Sharq va g„arb falsafasida inson masalasi reja


 Markaziy Osiyoda “Avesto” ta‟limotidagi falsafiy fikrlar. Ilk o„rta asr



Yüklə 173,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü173,56 Kb.
#207350
1   2   3   4   5
SHARQ VA G‘ARB FALSAFASIDA INSON MASALASI

4. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta‟limotidagi falsafiy fikrlar. Ilk o„rta asr 
Sharq falsafasi va Uygonish davri. (Abu Rayxon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, 
Ibn Sino). 
 
Miloddan ilgari X-VIII asrlarda Turon (Markaziy Osiyo)da ijtimoiy 
munosabatlar ravnaq topa boshlaydi. Shu davrda Markaziy Osiyoda yashagan 
xalqlar YUnon tarixchilari tomonidan skiflar deb atalsa, Eron manba‘larida saklar 
deb nomlanganlar. Ammo katta hududga tarqalib ketgan turk qabilalari 
yashaydigan ulkan maskan Turyuok, Turon, Turkiston deb atab kelingan. Sobiq 
Sho‗rolar davrida shu maskanlarni ¤rta Osiyo, Markaziy Osiyo deb atash rasm 
bo‗lgan. Qadimgi Turon xalqlari xayotida dexqonchilik va chorvachilik muxim 
axamiyat kasb etgan. Bu xududda dexqonchilik sun‘iy sug‗orishga asoslangan 
bo‗lib, u sug‗orish inshootlarining rivojlanishiga olib kelgan. Shunday qilib 
dastlabki madaniy markazlar vujudga kela boshlaydi.
Mana shu davrda Turonda oromiylar alifbosi keng tarqalgan. Uning asosida 
esa Xorazmliklar, Sugdiyonaliklar alifbosi vujudga keladi. Shu bilan birga bu 
joyda yashayotgan xalqlarning boy adabiy merosi paydo bo‗la boshlaydi. 
Turonliklarning og‗zaki ijodining eng dastlabki namunalari bizgacha etib kelgan. 
Masalan, To‗maris, Spitamen, Zarin, CHo‗pon, Shiroq xaqidagi afsonalar shular 
jumlasidandir. Ularda Turon xalqlarining vatanparvarlik xislatlari madx etiladi. 
Miloddan avvalgi VI asrdan to milodning III asrigacha Turonda zardushtiylik va u 
bilan bogliq dunyoqarash xukmronlik qilgan. Zardushtiylik faqat din bo‗lib 
qolmay, balki o‗sha davrning xukmron mafkurasi ham edi. Zardushtiylikning 
muqaddas kitobi «Avesto» materiali (12000 oshlangan qora mol terisiga yozilgan) 
miloddan ilgari bir qancha asrlar davomida to‗plangan.
Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik davrida uning ko‗p qismi 
yo‗qolgan. Eronlik Arshoxiylar davrida uning qolgan qismi «Avesto» sifatida 
tartibga solingan. Unda Turon xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, xuquqiy, axloqiy 
qarashlari va umuman dunyoqarashi o‗z ifodasini topgan. «Avesto»da o‗tmish 


ajdodlarimizning diniy tasavvurlari, koinot va erdagi dunyoning yaratilishi bilan 
bogliq afsona va rivoyatlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, geografiyasi, tabiati, 
nabototi, ilm-fani o‗z aksini topgan. 
Unda qadimgi Turon o‗lkasining iqlimi, suvi, xayvonot dunyosi, er tuzilishi, 
sahrolari, tog‗lari haqida qimmatli ma‘lumotlar berilgan. G‗arazgo‗ylik, xasad, 
manmanlik, fitna-fasod «Avesto»da qattiq qoralansa, va‘daga vafo qilish, axdga 
sadoqat, samimiyat, xolislik, o‗zaro izzat-ikrom kabi odamlar o‗rtasida ustivor 
bo‗ladigan axloqiy qoidalar ulug‗lanadi. «Avesto» dunyoni inson uchun sinov 
maydoni deb tushuntiradi.«Avesto»da odamlarni imonli bo‗lishga, doimo pok-toza 
yurishga, tanani ozoda tutishga, har qanday yovuz niyat va so‗zlardan yuz 
o‗girishga da‘vat etadigan axloqiy qoidalar diniy o‗gitlar, falsafiy g‗oyalar 
nihoyatda ko‗p.«Avesto»da qayd etilgan eng muxim falsafiy fikrlardan biri – 
insonlarni mehnat qilishga, o‗z qo‗llari bilan moddiy boyliklar yaratib, to‗q-
farovon hayot kechirishga da‘vatlardir.Zardushtiylik dini va uning «Avesto» 
kitobida dunyoning moddiy asosi deb hisoblangan er, suv, tuproq, olov 
muqaddaslashtiriladi.
Er va xavo shunday e‘zozlanganki, xavoni bulg‗ash, ifloslantirish, xayvonlar 
o‗ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham erga ko‗mish, suvga oqizish, olovda 
yoqish gunoxi azim bo‗lgan. Marxumlar erni, suvni, xavoni zaharlab 
qo‗ymasliklari uchun ularning jasadlarini maxsus sopol idishlar – ostadonlarda 
ko‗mish rasm bo‗lgan. Shunday qilib, «Avesto» yakkaxudochilik (vaxdoniyat)ga 
asoslangan dunyoda eng birinchi din bo‗lgan. 
Undagi barcha asosiy g‗oyalar hozirgi jahon dinlarida o‗z mujassamini 
topgan. Shuning uchun ingliz tadqiqotchisi Mere Boys xonim zardushtiylikni 
bilmay turib, jahon dinlari mohiyatini anglash qiyin, deydi.
Zardushtiylikning muqaddas kitobida ajdodlarimizning uzoq o‗tmish tarixi va 
tafakkur taraqqiyotining qomusiy yigindisi, tili, yozuvi, boy madaniyati, falsafasi, 
badiiy ijodi o‗z ifodasini topgan. Biroq, urug‗lar, qabilalar, elatlar o‗rtasidagi 
kelishmovchiliklar, o‗zaro mojarolar tashqi dushmanlar uchun qo‗l keladi. Turonni 
avval Eron shoxlari bosib oladi. Keyin esa greklar uni o‗z mustamlakasiga 
aylantiradi. Turon xalqlari, elatlari birlashgan davrlarda yirik qo‗shni davlatlar ular 
bilan hisoblashganlar, savdo-sotiq aloqalarini kengaytirishga intilganlar. Ayni 
chog‗da ular bu ko‗hna xalqning «orasini buzib, hukmronlik qil» tamoyiliga amal 
qilib, ularni parchalab yuborishga muvaffaq bo‗lganlar.
Bu achchiq tarixiy xalqiqatlar Tosh bitiklarda o‗z ifodasini topgan:
Turk hoqonlari unda turk qavmlariga murojaat qilib, sizlar birlashsangiz 
dushmanlar xizmatingizda bo‗ladi, maboda parokandalikka yo‗l qo‗ysangiz, unda 
sizlar dushmanlar malayiga aylanasizlar, degan ma‘nodagi falsafiy fikrlar bor. 
Eron xoqonlari zardushtiylikdan o‗z manfaatlari yo‗lida foydalandilar. 



Yüklə 173,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin