•
noto‘g‘ri,
axloqsiz, qiyosiy yoki yashirin reklama berganlik,
shuningdek,
aksilreklama berishdan bosh tortganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining
yetmish baravari;
•
dori vositalari, biologik faol va oziq-ovqat qo‘shimchalari, shuningdek, bolalar oziq-
ovqat mahsulotlari reklamasi hamda voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq reklamaga
qo‘yilgan talablarni buzganlik uchun – bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz
baravari.
Qonun jamiyatni tartibga
solishdagi oliy vosita, uni buzgan har qanday fuqaro
jazolanishi kerak. Ammo shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: davlatning o‘zi
tadbirkorning qonuniy manfaatlariga
ziyon yetkazsa-chi, unda ko‘rilgan zarar
qanday kompensatsiya qilinadi?
Yaqinda
poytaxtdagi tashqi reklama biznesi egalarining o‘zlariga mulk
huquqi bilan tegishli bo‘lgan, bahosi 300 million so‘mgacha turadigan 200dan ortiq
reklama konstruksiyalari noma'lum sabablarga ko‘ra buzib tashlangandi. Bu tashqi
reklama obektlarining buzilishi hech qanday asos va sud qarorisiz amalga oshirildi.
Nima sababdan moliyaviy sanksiyalar faqat bir tomon uchun ishlashi kerak? Nega
qonunlar o‘zida faqat bir tomon manfaatlarini ifoda qilishi kerak?
Dostları ilə paylaş: