Mantiqan o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, bundan davlatning o‘zi ham yutqazadi.
Yangi qonunda belgilangan cheklovlar orqali davlatga OAVdan keladigan soliq
tushumlari ham o‘z-o‘zidan kamayadi, ya'ni reklama beruvchi tomon ham,
reklamani
qabul qiluvchi OAV ham, tadbirkorlik rivojlanishi va soliq tushumlari
oshishidan manfaatdor davlat ham bunda yutqazadi.
Farmkompaniyalar ham xavotirda
Bundan tashqari, qonunda dori vositalari reklamasida quyidagilar taqiqlanmoqda:
•
reklama qilinayotgan dori vositasining narxi yoki narx siyosati to‘g‘risida biror-bir
eslatmadan foydalanish yoki ushbu dori vositasining qulay narxda
ekanligi
to‘g‘risida taassurot qoldirish;
•
taniqli shaxslar, tibbiyot xodimlari yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi
qiyofasiga o‘xshash shaxslar ishtirokidan foydalanish;
•
jamoatchilikning dori vositasining ta'siri haqidagi minnatdorchilik, tavsiyalar va
e'tiroflaridan foydalanish;
•
kasallik (jarohat) va (yoki) dori vositalarining inson tanasiga ta'sirida yuz
beradigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi videotasma, tasvirlar va vizual namoyishlardan
foydalanish;
•
ulardan foydalanish yoki iste'mol qilish jarayonlarini tasvirlash.
Kun.uz
muxbiri bilan gaplashgan, farmatsevtika sohasida bir necha yillardan beri
faoliyat olib borayotgan tadbirkor bu bandlarni quyidagicha izohlamoqda:
«Ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda dori vositlarini reklama qilishda taniqli shaxslar,
tibbiyot xodimlari yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi qiyofasiga o‘xshash
shaxslar ishtirokidan foydalanish taqiqlanayotgani haqidagi xabarlarni o‘qidim.
Bu xuddiki Adidas yoki Nike sport mahsulotlarini
reklama qilishda
sportchilar yoki sportga ixtisoslashgan tashkilotlarga cheklov qo‘yganga o‘xshaydi.
Eng qiziq tomoni, biz yangi mahsulot ishlab chiqardik va bu kimlargadir foyda berdi,
yaxshi samara ko‘rsatdi. Endilikda o‘sha insonlar bildirayotgan fikrlardan ham
foydalanishga cheklovlar o‘rnatilar ekan. Yoki dori vositasining inson tanasiga
ta'siri, undan foydalanish ko‘nikmalari haqida qisqa
videolavha tayyorlashning
nimasi noto‘g‘ri? Ko‘pchilik insonlar dori vositasi haqidagi yo‘riqnomani o‘qib
ko‘rishmaydi, uning ba'zi nojo‘ya ta'siri va qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlari
bo‘lishi mumkin. Qisqa 1-2 daqiqalik videolavha orqali buni tushuntirib bersak,
iste'molchilar uchun ham foydaliroq bo‘ladi-ku? Bunda eskicha konservativ usullar
o‘rniga, yangicha yondashuvlardan foydalanishning nimasi yomon?» deya ta'kidladi
tadbirkor.
Dostları ilə paylaş: