Sharq va g„arb falsafasida inson masalasi reja


Sharq va G„arb falsafasida inson muammosi



Yüklə 173,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü173,56 Kb.
#207350
1   2   3   4   5
SHARQ VA G‘ARB FALSAFASIDA INSON MASALASI

2. Sharq va G„arb falsafasida inson muammosi. 
Falsafa inson muammosiga olam, borliqning tarkibiy qismi sifatida qaraydi 
va shu nuqtai-nazardan «Inson nima? Uning mohiyati qanday? Inson olamda 
qanday o‗rin tutadi?», «Inson omili deganda nima nazarda tutiladi? kabi savollarga 
javob beradi. Inson borliqning oliy ko‗rinishi. Uning kelib chiqishi, hayoti, 
taraqqiyoti olam, borliqqa bog‗liq. Inson va jamiyat olam taraqqiyoti, tabiat 
evolyutsiyasining mahsuli va ko‗rinishi bo‗lib hisoblanadi.
Inson hamma zamonlarda ham o‗zining kimligini, o‗zligini bilishga intilgan. 
Inson muammosiga bag‗ishlangan xilma-xil qarashlar, gipotezalar, nazariyalar 
yaratilgan.
Inson muammosi ijtimoiy fikr tarixida 3 xil nuqtai nazardan o‗rganilgan: 
mifologik, diniy va ilmiy-nazariy.


Inson haqidagi dastlabki qarashlar qadimgi Sharq mamlakatlari, ayniqsa, 
Hindiston, Xitoy, Turon xalqlari tomonidan yaratilgan ertaklar, dostonlar, 
afsonalarda o‗z ifodasini topgan. Hamma narsaga qodir inson obrazi Qadimgi 
Hind Vedalarida tasvirlangan. Ularda aytilishicha, eng qadimgi inson Purusha 
mingta boshli, mingta ko‗zli, mingta oyoqli bo‗lgan emish. Bu insonning aql-
zakovati-oy, ko‗zi-quyosh, horib-toliqishi-olov, nafasi esa – shamol emish. 
Hozirgi odamlar
Purushadan tarqalgan ekanlar. Aytilishicha, uning qo‗lidan – kshatri 
(harbiylar), vaysh (dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar), shudra (gadolar) kabi 
jamiyatning turli qatlamlariga mansub odamlar kelib chiqqan emish. Vedalarda 
yozilishicha, inson ikki mohiyat: tana bilan jonning qorishmasidan iborat. Tana 
inson jismining asosini tashkil etadi, bu asosni braxman yaratgan, jon esa ruh 
(atman) tomonidan yaralgan. Agar insonning yerdagi faoliyati turli nopokliklar 
bilan bog‗lanmasa, atman va braxmanlarning aralashish jarayoni sodir bo‗ladi. 
Mabodo, inson faoliyati yerdagi nopokliklar bilan aloqador bo‗lsa, uning joni jon 
ko‗rinishida emas, balki hayvoniy tana sifatida qayta tug‗iladi. Hind Vedalarida 
olam bir butun, tirik zotlarning hammasi butunning ajralmas zarralaridir, odam esa 
o‗sha tirik zotlarning o‗ziga xos shakli, ko‗rinishidir, deyiladi.
Qadimgi Xitoy afsonalarida dastlabki inson – odam ato Panga qiyofasida 
namoyon bo‗ladi. Odamning boshqa tirik mavjudotlardan farq qiluvchi insoniy 
xislatlari haqidagi dastlabki mulohazalarni qadimiy Xitoy manbalarida ko‗rish 
mumkin. Inson haqidagi dastlabki falsafiy qarashlar Xitoyda eramizdan avvalgi 
VII-VI asrlarda shakllangan. Qadimgi Xitoy faylasuflari fuqarolarning baxtli yoki 
baxtsiz bo‗lish sabablarini osmondan emas, balki ular yashayotgan ijtimoiy 
muhitdan izlaganlar. Ularning ta‘kidlashicha, jami yaxshilik va yomonliklar 
odamlardan tarqaladi. Xitoyda keng tarqalgan Konfutsiy (er.avv. 551-479 yy.) 
ta‘limoti bo‗yicha, odamlar o‗z tabiatlariga ko‗ra xammasi bir, faqat tarbiya tufayli 
ular 
bir-birlaridan 
farq 
qiladilar. 
Konfutsiyning 
inson 
to‗g‗risidagi 
fikrmulohazalari shogirdlari bilan bo‗lgan suhbatlarni aks ettiruvchi «Suhbatlar va 
mulohazalar» asarida ifodalangan. Jamiyatda sodir bo‗layotgan turli 
axloqsizliklardan tashvishga tushgan Konfutsiy fuqarolarni tarbiyalashga harakat 
qiladi, ularni insofga chaqiradi. U insoniylikning turli fazilatlarini o‗zida 
mujassamlashtirgan inson faqat o‗zi uchun emas, balki jamiyat uchun, boshqalar 
uchun yashamog‗i darkor, deb hisoblaydi.
Inson to‗g‗risidagi qarashlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda O‗rta va 
Yaqin Sharq mamlakatlarida, xususan Turonda keng tarqalgan diniy-falsafiy 
ta‘limotlarda, chunonchi zardushtiylik ta‘limotida aks etgan. Bu ta‘limotning 
markaziy muammosi – odam bilan olam va ular o‗rtasidagi o‗zaro aloqadorlik. 
Ushbu ta‘limotga muvofiq butun olam, shu jumladan odam borlig‗i ham to‗rt 


unsurdan: tuproq, suv. havo, olovdan iborat. Zardushtiylik ta‘limotiga ko‗ra, olam 
qarama-qarshi kuchlar, xususan, yaxshilik va yomonlik, nur va zulmat orasidagi 
kurashga asoslangan. Bu kurashni hech qachon murosaga keltirib bo‗lmaydi, bu 
kurash butun koinotni qamrab olgan. Yaxshilik, yorug‗lik Axura Mazda, 
yomonlik, zulmat esa Axriman xudolari timsolida namoyon bo‗ladi. Butun olamni, 
undagi barcha narsalarni, shu jumladan odamni ham eng oliy Xudo, ezgulik 
xudosi
Axura Mazda yaratgan emish. U yaratgan, yer yuzida paydo bo‗lgan birinchi 
Odam Ato Iyim, deb nomlangan ekan.
Axura Mazdaning ko‗rsatmasiga muvofiq, Iyim yer yuziga turli jonli 
mavjudotlar, xususan, odamlar, hayvonlar, qushlar urug‗ini sochibdi, ularni 
parvarish qilibdi. Shu asnoda, Iyim yer yuzida 900 yil yashabdi. Odam bolasining 
soni ko‗payib, yer yuzi unga torlik qila boshlabdi. Ana shunda Iyim xudoga 
murojaat qilib, yerni kengaytirishni so‗rabdi va bunga erishibdi ham. Bir kuni 
Axura Mazda yer yuzini muzlik bosib kelayotgani haqida Iyimni ogohlantiribdi. 
Iyim yer yuzida mavjud tirik mavjudotlarni saqlab qolish uchun maxsus uy qurib, 
barcha tirik mavjudotlarning eng yaxshi zotlari, eng zo‗r navlaridan bir juftdan 
saqlab qolibdi.
Zardushtiylik ta‘limotida inson faoliyatini boshqarib turadigan eng katta 
kuch-axloq normalari ekanligi haqidagi g‗oya ilgari surilgan. Shuning uchun 
Zardusht Oliy ibtido – Axura Mazdadan insonning kundalik amaliy faoliyatini 
boshqaruvchi qonun-qoidalarni aniqlab berishni so‗ragan. Ana shunda Axura 
Mazda butun olam borlig‗i ikki boshlang‗ich asos – ezgulik va yovuzlik atrofida 
mujassam ekanligini xabar qiladi. Bunda ezgulik musaffo, beg‗ubor osmonga, 
yovuzlik esa jahannamga qiyos qilinadi. Odamlar Axura Mazda tomonidan 
yuborilgan axloqiy normalar, tartiblarga amal qilsalar, yaxshilikning yomonlik 
ustidan g‗alabasi ta‘minlanadi. Yaxshilik bilan yomonlik orasidagi kurashda hal 
qiluvchi rolni – inson, uning iymon-e‘tiqodi o‗ynaydi, deyiladi zardushtiylik 
ta‘limotida. Zardushtiylikda ta‘kidlanadiki, inson iymon-e‘tiqodining uchta yirik 
tayanchi mavjud: fikrlar sofligi, so‗zdagi sobitlik hamda faoliyatining 
insonparvarligi. Bu – ezgu so‗z, ezgu fikr, ezgu amal.
Inson, uning olamga munosabati qadimgi Yunon falsafasida markaziy o‗rin 
tutadi.
Yunon olimi Suqrot (er.avv. 469-399 yy.)ning falsafiy mulohazalari 
markazida inson va uning ongini o‗rganish turadi. Suqrotning inson to‗g‗risidagi 
qarashlarida axloqiy ratsionalizm markaziy o‗rin egallaydi. U axloqsizlik 
haqiqatni bilmaslikdir, insondagi yomonliklar – bilimsizlikning natijasidir, deb 
hisoblaydi.


Platonning fikricha, inson asosan ikki bo‗lakning uyushmasidan iborat. 
Birinchi bo‗lak - o‗lmas jon, ikkinchi bo‗lak – tana. Insonning joni ham ikki 
qismdan iborat: oliy – yuqori qism va pastki – quyi qism. Oliy qismda aql-zakovat 
to‗plangan, uning yordamida inson abadiy g‗oyalar sirini bilib oladi va farovonlik, 
ezgulik tomon intiladi. Pastki qism - his-hayajonga asoslangan. Platon odamlarni 
uch katta toifaga bo‗lgan. Birinchi toifadagilar – aqlli kishilar, ikkinchi 
toifadagilar - his-hayajonga beriluvchilar, uchinchi toifa – dohiylarga, 
yo‗lboshchilarga sajda qiluvchilar.
Aristotel inson jismi va ijtimoiy qiyofasi orasidan aloqadorlikni tushuntirib 
berishda o‗z o‗tmishdoshlaridan ancha ilgarilab ketadi. U olamdagi jami tirik 
mavjudotlar hayotining asosini jon tashkil qiladi, deb hisoblaydi. Bu jon uch 
turkumga bo‗linadi: eng past turkumdagi jon - o‗simliklar, ikkinchi turkumdagisi 
hayvonlarda, eng oliy turkumdagi jon – odamzodda bo‗ladi. Aristotel inson deb 
ataluvchi tirik mavjudotni butun va bo‗linmas, deb talqin etadi. Ayni vaqtda 
«inson o‗z tabiatiga ko‗ra siyosiy mavjudotdir», deb ta‘riflaydi. Olim odamlarni 
faqat moddiy farovonlik emas, balki ijtimoiy adolat printsiplariga rioya qilish 
ezgulik tomon boshlaydi, deb hisoblaydi. Ezgulik deganda, aql-zakovat bilan ish 
ko‗rishni, mehribonlik, mardlik, ochiq ko‗ngillikni, to‗g‗rilik, xayrihoxlikni 
tushunadi.
Aristotel insonning har tomonlama kamoloti haqida fikr yuritadi va yuksak 
axloqiy poklik, tashki va ichki go‗zallik, ijtimoiy-siyosiy yetuklik kabi fazilatlarni 
oliy kamolotga yetkazadigan fazilatlar, deb hisoblaydi.
O‗rta asr G‗arbiy Yevropa falsafasida inson haqidagi diniy qarashlar ilgari 
suriladi. Chunonchi, xristian falsafasida xudo inson qiyofasida gavdalanadi. 
Xristian falsafasining yirik namoyondasi Foma Akvinskiy fikricha, insonda 
mavjud fazilatlarning eng oliysi – aqldir. Inson aql yordamida yaxshi va yomon, 
ezgulik va johillikning farqiga boradi. Ezgulik to‗rt ko‗rinishda, chunonchi: 
donishmandlikda, jasurlikda, mu‘tadillikda va adolatparvarlikda namoyon bo‗ladi. 
Akvinskiy bu fazilatlarga yana xristianlikka xos uch fazilatni: ishonch, umid va 
muhabbatni ham qo‗shadi.
Islom falsafasida Olloh Odam suratini (Odam Atoni) loydan yasaganligi, 
keyin unga jon ato etganligi, Momo Havoni Odam Atoning «chap biqinidan» 
yaratilganligi va butun kishilik jamiyati Odam Ato va Momo Havodan 
tarqalganligi haqidagi g‗oya ilgari surilgan. Qur‘oni Karimning al-Isro surasida. 
«Biz odam bolalarini aziz – mukarram qildik va ularni o‗zimiz yaratgan juda ko‗p 
jonzotlardan afzal, ustun qilib qo‗ydik» deyilgan. Islom dini ta‘siri ostida 
musulmon falsafasi, uning mutakallimlik va mutazilliylik ta‘limotlari shakllandi.


Mutakallimlar olam va odamni tushunish asoslarini Qur‘oni Karim 
aqidalaridan izladilar. Ular insonning taqdiri azaldan belgilangan, degan g‗oyani 
ilgari suradilar.
Mutazilliylar xudo insonga o‗xshash, deb tushuntiradilar. Ayni vaqtda ular 
insonning aqlini, olamni o‗zgartirish borasidagi faoliyatini yuqori baholaydilar.
Musulmon falsafasidagi xurfikrlilikda inson muammosi o‗zgacha talqin 
qilindi. Bu yo‗nalishning yirik namoyondasi Mansur Xalloj ta‘limotiga muvofiq, 
mustaqil, erkin fikr yuritish qobiliyatiga ega bo‗lgan inson komillik, oriflik 
darajasiga ko‗tarilishi mumkin.
Inson muammosi O‗rta asrlar O‗rta Osiyo faylasuflari qarashlarida muhim 
o‗rin tutadi. Abu Nasr Forobiy (870-950 yy.) odamning tanasi paydo bo‗lishi 
bilan, unda «oziqlantiruvchi quvvat» vujudga keladi. O‗sha quvvat yordamida 
inson tanasi oziqlanib turadi va shu jarayonda sezgi organlari paydo bo‗ladi. Sezgi 
a‘zolari tufayli insonda his, tasavvur, xotira birlashib, xayol hosil bo‗ladi. Hayol 
quvvati yordamida inson bilim, hunar egallaydi, faoliyat ko‗rsatadi, foyda, 
zararning farqiga boradi. Inson o‗zining aql-zakovati bilan olamdagi boshqa tirik 
mavjudotlardan farqlanadi. Uning aql-zakovati borliq turli-tuman ko‗rinishlarining 
aksidir. O‗rta asr sharoitida insonning insoniy fazilatlari, xislatlarini aniqlashda.
Forobiy o‗z zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketadi. Forobiy «Baxt-
saodatga erishuv haqida» nomli risolasida insonning xislatlari, fazilatlari haqida 
fikr yuritadi.
Abu Ali ibn Sino inson tana va jondan tashkil topgan. Inson boshqa tirik 
mavjudotlardan o‗zining fikr yuritish qobiliyati bilan tubdan farq qiladi, deb 
hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniyning fikricha, inson olamdagi barcha 
mavjudotlardan o‗zining yaratuvchanligi bilan tubdan farq qiladi; yaxshilik, 
rostgo‗ylik, oliyjanoblik, mehr-shafqat, muhabbat kabi fazilatlar insonni 
ulug‗laydi. Yolg‗onchilik, yomonlik, ichiqoralik, qo‗pollik, o‗g‗rilik, tuxmatchilik 
kabi illatlar insonni tubanlashtiradi. Abu Rayhon Beruniy inson o‗z mehnati bilan 
ulug‗dir. Mehnat yordamida inson o‗z badanini turli illatlardan, xususan, 
dangasalikdan, yalqovlikdan, ishyoqmaslikdan qutqaradi, degan fikrni ilgari 
suradi.
Yusuf Xos Hojib kishilarni axloqiy barkamolligi yoki axloqsizligiga qarab 
yaxshi va yomon odamlarga bo‗ladi. U kamtar, oddiy, halol, haqgo‗y kishilar 
jamiyatning bebaho boyligi; munofiq, yolg‗onchi kishilar yurt uchun zararli illat 
ekanligini qayta-qayta takrorlaydi.
XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida Turkiston Chor Rossiyasi 
tomonidan bosib olingan, mustamlakachilik siyosati ayni avjiga chiqqan paytda 
o‗lkada ma‘rifatparvarlik harakati shakllandi. Bu harakat odamlarni ilm egallashga 
chaqirdi, o‗tmish avlodlar merosini targ‗ib qildi, ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy 


qoloqlikdan chiqish yo‗llarini izladi. Inson muammosi ma‘rifatparvarlar ijodida 
o‗ziga xos talqin topdi. Ma‘rifatparvar Ahmad Donish (1827-1897 yy.) inson 
olamni, o‗zi yashayotgan ijtimoiy muhitni o‗zgartirishga qodir. Buning uchun u 
nafaqat diniy, balki dunyoviy bilimlarni bilishi zarur, deb hisoblaydi. «Biz 
dunyoni gullab-yashnatish uchun, dengizlarni kezib o‗rganish uchun, yer osti 
boyliklarini topish uchun, dunyoning ajoyib sirli tomonlarini talqin etish uchun, 
uning hamma qit‘alari va aholisini bilish uchun tug‗ilganmiz», deb yozadi Donish 
o‗zining «Navodir ul-vaqoe‘» asarida.
Furqat jamiyatda ma‘naviy qashshoq, nopok, galvars kishilarning ko‗payishi 
– fojea, ofatdir. Fan nodon – oliy kishilar yo‗lini yorituvchi, ularni to‗g‗ri yo‗lga 
boshlovchi yo‗lchi yulduz, chiroqdir. Ilm-fan qanchalik tez rivojlansa, jamiyat 
a‘zolarining orzu-umidlari shunchalik tez ro‗yobga chiqadi, ma‘naviy qashshoq 
odamlar soni kamayadi. Ma‘rifatli, bilimdon, odamlar qancha ko‗p bo‗lsa, jamiyat 
hayoti shuncha tez insonparvarlashadi, degan xulosaga keladi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida jamiyatni insonparvarlashtirish g‗oyasi O‗rta 
Osiyoda keng tarqalgan jadidchilik harakatining bosh g‗oyasi edi. Bu harakatning 
namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy (1878-1943 yy.) o‗z asarlarida O‗rta 
Osiyo xalqlari jahon sivilizatsiyasi yutuqlaridan, ilm-ma‘rifat, madaniyatdan 
bebahra qolganini, xalq o‗ta qashshoqlashib, qullarcha hayot kechirayotganligini 
afsus va alam bilan tasvirlaydi. Avloniy asarlarining bosh mavzusi – inson. Uning 
fikricha, inson butun borliqning ko‗rki va sharafidir. Inson butun mavjudot 
sohibidir, chunki uning aql-zakovati bor. Inson shu qudrati tufayli ilm egallaydi. 
Inson o‗zining aql-zakovati tufayli boshiga tushadigan har qanday balo-qazodan 
saqlanadi. Insonparvar jamiyatning muhim vazifalaridan biri – fuqarolar, ayniqsa 
yoshlar aqliy kamoloti haqida qayg‗urishdir.
G‗arbda xususan, uyg‗onish davri falsafasida har tomonlama rivojlangan 
shaxs g‗oyasi olg‗a suriladi. Mashhur ingliz gumanisti Tomas Mor «Utopiya» 
asarida inson shaxsi tubanlashuvining sabablari haqida fikr yuritib, o‗g‗rilik, 
daydilik tubanlashuvning ko‗rinishlaridir, bu kabi illatlarni tugatmoq uchun nopok 
yo‗llar bilan topilgan boyliklarni yo‗qotish darkor, degan xulosaga keladi.
XVII-XVIII asr G‗arbiy Yevropa falsafasida inson to‗g‗risidagi diniy 
qarashlar tanqid ostiga olindi; inson, uning mohiyati, kelib chiqishi haqida yangi 
ilg‗or g‗oyalar ilgari surildi. Mashhur ingliz faylasufi F.Bekon (1561-1626 yy.) 
o‗zining «Yangi Organon» asarida insonning tabiat ustidan hukmron bo‗lishida 
fan yutuqlariga tayanish zarurligini isbotlab berdi. Mashhur ingliz faylasufi – 
Tomas Gobbs (1588-1679 yy.) fikriga ko‗ra, jamiyat – juda katta mexanizm, inson 
o‗sha buyuk mexanizmning muruvvatidir. Inson degan mavjudot bir-biridan 
mutlaqo farq qiluvchi ikki muhim bo‗lakdan iborat. Uning birinchi bo‗lagini 


jismoniy, ikkinchi bo‗lagini – ma‘naviy qobiliyatlar tashkil etadi. Insondagi 
ma‘naviy qobiliyatlar tabiat tomonidan in‘om etilmaydi, balki ular o‗zlashtiriladi.
Gobbs insonning ma‘naviy qobiliyatlarini mavjud ijtimoiy shart-sharoitlar 
bilan bog‗lab tushuntirishga harakat qiladi.
Ingliz faylasufi Djon Lokk (1632-1704 yy.) «Inson ahli to‗g‗risidagi tajriba» 
asarida inson qalbi xuddi oq qog‗oz varag‗idek toza bo‗lib, faqat tajriba o‗sha 
qog‗oz sahifasini turli yozuvlar bilan to‗ldiradi. Insonni yangi bilimlar bilan 
qurollantirmoq uchun tajribaga tayanmoq lozim. Har qanday bilim yoki g‗oyaning 
manbai – tajribadir, degan fikrni ilgari suradi. U «Aqlni boshqarish haqida 
risola»sida inson faoliyat ko‗rsatishda o‗z aqlida mavjud bo‗lgan bilimga tayanadi, 
deb ta‘riflaydi.
XVIII
asr frantsuz olimi, ma‘rifatparvar Jan Jak Russo (1712-1778 yy.)ning 
inson muammosiga doir falsafiy fikrlari uning «Odamlar orasida tengsizlikning 
kelib chiqishi va asoslari haqida mulohaza», «Ijtimoiy shartnoma», «Emil yoki 
tarbiya to‗g‗risida»gi asarlarida aks etgan.
Inson muammosi nemis klassik falsafasida muhim o‗rin tutadi. Nemis klassik 
falsafasining yirik vakillari Immanuil Kant, Fixte, Shelling, Gegel, Lyudvig 
Feyerbax insonshunoslik sohasidagi bilimlarning rivojlanishiga katta hissa 
qo‗shdilar. Immanuil Kant (1724-1804 yy.) insonga ta‘rif berganda uch muhim 
tomonga ahamiyat berish lozimligini ta‘kidlaydi:
1. Tirik mavjudot sifatida insonda hayvoniy alomatlarning borligi.
2. Tirik va aqlli mavjudot sifatida unda insoniylik alomatlarining borligi.
3. Aqlli mavjudot va shuning bilan birga unda fikr-mulohazalarni singdirish 
imkoniyati mavjud bo‗lgan shaxs alomatlari borligi.
Kant o‗z diqqatini inson faoliyatini, uning qobiliyatlarini, malakalarini 
o‗rganishga qaratdi. Inson kamoloti masalasi Vilgelm Gegel (1770-1831 yy.) 
falsafasining diqqat markazida bo‗ldi. Uning fikricha, inson – dunyoviy ruhning 
begonalashuvidan o‗zga narsa emas. Gegel insonning shakllanishi jarayonini 
ruhning chuqurlashishidan iborat, degan fikrni ilgari suradi. Inson muammosi
Lyudvig Feyerbax (1704-1782 yy.) falsafiy qarashlarida alohida o‗rin tutadi. 
Feyerbax uchun inson – eng avvalo moddiy ob‘ekt. Insonni xudo yaratgan emas, 
inson xudoni yaratgan. Feyerbax inson fazilatlarining shakllanishida biologik 
omillarning tutgan o‗rnini mutloqlashtirdi. Feyerbax jamiyatdagi barcha odamlar 
borlig‗ining eng muhim elementi vazifasini muhabbat bajaradi, degan g‗oyani 
ilgari surdi.
XIX
asrning 40-50 yillaridan boshlab klassik falsafaga qarama-qarshi 
noklassik falsafa shakllana boshladi. Bu falsafa ekzistentsializm, personalizm, 
neopozitivizm, pragmatizm, kosmizm falsafiy oqimlarida o‗z ifodasini topdi.


Ekzistentsializm falsafiy oqimi shular jumlasidandir. Daniyalik faylasuf 
Kerkegor (1813-1855 yy.) insonni tahlil qilish maqsadida «ekzistentsiya» 
tushunchasini kiritdi. Insonni, uning ichki dunyosini bilishga ilmiy metodni 
qo‗llab bo‗lmaydi. Yashash bu – «ichki dunyo». Yashash – ichki dunyo insonning 
betakrorligini ko‗rsatadi. Yashash deganda Kerkegor mavjudlik tomon borishni 
tushunadi va uni uch bosqichdan iborat, deb biladi:
Birinchi – estetik bosqich.
Ikkinchi – axloqiy bosqich.
Uchinchi – diniy ekzistentsiya.
Birinchi bosqich zaminida yashash, huzur-halovatga qiziqish, inson extiyojini 
qondirish yotadi. Bunda yashash yo‗lini tanlash eng oddiy shaklda bo‗ladi, chunki 
ob‘ekt inson his-tuyg‗ularini qondirish asosida tanlanadi. Ikkinchi, axloqiy 
bosqichda inson o‗zini-o‗zi anglaydi, o‗z ma‘suliyatini his qiladi.
Yashashning haqiqiy ma‘nosini inson uchinchi – diniy bosqichda his qila
oladi. Inson azob chekish evaziga yashayotganini biladi
.
Kerkegor fikricha, ekzistentsiya deganda inson borlig‗ining mavjudlik usuli, 
mohiyati emas, balki inson shaxsining bilib bo‗lmaydigan, takrorlanmas holatlari 
nazarda tutiladi. Uning ekzistentsialistik qarashlari «Yoki-yoki», «Qo‗rquv va 
titroq», «O‗lim kasali» asarlarida bayon etilgan.
Ekzistentsializm falsafasi XX asrning boshlarida Germaniyada vujudga keldi.
Ekzistentsializm falsafasida inson muammosiga o‗ziga xos yondashuv aks 
etgan. Agar klassik falsafada insonning mohiyati aql-zakovati asosida talqin 
qilingan bo‗lsa, bu yo‗nalishda inson erki haqida fikr yuritiladi.
XIX-asrning noklassik falsafasiga inson muammosini olib kirishda mashhur 
nemis faylasufi Nitsshening (1844-1900 yy.) o‗rni katta. U xoliq, ya‘ni barkamol 
inson to‗g‗risidagi qarashlarni ilgari suradi. Nitsshe fikricha, inson bolasida 
xoliqlik va maxluqlik bir butun holda uyushadi. Nitsshe inson chinakam komillik 
darajasiga ko‗tarilmog‗i uchun avvalo mahluqlarga xos qiliqlardan xoli bo‗lmog‗i 
darkor, deb hisoblaydi.
Ekzistentsializm falsafasining asosiy g‗oyalaridan biri shuki, insonning 
xususiyati – u o‗zini o‗zi yasaydi, mavjud bo‗la turib, o‗z mohiyatini bunyod 
etadi.
Mabodo individ inson darajasiga ko‗tarilganida uning ongi va faoliyatida 
nuqsonlar mavjud ekan, bunga, avvalo, o‗zi aybdor. Chunki insonning tabiati u 
yaralgunga qadar mavjud bo‗lmaydi va individning o‗zidan boshqa hech qanday 
kuch uni insonga aylantira olmaydi. Bunday g‗oyani ilgari surish bilan 
ekzistentsial falsafa insonning shakllanishida uning o‗zi mas‘ul ekanligiga e‘tibor 
qaratadi. Ekzistentsializm inson faoliyatining ratsional tomonlariga diqqat 
qaratadi.


Xususan, inson hayotida turli konfliktlar sodir bo‗lganda aql-zakovat 
hukmiga quloq solish, aql kuchi bilan har qanday vaziyatdan chiqish – inson 
amaliy faoliyatining muhim sharti ekanligini ta‘kidlaydi. Oddiy insonning 
«xushyor hisob-kitoblari», eng og‗ir damlarda o‗zi bilan o‗zi maslahatlashishi uni 
turli fojea va dahshatlardan saqlab qoladi. Demak, o‗z ekzistentsiyasini topgan 
kishining qiyinchilikni matonat bilan yengishiga jasorati yetadi.
Hozirgi zamon fani ma‘lumotlariga qaraganda, odam deb ataluvchi yagona 
biologik turga mansub tirik mavjudotning insonga aylanishi uzoq davom etgan 
evolyutsion jarayondir. Mutaxassislarning fikrlariga ko‗ra, bu jarayon 3-3,5 mln 
yil davom etgan. Insonning faoliyati, turmush tarzi zamonlar o‗tishi bilan o‗zgarib 
borgan. Shu o‗zgarishlarning turli-tumanligi insonlarning bir-biridan farq qilishi 
uchun asos vazifasini bajargan. Faoliyatning, turmush tarzining turli tumanligi 
insonlarning birini ikkinchisidan farq qiluvchi belgisi hisoblangan.
Insonning olamdagi boshqa mavjudotlardan farq qiluvchi muhim 
xususiyatlari nimalardan iborat. Insonning hayoti, faoliyati, uning irsiy-genetik 
xususiyatlari tabiiy-ijtimoiy muhit ta‘siriga bog‗liqmi? kabi savollarga olimlar 
hamisha javob izlaganlar. Xo‗sh, insonning olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan 
farqini ko‗rsatuvchi eng muhim xususiyatlar nimalardan iborat?
Birinchidan, inson olamdagi boshqa tirik mavjudotlardan xotirasi, tafakkuri, 
tili borligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, til inson avlodlari va ajdodlari orasidagi 
aloqada vorislik vazifasini bajaradi.
Ikkinchidan, insonning insoniyligini belgilovchi eng muhim xususiyat – 
madaniyat. Insonning o‗z faoliyatini tartibga solishi, yo‗naltirishi – madaniyat.
Ma‘lum bir jamiyatga birlashib yashashi – madaniyat. Uning faoliyatini 
ma‘lum bir maqsadga yo‗naltiruvchi omil – madaniyat.
Uchinchidan, insonning hayvonan farq qiladigan eng muhim xususiyati - 
o‗zining yashashi, turmushi uchun zarur bo‗lgan moddiy va ma‘naviy boyliklarni 
ishlab chiqarish malakasiga ega bo‗lishi.
Fan nuqtai nazaridan insonga nisbatan «inson eng aqlli mavjudot», «inson 
o‗zini o‗zi anglovchi mavjudot», «inson-ma‘naviy mavjudot» degan fikrlar 
ishlatiladi. 
Odamning 
insonga 
aylanishi 
va 
jamiyatga 
birlashishi 
antroposotsiogenez jarayonining natijasidir. Antropogenez jarayonida mehnat 
asosiy rol o‗ynaydi. Mehnat tufayli inson o‗zi yashayotgan tabiiy muhitni 
o‗zgartiradi, moddiy va ma‘naviy boyliklar yaratadi, o‗zini ham o‗zgartiradi.
Mehnat antropogenez (ya‘ni odamning shakllanishi) va sotsiogenez 
(jamiyatda yashash, insonga aylanish) jarayonining markaziy inson omilidir.
Antroposotsiogenezning ikkinchi muhim omili - til.


Antroposotsiogenezning muhim omili insonning ishlab chiqarish faoliyatidir. 
Ijtimoiy-axloqiy 
me‘yorlar 
va 
normalarning 
vujudga 
kelishi 
ham 
antroposotsiogenezning muhim tomoni hisoblanadi.
Odamning dastlabki ajdodi «paleantrop» ovchilik, termachilik faoliyatidan 
asta-sekin ishlab chiqarish faoliyatiga o‗ta boshladi. Bu odam o‗zida insonga xos 
ijtimoiy fazilatlarni mujassamlashtirayotganidan dalolat beradi.
Inson antroposotsiogenez jarayonining mahsuli ekanligini hozirgi zamon fani 
ham tasdiqlamoqda. Shuning uchun insondagi tabiiylik bilan ijtimoiylik orasidagi 
aloqadorlikni bilish muhim ahamiyatga ega.
Inson uchta buyuk qudrat: tana, ruhiyat, ma‘naviyatning yig‗indisidir.
Insonning biologik holati deganda uning jismida sodir bo‗ladigan 
morfofiziologik, genetik, elektroximik o‗zgarishlar, yoshi, irqi, jinsini ifodalovchi 
alomatlar tushuniladi.
Insonning ruhiy (psixologik) holati deganda uning his-tuyg‗ulari, kayfiyati, 
irodasi, temperamenti nazarda tutiladi.
Insonning ma‘naviyati - uning fazilatlari xislatlari, qobiliyatlari, malakalar 
yig‗indisi. Aynan ma‘naviyat insonning ijtimoiy qiyofasini vujudga keltiradi.
Odamning ijtimoiylik xislati shaxsdir. Shaxs tushunchasida insonning 
jamiyatda tutgan o‗rni va bajaradigan vazifalari aks etadi.
Shaxs, avvalo, yaxlit jamiyatning alohida bo‗lagi, unda mavjud ijtimoiy 
munosabatlar jamuljam bo‗ladi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida inson o‗z ichki 
dunyosi va manfaatlariga ko‗ra boshqalardan farqlanadi va asta-sekin jamoa 
a‘zosidan shaxs darajasiga ko‗tarilib boradi.
Inson individ sifatida dunyoga keladi, shaxs bo‗lib shakllanadi. Insonning 
shaxs bo‗lib shakllanishida jamiyat, ijtimoiy muhit muhim o‗rin tutadi.
Shaxs tushunchasida mazkur insonning barcha ijtimoiy vazifalari, barcha 
munosabatlari ifodalanadi. Inson amaliy faoliyat jarayonida shaxs sifatida 
shakllanib boradi. Shaxs ijtimoiy ahamiyatli xislat va fazilatlarni o‗zida 
mujassamlashtirgan inson. Shaxsning xislatlari uning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va 
ma‘naviy hayotidagi ishtirokida namoyon bo‗ladi. Shaxsning xislatlari deganda: a) 
jismoniy; b) ma‘naviy; v) ijtimoiy xislatlar nazarda tutiladi.
Shaxsning jismoniy xislat-fazilatlari deganda uning jismi, gavda tuzilishi, 
kiyinishi, uy-oilasi, u tomonidan yaratilgan jami narsalar o‗zini muhofaza qila 
olishi, o‗zi va boshqalar haqida qayg‗urishi nazarda tutiladi.
Shaxsga xos ijtimoiy xislatlar boshqa kishilar bilan bo‗ladigan o‗zaro aloqa 
va munosabatlarda shakllanadi. Shaxsning turli ijtimoiy birliklar-guruhlardagi 
rollari turlicha bo‗ladi. Masalan «ona», «farzand», «qo‗shni», «do‗st», «xaridor».


Shaxsning ma‘naviyati, uning ichki olami, ruhiyati, «men»ligi ifodasi sifatida 
namoyon bo‗ladi. Shaxs mohiyatini ifodalovchi bu tomonlar yaxlitlikda namoyon 
bo‗ladi va insonning «men» ini ifodalaydi.
Shaxsning shakllanishi jamiyatda to‗plangan tajribalarni, qadriyatlarni 
o‗zlashtirish jarayonidir. Shaxsning shakllanishiga ta‘sir ko‗rsatadigan omillarni 
ikki guruhga bo‗lish mumkin:
a)
insonning o‗ziga xos biologik xususiyatlari
b)
ijtimoiy muhit
Ijtimoiy muhit deganda inson hayoti kechadigan jamiyatdagi iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy, informatsion ma‘naviy shart-sharoitlar nazarda tutiladi. Ijtimoiy 
muhit - bu jamiyat, oila, mehnat va o‗quv jamoalari, qo‗ni-qo‗shni, do‗st-
birodarlar nazarda tutiladi.
Ijtimoiy muhitning muhim tomonini jamiyatdagi mavjud siyosiy tizim tashkil 
etadi. Jamiyat siyosiy tizimi shaxs qobiliyatlarini ro‗yobga chiqarishga imkoniyat 
yaratishi mumkin.
Shunday qilib, odam – tabiatdagi oliy biologik tur. Bu tur uzoq taraqqiyot 
jarayonida insonga aylanadi.
Demak, jamiyatda muayyan o‗rin tutgan, ijtimoiy munosabatlarga kirisha 
oladigan, o‗zligini va jamiyatni, o‗zining jamiyatdagi o‗rnini anglagan inson-shaxs 
hisoblanadi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs faoliyati bilan bevosita bog‗liqdir. 

Yüklə 173,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin