184
uning mohiyatini о‘quvchilar tomonidan chuqur, ilmiy asoslangan holda tasavvur
etishlari, vaqtdan unumli foydalanish,
nazariy bilimlarini amalda, hayotda va
ishlab chiqarishda qо‘llash imkoniyatlarini keng yoritish, ularning politexnik
tushunchalarini kengaytirish maqsadida о‘qituvchi tomonidan tuziladi hamda u
taqvimiy mavzuli rejada о‘z ifodasini topadi.
Ta’lim jarayonini rejalashtiruvchi bu hujjatda maktabda о‘qitiladigan mehnat
ta’limi
fanining fizika, matematika, ximiya, chizmachilik va boshqa fanlarning
о‘zaro bog‘lanishlar ochib beriladi. Ta’lim jarayonida fanlar о‘rtasidagi
bog‘lanishlar katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda maktabda о‘qitish
о‘quvchilarga mustahkam bilim, mehnat kо‘nikamalari va malakalarini berishdan
tashqari, ularning о‘rganilayotgan hodisalarga chuqur va har tomonlama
yondoshishlarini, olgan bilimlaridan ishlab chiqarish va mehnat hodisalariniilmiy
asosda
tushuntirib berish, mustaqil ravishda bilimlarga ega bо‘lish uchun
foydalana olishlarini ta’minlashi kerak.
Mehnat ta’limi, maktabda о‘qitiladigan fan sifatida, о‘quvchilarning umumiy
ta’lim fanlaridan olgan bilimlarini amalda qо‘llashni о‘rganishlari uchun cheksiz
imkoniyatlar yaratib beradi. Ta’limni tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yish orqali о‘quvchilarga
tabiat qonunlari bilan ularning turmushda namoyon bо‘lishi о‘rtasidagi obyektiv
mavjud bо‘lgan bog‘lanishlarni kо‘ra bilishlariga yordam berish zarur. Masalan,
о‘quvchilar fizika kursida qattiq jismlarning xossalarini, kuch, massa, tezlik,
ishqalanish va hokazolarni о‘rganadilar. Bu vaqtda agar ular о‘quv ustaxonalarida
ishlov beriladigan metallarning fizikaviymexanik
xossalarini va tuzilishini
bilmasalar, agar ular ishlov berilayotgan materialga qarab, ularni qirqiuvchi
asbobning tо‘g‘ri о‘lchovini tanlay olmasalar, agar ular mashinadagi detallarning
ishqalanishini qanday yо‘l bilan kamaytirishni va hokazolarni bilmasalar, ularning
ilgari olgan bilimlari yuzaki bо‘lib qoladi. О‘qituvchi о‘quv
materialining
о‘quvchilarning tabiiy-ilmiy sikldagi fanlardan olgan bilimlari bilan mustahkam
bog‘liq bо‘lgan qismi bо‘yicha tayyor bilimlarni yetkazishga harakat qilmaydi.
Mehnat о‘qituvchisi suhbat о‘tkazish usuli bilan о‘quvchilar qattiq jismlarning
xossalarini, ishqalanish turlarini (fizika), kо‘p qirrali burchaklarning xossalarini
185
(geometriya), aralashmalar, emulsiyalar va mineral yog‘larning (kimyo) va
hokazolarning xossalarini qanday о‘zlashtirib olganliklarini
aniqlaydi va ana shu
fanlardan olingan bilimlar asosida ularga ishlov berilayotgan metallarning
tuzilishini va qirqish jarayonini, qirqish asboblarining charxlash burchaklarini va
ishlanayotganda detalni sovutish uchun ishlatiladigan suyuqlikning tarkibi va
xossalarini, detallarning dastgohdagi ishqalanuvchi yuzalarini
va ularga mashina
moyi surish yо‘li bilan ishqalanishni kamaytirish usullarini tushuntirib beradi.
Biroq fanlararo aloqa bir tomonlama jarayon emas. Umumiy ta’lim fanlaridan dars
beruvchi
о‘qituvchilar о‘quvchilarning mehnat bо‘yicha olgan amaliy
tajribalaridan о‘rganilayotgan tabiat qonunlarini chuqurroq tushunishlari uchun
foydalanishlari lozim.
Fanlarning о‘zaro bog‘lanish rejasini ishlab chiqishda umumiy ta’lim
fanlaridan mehnat ta’limi, fizika, matematika, kimyo, biologiya,
chizmachilik va
hokazo fanlardan dars beradigan о‘qituvchilar ishtirok etadi. Ularning har biri о‘z
fanining mazmunini sinchiklab tahlil qilish asosida о‘quv materialining boshqa
fanlar bilan bog‘lanishiga oid aniq misollar taklif etadi, bu takliflar muhokama
qilinib, aniqlanib va zarur bо‘lsa tо‘ldirilib fanlarning о‘zaro bog‘lanish rejasi
jadvaliga kiritiladi, unda har bir fanga oid u yoki bu mavzuni о‘rganish muddatlari
kо‘rsatiladi.
Fanlarning о‘zaro bog‘lanish rejasini muvaffaqiyatli
amalga oshirish
о‘quvchilarning mehnat bо‘yisa tayyorgarligining yuqori sifatli bо‘lishinigina
emas, shu bilan birga ularning umumiy bilim doirasining ham keng bо‘lishini
ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: