim jarayoniga boshqa kо‘z bilan qarashni
talab etadi. Xususan, ta’lim tizimi uchun yangi pog‘ona
hisoblangan mehnat
ta’limi tizimida bu muammo о‘z dolzarbligi bilan alohida ajralib turadi. Dunyoga
yangi kо‘z bilan qaraydigan uddaburon, ishning kо‘zini biluvchi,
kelajagimiz
poydevorini quruvchi va yuksaltiruvchi ishchi mutaxassis kadrlarni tayyorlash,
respublikamiz oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir. Keyingi yillarda
bu borada ham katta ishlar olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: