Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti muslimov narzulla alixanovich


  III BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB



Yüklə 5,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/179
tarix07.01.2024
ölçüsü5,28 Kb.
#207171
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   179
61c43ad4157f5 86.. Дарслик. Mehnat Ta\'limi Mundarijali - lotin

 


62 
III BOB. MEHNAT TA’LIMI O’QITISH METODIKASI, KASB 
TANLASHGA YО‘LLASH FANI MAZMUNI 
3.1.
 
1-9 sinflarda Mehnat ta’limi, kasb tanlashga yо‘llash mazmuni 
Reja: 
1.
Mehnat ta’limining maqsad va vazifalari 
2.
5-7 sinflarda yо‘nalishlar bо‘yicha umumiy mehnat tayyorgarligi. 
3.
8-9sinf kasbiy tayyorgarlikkacha bо‘lgan jarayon mazmuni 
4.
8-9 sinf о‘quvchilarini kasb-hunarga yо‘naltirish asoslari. 
Tayanch iboralar: 
aqliy va jismoniy mehnat turlari, shaxsiy sifat va 
tafakkurni rivojlantirish, yangi texnika, ilg‘or texnologiya, raqobatbardosh kadr, 
xalq hunarmandchiligi kasblari, tarixiy yodgorliklar, asbob-uskunalar, jihozlar, 
moslamalar, kompozitsiya, ijodiy qobiliyat, kimyoviy va fizik-texnologik 
jarayonlar, kasblar tasnifi. 
1.Mehnat ta’limining maqsad va vazifalari. 
Mehnat ta’limining maqsadi
 
о‘quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan 
tanishtirish, ularda dastlabki mehnat kо‘nikmalari va malakalarini, mehnatga 
qiziqish va mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, 
ularning ahamiyatini tushunishga о‘rgatish, ongli ravishda kasb tanlashga 
tayyorlash orqali kasbgacha tayyorgarliklarini amalga oshirish hamda jamiyat va 
shaxs farovonligi yо‘lida mehnat faoliyatiga qо‘shilishlariga imkon beruvchi 
shaxsiy sifat va tafakkurlarini rivojlantirishdan iborat. 
Mehnat ta’limining vazifalari: 
-
turli ishlab chiqarish sohalari mazmuniga taalluqli dastlabki ma’lumotlarni 
о‘rgatish, о‘lchash-tekshirish asboblaridan, ma’lumot manbalaridan foydalana 
olish, mehnat amaliyotlarini bajarish, erishilgan mehnat natijalarni belgilangan 
talablar bilan taqqoslash orqali xulosa chiqarishga о‘rgatish;
-
xalq xо‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan texnika va texnologiyalar 
tо‘g‘risida bilimlar berish, inson faoliyatining turli sohalari bilan amaliy mehnat 
orqali yaqinroq tanishishlariga imkon yaratish;
-
mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar bilan ishlashni, 


63 
texnologik bilim va malakalarni, mehnat qonunchiligi, xavfsizlik texnikasi, 
sanitariya-gigiyena qoidalari asoslarini; 
-
о‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, 
raqobatbardosh iste’mol mollari, mehnat mahsulotlari yetishtirish va yetishtirilgan 
mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish vositalarini о‘rgatish, ish boshqaruv 
(menejerlik) unsurlari, homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini shakllantirish va 
rivojlantirib borish;
-
о‘quvchilar bilimga intilish va mehnatga muhabbat, mehnat kishisiga 
nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik, Vatanga sadoqat ruhida 
tarbiyalash; 
-
xalq hunarmandchiligi kasblarini о‘rgatish orqali xalqning milliy ruhini, 
yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish. Milliy qadriyatlar, tarixiy 
yodgorliklar, xalq ustalarining boy merosini о‘rgatish, ulardan о‘z amaliy 
faoliyatlarida foydalanish kо‘nikmalarini mustahkamlash; 
-
yangi ishlab chiqarish va axborot texnologiyalari, yangi texnika va 
jihozlarning qо‘llanilishi sohalarini zamonaviy talablar darajasida va jahon 
tajribalariga mos holda о‘rganishlarini ta’minlash; 
-
turli sohalarga oid kasbiy faoliyat turlarida qо‘llaniladigan asbob-uskunalar, 
jihozlar, moslamalardan foydalanishni о‘rgatish; 
-
о‘quvchilarda umummehnat kо‘nikma va malakalarini shakllantirish, 
ularning qiziqishi, qobiliyati, kasbiy moyilliklariga kо‘ra, kasb-hunar turlarini 
tanlashga asos bо‘ladigan sifatlarni, umummehnat madaniyatini shakllantirish va 
rivojlantirish. 

Yüklə 5,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin