Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


Predmet tizimi, operatsiya, operatsiya-predmet tizimi, motorlik



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

2.Predmet tizimi, operatsiya, operatsiya-predmet tizimi, motorlik 
mashq tizimi, operatsion-kompleks boshqa tizimlar. 
Mehnat ta’limida 6 ta tizim 
ma’lum:
1.
Buyum tizimi.
2.
Operatsiya tizimi.
3.
Operatsiya buyum tizimi.
4.
Motorli mashq tizimi.
5.
Operatsiya kompleks tizimi.
6.
Konstruksion-texnologik tizimi.
Dastlab 
buyum (predmet) tizimi
paydo bо‘lgan. Bu tizimga о‘quvchi о‘zi 
о‘zlashtirayotgan kasb uchun tegishli bо‘lgan buyumlarni tayyorlagan. Bunda 
buyumlar murakkabligi ortib borgan.
Tayyorlash jarayoni didaktik jihatdan alohida operatsiyalarga ajratilmagan. 
О‘quvchi ayrim mehnat usullarini bajarish qoidalari bilan maxsus tanishmagan
faqat о‘qituvchining ishi va boshqa harakatlarini takrorlashga intilgan. Bunday 


55 
ta’lim natijasida о‘quvchilarni tanish buyumni tayyorlash uchun о‘z bilim va 
malakalaridan foydalana olmaydilar, har bir yangi buyumni tayyorlash jarayonida 
ishni qaytadan о‘rganishga majbur bо‘ladilar. Mazkur tizimning asosiy kamchiligi 
ana shundan iborat. Buyum (predmet) tizimi hunarmandchilik ishlab chiqarish 
usulini aks ettirgan va XIX asrning 2-chi yarmigacha keng qо‘llanilgan.
Manufakturalarning paydo bо‘lishi va shunga kо‘ra mehnatning taqsimlanishi 
texnologik jarayonning operatsiyalarga bо‘linishiga olib keldi, ya’ni mehnat 
ta’limining operatsiya tizimi vujudga keladi. Bu tizim XIX asrning oxirida yuzaga 
keldi.
Operatsiya 
tizimi bо‘yicha о‘qitishda о‘quvchilar о‘zlari egallaydigan 
kasbning mazmunini tashkil qiluvchi mehnat operatsiyalarini о‘rganishgan. Shu 
sababli ular har qanday buyumni tayyorlash bir xil operatsiyalardan iborat, bundan 
faqat operatsiyalarning bajarilish tartibi va ishlov berishning aniqligiga 
qо‘yiladigan talablar bir-biridan farq qiladi, degan tushunchaga ega bо‘lishgan. 
Shunday qilib, operatsiya tizimi о‘quvchilarni buyum tayyorlashga bog‘lab 
qо‘ymay, kasb doirasidagi umumiy bilim, amaliy kо‘nikma va malaka bilan 
qurollantirgan. Ta’limning buyum tizimiga nisbatan operatsiya tizimining afzalligi 
ana shudir. Operatsiya tizimi yordamida ishlab chiqarish texnologiyasini tushunish 
uchun shart-sharoitlar yaratiladi, ta’limni yangi izchil (oddiy operatsiyalardan 
murakkab operatsiyalarga) tashkil qilish imkonini beradi, mehnat kо‘nikmalarini 
va malakalarini shakllantirishda, asosiy operatsiyalarni о‘zlashtirib olishga ijobiy 
ta’sir kо‘rsatadi. 
Operatsiya tizimi tufayli ishlab chiqarpsh texnologiyasini tо‘g‘ri tushunish 
uchun bnrinchi marta shart-sharoit yaratildi: bu tizim ta’limni ancha izchil (oddiy 
operatsiyadan ancha murakkabroq operatsiyaga о‘tishda) tashkil etish imkonini 
berdi, bu mehnat kо‘nikmalari va malakalari hosil bо‘lishiga; asosiy 
operatsiyalarni о‘zlashtirib olishga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. Mazkur tizimga asosan 
ta’lim berish bо‘lib yuborilgan texnologiyaga asoslangan ishlab chikarish 
sharoitida shogirdni ana shu operatsiyalardan istalgan bittasini bajarishga tayyorlar 
edi. 


56 
Nihoyat, bolalarni buyumlar soniga nisbatai uncha kо‘p bо‘lmagan muayyan 
operatsiyalar turkumini bajarishga о‘rgatish о‘quvchilarnn tayyorlash muddatlarini 
qisqartirishga olib keladi. Biroq bu ijobiy faktlar bilan bir qatorda operatsion 
tizimga xos bо‘lgan jiddiy nuqsonlarni ham unutmaslik kerak. Gap shundaki, 
о‘quvchi tomonidan о‘zlashtiriladigan kam sonli operatsiyalar tayyorlanadigan 
buyumdan ajralgan tarzda bajariladi; о‘quvchi о‘z mehnati pirovard natijasini tugal 
buyum sifatida kо‘rolmaydi; ishlab chiqarish xarakteriga ega bо‘lmagan 
operatsiyalar bilan uzoq vaqt davomida mashg‘ul bо‘lish о‘quvchilarning 
qiziqnshini pasaytiradi, operatsiya davridagi о‘rganilayotgan operatsiyani qayta 
takrorlanib turmasligi bolalarda ilgari hosil bо‘lgan mehnat kо‘nikmalari va 
malakalarini ham qisman yо‘qotilishiga olib kelardi. 
Shunday qilib, manufaktura ishlab chiqarishi davrida paydo bо‘lgan 
operatsiya tizimini va unga mos unumli mehnat ta’limi mazmuni о‘sha davr talab 
va maqsadlariga tо‘la javob berardi. Chunki, ishlab chiqarishning о‘zi bо‘lib 
yuborilgan texnologiya (operatsiya) va ishchi (operatsiyani bajaruvchi) dan iborat 
edi. 
Operatsiya tizimining kamchiligi shundan iboratki, operatsiyalar umuman 
о‘quv buyumlari tayyorlash jarayonida о‘zlashtiriladi, ya’ni о‘quvchilar mehnati 
unumli mehnat xarakterida bо‘lmaydi. Natijada ularning ishga qiziqishi susayadi. 
Operatsiya tizimi operatsiyalarni bajarish bilan buyumlar tayyorlashni uzib 
qо‘yadi.

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin