O’quv savollari:
16
1. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatlari
tushunchasi va uning mohiyati.
2. Harbiy xizmatchilarning huquqiy holatlari,
jamlanish,
muddatli
va
harbiy xizmatni askarlar va serjantlar tomonidan o’tash tartibi.
3. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shartnoma asosida hizmat
qiluvchilar hamda ofitserlar tarkibining harbiy xizmatlari.
Umumiy harbiy majburiy xizmat fuqarolar uchun, mamlakatimiz mudofaasi
uchun katta ahamiyatga ega. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini doimiy
jangovor tayyorgarligini mustahkamlashda katta o’rin tutadi. Davlatning aholining
tinch hayotini, hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida o’rnatilgan umumiy
harbiy majburiyat, fuqarolarni Konsituttsion huquqlari asosida harbiy o’quv va
davlatni himoya qilish ishiga O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining
tarkibini to’la shakillanishini ta`minlaydi. Uning ijtimoiy-axamiyati vatanimizni
harbiy mudofaachilarini har qanday dushmanga javob bera oladigan Qurolli Kuchlar
tarkibini tashkil etuvchi vatan himoyachilarini tayyorlashdan iboratdir. Umumiy
harbiy majburiyat fuqarolarning konsituttsiyasi majburiyatlari orasida etakchi
o’rinda turadi. Bu xozirgi zamonda O’zbekiston Respublikasiga qarshi qaratilgan
ba`zi dushmanchilik qarashlarining mohiyati va ularning harbiy strategik
muvozanatini o’zgartirib yo’nalishlariga jangovar tus berishlari, boshqa mamlakatlar
tomonidan bo’lishi mumkun bo’lgan tahdidlar bilan asoslanadi.
Bularning barchasi O’zbekiston o’z mudofaa qudratini va mudofaa
qobilyatini mustaxkamlashi va Respublikamiz aholisini tinch mehnat va behavotir
hayotlarining ximoyasini ta`minlash uchun juda muximdir. Mamlakatimizni
har
jihatdan mustahkamlanishida O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasining
52,125,126 moddalarida ko’zda tutilgan umumiy harbiy majburiylik fuqarolar
majburiyligini aniqlashtirish haqidagi qonun katta axmiyatga ega. Masalan:
O’zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to’g`risida»gi qonuniga muvofiq har bir o’smir belgilangan yoshga etganda
chaqiriqqacha tayyorgarlik, o’z vaqtida chaqiruv harbiy bo’linmasida ro’yhatdan
o’tishi shartdir. Harbiy texnik mutahassisliklar bo’icha o’qishi shuningdek mudofaa
ishlari bo’limi boshlig`i buyrug`iga asosan ko’rsatilgan muddatda chaqiruv
komissiyasiga etib kelishi shart. Qurolli Kuchlar qatorida harbiy xizmatchilar harbiy
qasamyod talablarini bajarishga majbur. Buyruqqa asosan xar doim vatan ximoyasi
uchun tayyor turishi shart. Qurolli Kuchlarda majburiy tartibda xizmatni o’tab
zaxiraga bo’shatilgan harbiy hizmatga majburlar o’zlarining harbiy malakalarining
saqlab turishlari va harbiy tayyorgarlikni o’quv tekshiruv mashqlarida
takomillashtirib borishlari shart. Umumiy harbiy majburiyat turli huquqiy shakllarda
amalga oshiriladi. Ular davlat tomonidan o’rganilib, qurolli Kuchlar safida vatanni
himoya qilishga qatnashishda fuqarolarning umumiy harbiy tayyorgarlik tizimini
o’z ichiga oladi.
Xozirgi zamonda amal qiluvchi qonunchilikka binoan, umumiy harbiy
xizmat majburiyatlari quyidagilardan iborat:
-
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun o’smirlarni
chaqiriqqacha tayyorgarligi va mutahasislarni tayyorlash;
- harbiy xizmat - O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining haqiqiy
harbiy xizmat va zahiradagi xizmati.
17
- Muqobil xizmat - xalq xo’jaligining biror sohasida xizmat qilish
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari uchun o’smirlarni chaqiriqqacha
tayyorgarlik va chaqiruv yoshida ulardan harbiy mutahassislarni tayyorlash ishlari,
harbiy hizmatchilarni muhim harbiy-tehnik bilimlar va amaliy malakalarini egallash
maqsadida, haqiqiy muddatli harbiy xizmat davrida esa qisqa muddatda harbiy
mutahassislikni egallash uchun o’tkaziladi.
Fuqarolarning umumiy majburiyatini amalga oshirishning asosiy va faol
shakllari O’zbekiston Respublikasining Konsituttsiyasi 52-moddasida belgilangan
harbiy xizmatdir. Harbiy xizmat O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining
Konsituttsion burchidir. Uning mazmuni O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasi
va qonunlaridan kelib chiqib ,umumiy harbiy majburiyat, harbiy qasamyod, muxim
hujjatlar va boshqalar haqidagi qonunlardan tashkil topgan. Harbiy huquqiy hujjatlar
tinch davrda harbiy xizmatchilar va harbiy hizmatga majburlarni doimiy jangovar
tayyorgarligini ta`minlashga yo’naltirilgan mexnatdir. SHuningdek urush vaqtida
vatanni qurolli himoya qilish demakdir . Harbiy xizmat davlat xizmati bo’lib unga
barcha demokratik asosdagi tamoyillar, davlat xizmati uchun xarakterli bo’lgan
hususiyatlar xosdir. SHuning bilan barcha Qurolli Kuchlarni tashkil etishda aloxida
hususiyatlarga ham amal qiladi. O’zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga
muvofiq bizning davlatimizda harbiy xizmatni faqat Respublikamiz fuqarolarigina
o’taydilar. Boshqa davlat xizmatlardan farqliroq fuqarolar amaldagi harbiy xizmatga
qadam qo’yar ekan harbiy qasamyod qilishga majburdirlar. Oliy Majlis tomonidan
tasdiqlangan va qabul qilgan matn asosida qasamyod qiladilar. Ushbu hujjatning
huquqiy ahamiyati, harbiy xizmatchilarni davlat manfaatlari va mustaqillik uchun
munosib himoyachilari bo’lishining majburiyatini oladilar va uni mardona va a`lo
darajada bajarish uchun komandir va boshliqlar buyruqlarini xatto o’z hayotlari
uchun havfli bo’lgan taqdirda ham bajaradilar. Harbiy xizmatning alohida hususiyati
shuki, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlarga harbiy unvonlarning
berilishidir.
Harbiy unvonlar berilishida harbiy xizmatga bo’lgan munosabat, vazifalarini
aniq va jiddiy bajarilishi xisobiga olinadi. Harbiy unvonlarsiz buyruqlarning
bajarilishi va hayotda yagona harbiy boshqaruv yani supordinastiya bilan amalga
oshiriladi. Harbiy majburiyatlarni bajarilishi jarayonida barcha harbiy xizmatchilar
harbiy intizom talablariga bo’ysunadilar. Faqatgina Qurolli Kuchlarida so’zsiz
harbiy buyruqlarni bajarish tamoyli huquqiy belgilab qo’yilgan. Komandir va
boshliqning buyrug`i qo’l ostidagilari uchun qonundir. Buyruq so’zsiz muddatida
bajarilishi shart. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, intizom nizomi 6-
moddasi. Buyruqni bajarmaslik harbiy jinoyat xisoblanib aybdorlik ishi sudda,
harbiy trebunalda ko’rib chiqiladi. Harbiy xizmatchilarning xayoti, turmushi va
faoliyati xayotiy hiquqiy me`yorlar bilan tartibga solinadi. SHu sababli xar qanday
vaziyatda yuqori darajada intizomiylik ta`minlanadi. Harbiy xizmatning bu
hususiyati harbiy qurilishning etakchi tamoyili bo’lib, yagona boshqaruv va harbiy
boshqaruvni markazlashtirilishi tamoyilligiga asoslanadi. Davlatimizning mudofaa
qudrati qurollangan kuchlarni doimiy jangovar tayorgarligini mustahkamlashda
ko’pincha harbiy qurilish ishlarini bajarilishini talab qiladi. Buning uchun maxsus
huquqiy shakllariga fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatini bajarishi shakliy
muqobil hizmat harbiy quruvchilar sifatida amal qiladi. Bugungi kunda harbiy
qurilishsiz hech qanday mudofaa obektlari inshoatlari bunyod etilmaydi. Bu hizmat
18
bilan davlatimizning ijtimoiy siyosiy rivojiga katta hissa qo’shadilar,umumiy harbiy
majburiyat O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasida mustahkam belgilangan.
2. Harbiy xizmatchilarning huquqiy holatlari jamlanish va muddatli va
harbiy xizmatni askarlar va serjantlar tomonidan o’tash tartibi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy majburiyatlarini amal qilish
harbiy sohani o’qish, harbiy hizmatni Qurolli Kuchlar safida o’tab mustaqil
davlatimizni axolisini tinch mexnat va mamlakatimizning hududiy yahlitligini
himoya qilishdir.
Harbiy xizmatchining konsituttsion huquq va majburiyati O’zbekiston
Respublikasi qonunlarida aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi va to’ldiriladi.
Umumiy harbiy majburiyat va harbiy hizmat haqida harbiy hizmatchilarning
umumiy majburiyatlari harbiy unvonidan qat`iy nazar lavozimga biriktirilgan teng
me`yordagi majburiyatlar kiradi ular Qurolli Kuchlarning nizomi 1-5 moddalari va
harbiy qasamyod matnida bayon qilingan. Harbiy xizmatchilar uchun zarur bo’lgan
umum fuqaroviy majburiyatlardan davlat manfaatlarini himoya qilish. O’zbekiston
Respublikasi Konsituttsiyasiga amal qilgan holda davlat qudrati va obro’sini
mustahkamlash kabi me`yoriy hujjatlar.
O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasi asosiy qonunining 52-125-126-
moddalaridan olingan harbiy hizmatchi o’z vatanining ximoyasi uchun shahsiy
ma`suliyatiga javobgardir. U o’z kuchi va hayotini harbiy burchini bajarish uchun
ayamaydi. Biroq dushman ustidan g`alaba qilish uchun faqatgina jasurlik va
mardlikning o’zi etmaydi. Jangni g`alaba bilan tugatish uchun barcha jangovar
sifatlariga ega bo’lishi kerak. Buning uchun o’zida shahsiy intizomiylik, ziyraklik
sifatlarni shakllantirishi kerak. Komandirga so’zsiz bo’ysunishni o’z harbiy
bilimlarini takomillashtirish harbiy qurol boshqa jangovar mulkni extiyot qilishi
kerak. Harbiy xizmatchilar qasamyodini va harbiy majburiyatlarini bajarishlari shart.
Bu umumiy majburiyatlarni buzganlar harbiy qonunchilikka asosan intizomiy,
moddiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Harbiy xizmatchilar boshqa fuqarolarning shahsiy huquqlaridan farqli ravishda
qonunchilikda ko’zda tutilgan harbiy hizmat shartlarini hisobga olgan holda huquq
va erkinliklarga egadirlar. Barcha harbiy hizmatchilarga umumiy bo’lgan
huquqlardan moddiy ta`minot bo’lib, harbiy hizmatchilarni turli tabiiy, mulkiy, oziq-
ovqat, uy-joy,va pul ta`minoti, shuningdek tabiiy imtiyozli ta`minot va savdo
turmush mulklarini, o’qish-ta`limiga alohida huquq va dam olish huquqi,
taqdirlanish huquqi, taklif, ariza va shikoyat qilish, davlat tomonidan ta`minlanish (
zaxiraga bo’shatilgan yoki iste`foga chiqqanda) kabi imtiyozlarga ega. Ular
O’zbekiston Respublikasi qonunlari, umumiy harbiy majburiyat haqidagi qonun,
harbiy ustav (nizom) va maxsus huquqiy hujjatlarda aniq belgilab qo’ilgan.
Umumiy huquqlar shahsiy harakterga egadir. Ulardan harbiy xizmatchilar
foydalanadilar, biroq harbiy unvonga binoan va har bir shahsning holatiga ko’ra
amalga oshiriladi. Unvoni va holatiga asosan harbiy kiyim va uni kiyish qoidalari
moddiy va pul mablag`lar (rag`batlantirish tizimi asosida ) ularni imtiyoz sifatida
berilishi mumkin, ta`lim va dam olish huquqining tartibini amalga oshirish, nafaqa
va yordam pullarning tayinlanishi va boshqalar lavozim vazifalari va qoidalariga
xarbiy hizmatni amalga oshirishda belgilangan ish hajmi va lavozim huquq va
vazifalariga kiruvchi ishlar kiradi.
19
Lavozim majburiyatlari va huquqlari umumiy yoki aniq ish yuzasidan
(masalan: brigada, batalyon). Ular harbiy ustavga binoan harbiy xizmat, raxbarlik
ko’rsatmalari mazmunida ifodalanadi.
Jumladan komandir va boshqa boshliqlar umumiy majburiyatga harbiy
nizomning (72-89 moddalariga) 3 bobda belgilab qo’ilgan lavozimli shahslar
majburiyatlarini aniq turlari, askar va matroslarning majburiyatlari aniq turlari, askar
va matroslarining majburiyatlari 3 bob (90-160-moddalar)da belgilab qo’yilgan.
Lavozim majburiyatlar va lavozim huquqlari muvofiqlashtirilgan bo’ladi.
Barcha boshliqlar intizom talablariga muvofiq qo’l ostidagilarga nisbatan huquqlarga
egalar. Ular o’z tasarruflari, huquqlariga asosan qo’l ostidagilarga turli
rag`batlantirish yoki jazo choralarini, qonuniy asos bo’lganda qo’llashlari mumkin.
Komandir va boshqa boshliqlar o’z qo’l ostidagilarga buyruq berish huquqiga
egadirlar.
Harbiy hizmatchilarning hususiy majburiyatlari va huquqlari vaqtinchalik
harakterga ega. Ba`zi biror buyruq yoki ko’rsatmalarni faqat hizmat faoliyati
vaqtidigina bajarish majburiyatdir. Ular harbiy hizmat topshiriqlari va ularni
bajarish doimiy va kundalik ishlar tarkibiga kiruvchi egallab turgan lavozim
majburiyat va huquqlaridir. Ularga bir kecha- kunduz davomida berilgan naryad,
tekshirishga tayinlangan shaxslar, yo’riqchilar yoki davlat kommissiyasi (masalan,
imtihon xay`ati), harbiy eshelon va boshqa shahslar majburiyat va huquqlari kiradi.
SHunday qilib, harbiy hizmatchilarning huquqiy holatlari, birinchidan
fuqaroviy (bunda fuqarolar O’zbekiston Respublikasining hamma uchun umumiy
bo’lgan), huquq va majburiyatlari, ikkinchidan Qurolli Kuchlar mahsus
xususiyatlaridan kelib chiqib, harbiy xizmatning aloxida o’ziga hos sharoitlaridan va
uchinchidan harbiy xizmatchilar xizmat darajasi va harbiy unvonidan kelib chiqib,
to’rtinchidan esa egallab turgan lavozimi majburiyat va huquqlardir.
Qurolli Kuchlar tarkibining to’laligi davlat tomonidan o’rnatilgan va
harbiy huquq tuzish me`yorlari bilan boshqariluvchi armiyaning to’ldirilib borish,
chegara va ichki qo’shinlarning, harbiy hizmatga aloqador shahsiy tarkib va harbiy
holatlar harbiy ta`lim oluvchilar bilan ta`minlanib borilishi tushuniladi.
Harbiy xizmatni to’ldirish usullari- bu O’zbekiston Respublikasi Qurolli
Kuchlarini to’liq shakllantirish usullari fuqarolarni amaldagi harbiy hizmat tartibi
bo’yicha o’rnatilgan qonunlarga binoan olib boriladi. Doimiy majburiy xizmatga
askarlar va o’z hohishiga ko’ra shartnoma asosida ofitser va muddatdan tashqari
harbiy xizmatlarga ayollar olinadi.
Qurolli Kuchlarni to’ldirish tartibi harbiy hizmatchilarning barcha
darajadagilarni majburiy harbiy hizmatga chaqirish bilan amalga oshiriladi. Harbiy
hizmatni O’zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan umumiy harbiy majburiyat
haqidagi hujjatlar asosida
O’zbekiston Respublikasi Quroli Kuchlari uchun harbiy vatanparvarlik
tarbiyasi, chaqiriqqacha tayorgarlik va yoshlarni umumiy savodxonligini oshirish
jismoniy rivojlanish va doimiy sog`lomlashtirish tadbirlari bilan olib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun umumiy harbiy xizmatga chaqiriq
o’rnatilgan tartib asosida erkak jinsidagilar uchun 18 yoshdan qilib belgilangan. Bu
yoshga qadar o’smirlar qoidaga muvofiq o’rta ma`lumot va jismoniy rivojlanish
bo’icha harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bo’yicha ta`lim oladilar. Qurolli
Kuchlarning shaxsiy tarkibini ahloqiy siyosiy jixatdan va jismoniy holatiga ko’ra
20
talabiga javob bergan shahslar bilan to’ldirib boriladi. CHaqiriq yoshidagi o’smirlar
tanlov asosida vaqtinchalik yoki doimiy harbiy xizmatdan ozod qilinadi yoki
muqobil xizmatga, safarbarlik zaxirasidagi xizmatga tayinlanadi.
CHaqiriq yoshdagi shaxslarni tanlovi davrida chaqiruv muddatini
vaqtincha cho’zish yoki ozod qilish ko’zda tutilgan. Muddatni cho’zish yoki ozod
qilishda ayrim xolatlar nazarda tutiladi.
Harbiy xizmat muddatini cho’zish «Umumiy harbiy majburiyat va
harbiy xizmat to’g`risida»gi (12.12.2002 y. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi.
№ 437-11 qarori 10-sessiya) qonunga asosan quyidagi holatlarda amalga
oshiriladi.
A) oilaviy sharoitga ko’ra qonunnig 17-moddasida belgilangan asosda
chaqiruv muddati 27-yoshgacha cho’ziladi.
B) ta`limni, o’qishni davom ettirish uchun – qonunning 21-moddasida
belgilangan tartibda;
V) sog`ligining xolatiga asosan- o’smirning sog`ligi vaqtinchalik
yaroqsizligi sababli, amaldagi harbiy xizmat kasalliklari bo’icha (qonunning 21-
moddasi) muddat cho’ziladi.
Bundan tashqari qonunning 22-moddasiga binoan amaldagi harbiy
hizmatga o’z e`tiqodiga ko’ra, biror diniy tashkilotdan ro’yhatga olingan o’smirlar
chaqirilmaydi.
Qonunning 5-moddasiga asosan muddatli harbiy xizmat 12 oy. Oliy
ma`lumotlilarga esa 9 oydir . amaldagi harbiy hizmat muddati mudofaa organlariga
harbiy qismlarga jo’natish uchun kelgan kundan hisoblanadi. Harbiy xizmatning
tugatilish kuni harbiy qism komandirining shahsiy tarkibning zahiralarga bo’shatish
yoki ist`efoga chiqarish bo’yicha buyrug`iga asosan amalga oshiriladi.
Armiyada serjant starshinalarning harbiy hizmati o’rnatilgan tartibga
muvofiq o’quv yurtining tugallangan kursantlarga serjant Starshinalarga o’quv
dasturini bajarganligidan so’ng shunga muvofiq harbiy unvon va o’quv davomida
o’qishda yahshi va a`lo ko’rsatkichlari uchun namunaviy intizomi uchun beriladi.
Qurolli Kuchlarda zahiraga harbiy hizmatchilarning bo’shatilishi qonunda
o’rnatilgan tartibda doimiy mudatli harbiy hizmatdan askarlar, serjant , starshinalar
45 yoshga to’lgan shaxslar bo’shatiladi. Harbiy kuchlar zaxiralari 2 toifaga bo’linadi.
Toifa- 12 oydan kam hizmat qilmagan harbiy hizmatchilar.
Toifa-9 oydan kam hizmat qilmagan harbiy hizmatchilar. Ikki toifa
zahirasiga harbiy hizmatchilar harbiy mutahassislik hisobotida o’z fuqarolik
mutahassisligiga muvofiq 1-chi toifa zahirasiga o’tkaziladi. 1-va 2 toifa zahiralari
yosh ko’rsatgichiga ko’ra 2 turga:
1-razryad 2-razryad
soldat va serjant 35 yoshgacha 45-yoshgacha
kichik ofitserlar 35yoshgacha 45 yoshgacha
katta ofitserlar 45 yoshgacha 55 yoshgacha
generallar 50 yoshgacha 60 yoshgach
Zahiradagi harbiy hizmatchilar o’quv yig`inlariga qonunning 32 -
moddasiga muvofiq qoida asosida chaqiriladi
Qurolli Kuchlarining maxsus komandirlari va harbiy mutahassisligiga ko’ra
ofitser yordamchilari bo’ladilar.
21
Qoidaga asosan harbiy tayyorgarlikdan o’tgan harbiy mutahassisni
takomillashtirilgan shahslar 5 yildan kam bo’lmagan muddatga shartnoma asosida
ofitserlik unvonini olmagan harbiy hizmatchilar bo’ladilar. YUqori lavozimiga 35
yoshgacha axloqiy tarbiyaviy , qat`iy intizomli o’rta va oily ma`lumotli shahslar
tayinlanadi. Ular Qurolli Kuchlar turlariga muvofiq harbiy tayorgarlikdan o’tgan
bo’lishlari shart .
Harbiy xizmatning davomiyligi qonunlarga muvofiq belgilanadi. SHartnoma
asosida xizmat qiluvchilar lavozimiga 40 yoshgacha bo’lgan harbiy xizmatchilar 5-
yil muddatga tayinlanadi. Tinch vaqtlarda harbiy unvoni askarlar va starshinalar, ular
o’rta maxsus o’quv yurtini, texnik maktablarini tugatgandan so’ng beriladi.
SHuningdek, oliy o’quv yurtini tugatgan, oliy ma`lumotli va o’rta
ma`lumotli harbiy mutahassislikka yaqin bo’lgan shaxslar tayinlanadi.
5 yil va undan ortiq hizmat qilgan yoki serjantlar tayyorlash maktabini
tugatgan harbiy xizmatchilar vzvod starshinasi lavozimiga tayinlanishi mumkin.
SHartnoma asosida xizmat qiluvchilarni harbiy hizmatdan bo’shatish quyidagi
asoslarda amalga oshiriladi: o’rnatilgan muddat tugagandan so’ng, yoshiga etganda,
sog`ligi tufayli, shtat qisqarishi sababli va O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini
yo’qotganda, lavozimiga noloyiq deb topilganda, harbiy xizmat unvonidan
ayrilganda, jinoyatga ko’ra sud qilinganda bo’shatiladi, ularning bo’shatilganligi
o’rnatilgan tartibda qaror qabul qilish bilan amalga oshiriladi.
3. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shartnoma asosida hizmat
qiluvchilar, ofitserlar tarkibining harbiy xizmatlari.
SHartnoma asosida xizmat qiluvchilar harbiy xizmatini haqiqatda
yakunlashi.
Harbiy qism shaxsiy tarkibdan o’chirish haqidagi buyuruq bilan amalga
oshiriladi. Ofitser unvonlariga imtixonlari asosida ta`sis etiladi. Qurolli Kuchlar
tarkibini kadrlar bilan to’ldirishda O’zbekiston Respublikasi qonunning 23-
moddasiga asosan tinchlik davrida zaxiradagi ofitserlar tarkibidan to’ldiriladi.
Ofitser tarkibi harbiy hizmati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining
umumiy harbiy majburiyatidagi va Qurolli Kuchlarning ofitser sifatida harbiy
hizmatni o’tash bo’yicha ko’rsatmalariga asosan bajariladi. Qonunnig 16-moddasida
harbiy hizmatchilarga boshlang`ich ofitser unvoni tinchlik davrida mudofaa vazirligi
tomonidan tayinlanadi. Polkovnik harbiy unvoni va generallik harbiy unvoni esa
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi, armiya generali harbiy
unvoni esa urush vaqtida O’zbekiston Respublikasi Oliy Bosh qo’mondoni
(O’zbekiston Respublikasi Prezidenti)ga va Mudofaa Vaziriga beriladi. boshqa
harbiy unvonlar uzluksiz tartibda harbiy unvonlarga muvofiq shtat lavozimiga ko’ra
hizmat muddati avalgi unvonga asosan attestattsiya o’tkazish orqali beriladi. Agar
ofitser o’z shahsiy hulq atvorida kamchiliklarga ega bo’lsa ushbu kamchiliklarni
yo’qotmaguncha keyingi unvonga tavsiya etilmaydi. Harbiy qonunchilik
shuningdek, harbiy unvonlardan mahrum qilish, uni pasaytirish yoki qayta tiklash
kabi me`yorlarga ega. Ofitser tinchlikda unvonini pasaytirish O’zbekiston
Respublikasi Vaziri va uning o’rinbosarlari tomonidan,polkovnik unvonini
pasaytirish esa O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vaziri tomonidan amalga
oshiriladi. General harbiy unvonining pasayishi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bajariladi.
22
lavozimlarga tinchlikda tayinlash O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirining
buyurig`iga asosan tayinlanadi.
Ofitserlarga turli muddatli ta`til berilishi mumkin. SHuningdek, qisqa
muddatli qasami bo’yicha harbiy o’quv yurtini tugatishi bilan berilishi mumkin.
Navbatdagi ta`tilda kasallangan ofitserlarga hujjatiga ko’ra ta`til uzaytiriladi. Sababli
vaziyatga ko’ra qisqa muddatli tatil 10 kungacha beriladi va navbatdagi ta`tildan
chegaralanmaydi; Amaldagi harbiy hizmat ofitserlarning zahiraga yoki ist`efoga
chiqarish bilan tugallanadi. YOki sog`lig`iga binoan vaqtidan oldin ist`efoga
chiqarilishi mumkin. Muddatdan ilgari zahiraga: SHtatlarning qisqarilishi, xizmat
lavozimiga attestattsiyadan o’tmaganligi sababli bo’lishi mumkin. SHuningdek,
ma`lum bir yoshga etganda harbiy komissiya tomonidan harbiy xizmatga yaroqsiz
deb tayinlanganda bo’shatiladi. Ofitserlar komandir buyrug`i, chiqqan kundan
boshlab zahirada hisoblanadilar. Zahiradagi ofitserlar O’zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlarining yordamchi kuchlari hisoblanadilar. Ular 5 yilda bir marta o’quv
yig`inlariga chaqiriladilar va yosh yoki sog`lig`iga binoan yaroqsiz bo’lganida
ist`efoga chiqadilar.
Dostları ilə paylaş: |