Xulosa o‘rnida.
Davlat budjetini shakllantiruvchi asosiy omillardan
biri tadbirkorlik
sub'yektlari tomonidan to‘lanadigan soliqlar hisoblanadi. Xususiy mulkdorlarning
huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta'minlaydigan
mustahkam
qonunchilik
bazasi yaratilmas ekan, yuksak taraqqiyot haqida o‘ylash
mantiqsizlikdir. Doimiy ravishda davlat bilan ishbilarmonlar o‘rtasida
tizimli
muloqot yo‘lga qo‘yilishi kerak. Taraqqiyotning hozirgi
bosqichida biznes va
tadbirkorlik rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash iqtisodiyotning
yaqin kelajakdagi
yuksalishiga poydevor vazifasini o‘taydi. Tadbirkorlikni
harakatlantiruvchi eng
asosiy kuch bu – reklama. Uni soddalashtirish va liberallashtirish o‘rniga taqiqlarni
kuchaytirish hech qanaqasiga mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilmaydi.