ishlarning boshqa turlarini bajarish yuzasidan tender o’tkazish uchun tanlov hujjatlari;
loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslashi yoki
texnik-iqtisodiy hisoblashi,
shuningdek moliyaviy takliflar yoki kredit va investitsiya shartnomalari (pul
mablag’lari jalb etilgan taqdirda) kiradi.
Loyiha hujjatlari - ishchi hujjatlarni ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan arxitektura-
shaharsozlik yechimlari va texnik yechimlarni, qurilishning smeta qiymatini o’z ichiga
oluvchi hujjatlar. Loyiha hujjatlari tasdiqlangan texnik-iqtisodiy asoslash asosida ishlab
chiqiladi.
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash
(DTIA yoki DTIH) - variantlarni ko’rib chiqish asosida loyihani oqilona joylashtirish va
amalga oshirishning
eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni,
umuman loyihaning cheklangan qiymatini,
shu jumladan, texnologik asbob-uskunalar
qiymatini asoslovchi, uni moliyalashtirishning mumkin bo’lgan manbalari bo’yicha
variantlarni hisobga olgan holda moliyalashtirishga bo’lgan ehtiyoj hajmini belgilovchi
hujjat hisoblanadi.
Yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (TIA va TIH) -
investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari
asosida va loyihani
moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda aniqlangan yakuniy, eng samarali
texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi loyihaoldi hujjatidir
(14.3.2-jadval)
Investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi
quyidagi vakolatli
ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan o’tadi (14.3.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: