Ma`ruzalar matni



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix07.01.2024
ölçüsü0,54 Mb.
#207835
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1685356218 (6)

O’quv savollari: 
1. O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyatlari 
tushunchasi va uning mohiyati? 
2. Harbiy xizmatchilarning huquqiy holatlari, 
jamlanish, 
muddatli 
va 
harbiy xizmatni askarlar va serjantlar tomonidan o’tash tartibi? 
3. O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari shartnoma asosida hizmat 
qiluvchilar hamda ofitserlar tarkibining harbiy xizmatlari? 
Adabiyot va qo’llanmalar. 
1. O’zbekiston Respublikasining Konstituttsiyasi. 
2. “Mudofaa to’g`risida”, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat 
to’g`risida”gi, O’zbekiston. Respublikasining qonunlari. 
3. I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi qurolli 
Kuchlar-ining 
tashkil topganligini 3 yilligiga Bag`ishlangan tantanali yig`ilishida so’zlagan nutqi. 
4. R. I. Ahmedov. O’zbekiston Respublikasining qurolli Kuchlari-tinchlik 
va barqarorlik kafolati”.
Mavzu-4: “Harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolariga davlat 
ta`minoti va ularga beriladigan imtiyozlari” 


23 
O’quv tarbiyaviy maqsadlari: 
1.Talabalarga harbiy xizmatchilar va ularning oila a`zolariga
beriladigan imtiyozlari xaqida nazariy bilim berish. 
2. Harbiy xizmatchilarga nisbatan hurmatda bo’lishlik va vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash.
O’quv savollari: 
1.Harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga imtiyozlar, pensiyalar va 
nafaqalar haqidagi umumiy nizomlar. 
2.O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi
imtiyozlarning asosiy turlari va tuzilishi. 
3.Harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga pensiya va nafaqalar tayinlash. 
O’zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari mamlakat mustaqilligi, 
uning hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayotini va suverenitetini 
mustahkamlash yo’lidagi mehnatini himoya qilishda muhim o’rinni egallaydi, yosh 
avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiya qilishda ham uning roli benixoyat kattadir. 
SHuning uchun ham Prezidentimiz hukumatimiz va butun xalqimiz harbiylar va 
ularning oilalariga katta e`tibor va g`amho’rlik ko’rsatib, ularga moddiy turmush 
shart-sharoitlarini yaratmoqdalar.
G`amho’rlik ko’rsatishning ko’pgina shakllari ichida harbiy xizmatchilarga 
imtiyozlar, yana ularni harbiy xizmatdan ozod etgandan so’ng harbiy pensiya va 
nafaqalar shaklida davlat ta`minoti ko’rsatish muhim o’rin egallaydi. 
Imtiyoz deganda fuqarolarga harbiy xizmat yoki boshqa harbiy burchlarni 
bajarishda bir qator afzalliklarga ega bo’lish yoki ba`zi davlat burchlaridan to’liq 
yoki qisman ozod etish tushuniladi. Hozirgi paytda imtiyoz normalari ko’rsatilgan 
yuridik hujjat bu Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan harbiy 
xizmatchilar, harbiyga majburlar (zahiradagi yoki iste`fodagi) va ularning oilalari 
uchun imtiyozlar haqidagi Nizomdir. Oliy Majlis bu qarorni O’zbekiston 
Repsublikasi Qurolli Kuchlari uchun avtomatik ravishda qabul qilgan. Bundan 
tashqari imtiyozlar haqidagi normalar O’zbekiston Respublikasi “Umumiy harbiy 
majburiyat va harbiy xizmat to’g`risida”, “Mudofaa haqida” qonunlarida va boshqa 
huquqiy aktlarda qayd etilgan. 
Prezidentimiz va hukumatimizning Vatan himoyachilariga ko’rsatayotgan 
g`amho’rliklarining eng ravshan ko’rinishlaridan biri bu 3 oktyabr 1994 yilda 
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qabul qilingan “Muddatli xizmatdagi harbiy 
xizmatchilar va ularning oilalari uchun qo’shimcha imtiyozlar haqida” gi qaroridir. 
Imtiyozlar nafaqat harbiy xizmat tufayli, balki boshqa harbiy burchlarni 
bajarilishi tufayli o’rnatiladi, ular faqatgina harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga 
emas, balki boshqa fuqarolar uchun, ya`ni xizmatga chaqirilganlar va harbiyga 
majburlar harbiy hisob bo’yicha burchlarini bajarish hollari va zahirada xizmatni 
o’tayotganlar uchun ham tegishlidir. Harbiy xizmatchilarga o’rnatilgan ko’p 
imtiyozlar muqobil xizmatni o’tayotganlar va ularning oilalari uchun ham tegishlidir 
va ularning oilalari foydalanadilar. 
Harbiy xizmatchilar va ularning oilalari haqiqiy harbiy xizmatni o’tash bilan 
bog`liq bo’lgan imtiyozlardan muddatli harbiy xizmatga chaqirilgandan boshlab 


24 
xizmatdan zaxiraga bo’shatilgunga qadar foydalanishi mumkin. Ma`lumki harbiylar 
tarkibi uchun o’rnatilgan imtiyozlar huquqiy, o’sha tarkibda xizmat qilish vaqtidan 
beriladi.
Masalan, ofitser o’z imtiyozlaridan birinchi ofitserlik unvonini olgan 
kundan, ofitserlik xizmatiga qabul qilinganlar esa zahiradan kadrlarga o’tkazilgan 
kundan boshlab foydalanishi mumkin. 
Harbiy burchlarni bajarish bilan bog`liq afzalliklar hayotning ko’pgina 
sohalarida o’z aksini topadi.O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi fuqarolarga 
qarshilikda moddiy ta`minoti, yana kasallik paytida, mehnat qilish qobiliyatini 
yo’qotganda, boquvchisini yo’qotganda moddiy ta`minotni kafolatlaydi. Bu hollarda 
pensiya va nafaqalar harbiy xizmatchilar ularning oilalariga ham kafolatlanadi. 
Pensiya harbiy xizmatchilar va ularning oilalari a`zolarining moddiy 
ta`minoti, hayoti uchun muhim vositalar manbai bo’lib hisoblanadi va shu orqali 
pensiyalarni ta`sis etish shartlari va ularning o’lchovi belgilanadi. 
Harbiy xizmatdan ozod etilgan shakllar uchun davlat ta`minoti, harbiy 
burchlarni bajarish bilan bog`liq imtiyozlarning mazmuni shuki, ular shunday 
fuqarolarning hayot va faoliyatlari uchun normal sharoitlar yaratish va ularga 
moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirish manbaini yaratishdan iboratdir. SHuning 
uchun ham bundan tashqari imtiyozlar va davlat ta`minoti haqidagi huquqiy 
normalarni hayotda qo’llash usullari bu shaxsiy tarkibda o’tkaziladigan komandir va 
uning o’rinbosarlari boshqaradigan shu savollar bo’yicha tushuntirish ishlaridir; 
harbiy xizmatchilar va boshqa fuqarolarga noqonuniy munosabatda bo’lganda ularni 
himoya qilishni kafolatlash; imtiyozlar, pensiya va nafaqalar haqidagi qonunni 
bajarilishidagi prokuror nazorati va boshqa davlat organlari nazorati hisoblanadi. Bu 
va boshqa chora-tadbirlar harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga bajarilayotgan 
harbiy burchlar bilan bog`liq afzalliklardan, imtiyozlardan foydalanishlariga kafolat 
yaratadi. 
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida imtiyozlarning asosiy 
turlarining tuzilishi harbiy xizmatchilar va ularning oilalariga, boshqa fuqarolarga 
harbiy burchlarni bajarishlari tufayli o’rnatilgan imtiyozlar hayotning ijtimoiy, 
iqtisodiy va madaniy sohalarda o’z aksini topadi. Imtiyozlar qanday sohalarga 
tegishliligiga qarab quyidagi asosiy turlariga ajratiladi: 

soliq va yig`inlar bo’yicha imtiyozlar; 

uy-joy imtiyozlari; 

sog`liqni saqlash soxasidagi imtiyozlar; 

ta`lim sohasidagi imtiyozlar; 

transport bo’yicha imtiyozlar; 

mehnat va ijtimoiy sug`urta bo’yicha imtiyozlar; 

uzoq joylarda xizmat uchun imtiyozlar. 
Sog`liq va yig`inlar bo’yicha imtiyozlar bo’ydoqlarni, yolg`iz va voyaga 
etmagan fuqarolarni foyda solig`i, qishloq xo’jaligi solig`i va mahalliy soliq va 
yig`imlardan to’liq yoki qisman ozod etishdir.
Muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar va yig`inga chaqirilgan 
harbiyga majburlar shtatdagi lavozimi yoki o’quv yig`inlarida o’tkazilgan vaqti 
uchun harbiy qismlarda oladigan pul ta`minotidagi foyda solig`idan ozod qilinadi. 


25 
Muddatli harbiy xizmatni o’tab uyiga qaytayotgan harbiy xizmatchilarga
eng kam ish xaqining 16 barobari miqdorida pul mablag`i beriladi, undan tashqari 
harbiy xizmatchining xizmati davomida uning oila a`zolari er joy solig`idan ham 
ozod etiladi. 
Bo’ydoqlar, yolg`iz va kam oilali fuqarolar solig`i muddatli va muddatsiz 
xizmatdagi harbiy xizmatchilardan, olinmaydi. Bunday imtiyozlar boshqa sabablarga 
ko’ra chegarani kesib o’tayotgan ofitserlik tarkibidagi shaxslarga ham ko’rsatiladi. 
Haqiqiy harbiy xizmatdagi askarlar, serjantlar va ular oilasi a`zolari er 
solig`i va importga egalik solig`idan ozod qilinadi. Uy-joy imtiyozlari, uy-joy 
huquqini uning haqini pasaytirish, qo’shimcha uy-joy huquqi, uy-joy olishda birinchi 
navbat, shaxsiy uy-joy qurilishiga yordam berish va boshqa afzalliklardan iborat. 
Haqiqiy harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar, 2-3 yilga haqiqiy harbiy 
xizmatga chaqirilgan ofitserlar (zaxiradagi) dan so’ng uy-joyi saqlanadi va ular uy-
joy olish uchun turgan navbatidan o’chirilmaydi. 
25 yil va undan ko’p xizmat qilib zahira yoki iste`fodagi katta ofitserlar va 
generallar o’zlari va oilalari yashayotgan joy maydonlarini saqlash huquqiga 
egadirlar. 
Ularning joy maydonlari ular chegaradan tashqarida (chet el) xizmat 
qilayotganlarida ham saqlanadi. Haqiqiy harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchi o’zi 
yashayotgan uy-joy uchun to’lovni imtiyoz stavkalari bo’yicha to’laydi. 25 yil 
davomida harbiy xizmatda beqiyos xizmat qilgan ofitserlik tarkibi shaxslar 
xizmatdan ozod etilgandan keyin uy-joy to’lovlari uchun imtiyozni saqlab qoladilar. 
Polkovnik va undan yuqori unvonga ega bo’lgan harbiy xizmatchilar 
umumiy normalardan yuqori qo’shimcha uy-joy huquqiga egadirlar. 
Generallar, ofitserlar, va muddatsiz xizmatdagi harbiy xizmatchilar sog`lig`i, 
yoshi yoki shtat qisqarishi tufayli zahiraga yoki iste`foga chiqarilganda hokimiyat 
ijroiya qo’mitasi ularni birinchi navbatda uy-joy bilan ta`minlashlari lozim. Hukumat 
mahalliy organlari zahiraga yoki istefoga chiqarilgan ofitserlarga shaxsiy uy-
joylarini qurishda ularga yordam ko’rsatishi zarur.
Sog`liqni saqlash sohasidagi imtiyozlar dorilarni harid qilishda ularni tekin 
yoki arzon narxlarda olish, davolash-sanatoriya maskanlari uchun yo’llanmani tekin 
yoki chegirma narxlarda olish va boshqa afzalliklardan iborat. 
Yig`inlarda bo’lish chog`ida harbiy xizmatchilar harbiy-tibbiy muassasalar 
xizmatidan foydalanadilar, agar bu joylarda bundaylar yo’q bo’lsa ular fuqarolar 
sog`lig`ni saqlash muassasalarining tibbiy yordamidan foydalanadilar. Birinchi va 
ikkinchi hollarda ham dori-darmonlar tekin beriladi. 
Urush nogironlari va harbiy xizmat nogironlariga shifokor restepti bilan dori-
darmonlar tekin beriladi. Tibbiy ko’rsatmalar ko’rsatilganda serjantlarga, starshina 
va muddatsiz xizmatlardagi askarlarga davlat-sanatoriya maskanlariga yo’llanma 
tekin beriladi.
Ofitserlar va serjantlar sanatoriya va dam olish maskanlari uchun 
yo’llanmalar narxini 25% ni to’laydilar, Gospital davolanishidan so’ng davolanishni 
davom ettirish uchun bu maskanlarga yuborilayotganlarga yo’llanma tekinga 
beriladi. 
Ta`lim sohasidagi imtiyozlar bu o’quv yurtlariga kirishda, ularda o’qishni 
qayta tiklash kabi afzalliklaridan iboratdir. 


26 
Kamida 6 yil davomida haqiqiy harbiy xizmatlarda bo’lgan muddatli harbiy 
xizmatchilar zahiraga chiqarilgandan so’ng 2 yil amaliy ish stajiga ega bo’lmasdan 
oliy o’quv yurtlariga kiradiganlar oldida oliy o’quv yurtlariga kirishga kiritilish 
huquq afzalligidan foydalanadilar. Oliy o’quv yurtlariga kirishida eng yoqori olinishi 
kerak bo’lgan ballning 25% miqdorida ball qo’shib beriladi. 
O’quv yurtlarida o’qiyotgan davrda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan 
shaxslar zahiraga chiqarilgandan so’ng harbiy xizmatga chaqiruvgacha o’qiyotgan 
o’quv maskanida o’zlari o’qiyotgan kursga qayta qabul qilinib o’qishni davom 
ettirish huquqiga egadirlar. Sirtqi va kechki o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida 
o’qiyotgan (ruxsat berilgan hollarda) ofitserlar, serjantlar va muddatsiz xizmatdagi 
harbiy xizmatchilar uchun ham turli xil imtiyozlar ko’rsatiladi. Masalan, ularga 
imtixonlarni topshirish uchun qo’shimcha ta`tillar berilishi, ish xaftasi qisqartirilib 
xaftada 1-2 kun bo’sh kunlar berilishi mumkin.
Transport bo’yicha imtiyozlar bu O’zbekiston Respublikasi Mudofaa 
Vazirligi hisobiga o’rnatilgan qonunchilik hollarida transport xizmatlaridan 
foydalanish va yo’l haqiga chegirmalar huquqidir. 
Xizmat bo’yicha ko’chirish yoki tayinlash hollarida, mukofot sifatida 
olingan galdagi ta`til yoki oddiy ta`tildagi safar chog`larida, kasallik bo’yicha 
davolanish uchun olingan ta`tillarda va bemorlarga hamrohlik chog`laridagi 
safarlarda, harbiy tibbiyot maskanlari tomonidan sanatoriyaga davolanish uchun 
yo’naltirilganda, zahiraga chiqarilganda yoki iste`foga ozod etilgandan so’ng barcha 
harbiy xizmatchilar temir yo’l, suv, avtomobil va havo transportlaridan O’zbekiston 
Respublikasi Mudofaa Vazirligi hisobidan foydalanish huquqiga egadirlar. Xuddi 
shunday imtiyozlar quyidagi hollarda chaqiriqqacha va chaqiruv yoshidagi 
shaxslarga ko’rsatiladi: Oliy o’quv yurtlariga kirish uchun yo’naltirilganda; haqiqiy 
harbiy xizmatga chaqirilganda va unga kirishda; tibbiy ko’rikka chaqirilganda; o’quv 
va tekshiruv yig`ilishlariga chaqirilganda. 
Vatanni himoya qilish va boshqa harbiy xizmat burchlarini bajarish chog`ida 
kontuziya, shikast va yarador bo’lgan harbiy xizmatchilardan bo’lmish nogironlar 
shahar yo’lovchi transportlarining barcha turlarida (taksidan tashqari); shahardan 
tashqari marshrutdagi temir yo’l va suv, avtobus transportlarida tekin yo’l haqi 
huquqiga egadirlar. 
Mehnat va ijtimoiy sug`urta bo’yicha imtiyozlar, bu ish joyi (lavozimi) va ish 
haqini saqlab qolish, nafaqalar to’lashda ishga joylashuvni va harbiy xizmat vaqti 
hisobiga mehnat va kasaba uyushma stajlarini saqlab qolish afzalliklari; nogironlarga 
o’z burchlarini bajarishlari uchun, harbiy xizmatga chaqirilganda, o’quv va tekshiruv 
yig`inlariga kelish uchun harakatlanish vositalarini berish; va shu hollarda 
chaqiriqqacha va chaqiruv yoshidagi askarlar va harbiy majburiyatchilar ishdan ozod 
etilib. Ish haqini saqlab qolish huquqidir.
O’quv va tekshiruv yig`inlariga chaqirilgan ishchilar, xizmatchilar va jamoa 
xo’jalik a`zolarining ham ish joyidagi lavozimi saqlanib qolinadi. 
Muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar, kursantlar va harbiy-o’quv yurtlari 
tinglovchilari, ya`ni kazarma holatida bo’lganlarning farzandlari uchun nafaqa 
to’lanadi. Nafaqa o’lchovi differenstial holda o’rnatiladi. 
Nafaqalar shahar (rayon) ijroiya qo’mitalar komissiyalari tomonidan 
ta`minlanib, shuning uchun nafaqa tayinlash uchun hujjatlar bilan o’sha erga 
murojaat qilish zarur. Bundan tashqari hokimiyat ijrokomlari ma`lum vaqt ichida 


27 
haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar farzandlarini bolalar bog`chasi va 
yaslilarga joylashtirish kerak. 
Ma`lum tibbiy ko’rsatmalar doirasida urush nogironlariga davlat maxsus 
transport vositalari beriladi, masalan “zaparojest” avtomobili. 
Haqiqiy harbiy xizmat, ishchi va xizmatchilarga pensiya yoki nafaqa 
tayinlashda (ularni mehnatga layoqatsiz bo’lgan paytlarida) hisobga olinadi. Harbiy 
xizmat vaqti ham uzluksiz ish sifatida hisobga olinadi, agar Qurolli Kuchlar safidan 
ozod etilgan davrdan, ishga tushgungacha bo’lgan vaqt 3 oydan oshmagan bo’lsa 
(bunda yashash joyiga etib kelgangacha vaqt hisobga olinmaydi). Qonunchilikda 
uzoq joylardagi xizmat uchun ham imtiyozlar ko’rsatilgan. Muddatsiz xizmatdagi 
harbiy xizmatchilar, ofitserlar, praporshiklar, agar olis joylarda harbiy xizmatni 
o’tayotgan bo’lsalar, ularga katta okladli ish haqi to’lanadi. Bundan tashqari ularga 
bu rayonlardagi xizmatlari uchun foizli qo’shimchalar har oyda to’lanadi.
Pensiyani o’rnatishda ham bu joylardagi xizmat vaqtiga qaraladi va yana 
shunga o’xshash bir qator afzalliklar mavjud, harbiy xizmatchilar va ular oilalariga 
pensiya va nafaqalar. 
O’zbekiston Respublikasi Konsituttsiyasiga ko’ra, fuqarolarga qarilik, kasal, 
mehnatga layoqatsizligi. Boquvchisini yo’qotish chog`larida moddiy yordam 
ko’rsatiladi, shu kabi harbiy xizmatchilar ham boshqa fuqarolar kabi pensiya va 
nafaqa ko’rinishida davlat ta`minotidan foydalanish huquqiga egadirlar. 
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safidan ozod etilgan fuqarolar va 
ular oilalariga pensiya va nafaqalar ko’rinishidagi davlat ta`minoti O’zbekiston 
Respublikasi Mudofaa Vazirligi va joylarda ijtimoiy ta`minot organlari 
chiqarayotgan pul vositalari orqali amalga oshiriladi. 
Ofitserlarga, va muddatsiz harbiy xizmatda xizmat qilgan harbiy 
xizmatchilarga pensiya tayinlashda ular xizmat qilgan yili hisobga olinadi: 20 yildan 
25 yilgacha xizmat va 20 yildan kam bo’lgan xizmat. 
Pensiya tayinlashda asosiy shart bu harbiy hizmatchi haqiqiy harbiy 
xizmatdan chiqarilish kunigacha xizmati 25 yil bo’lish zaruriyatidir. Pensiya 
o’lchovi xizmat 25 yildan oshganligiga, xizmatdan ozod etilish payti va yoshga, 
sog`liq holati va ba`zi hollarda ozod etilishi sabablariga bog`liqdir. 
20 yildan 25 yilgacha xizmat uchun pensiya tayinlash uchun ko’rsatilgan 
xizmatdan tashqari, boshqa shartlar zarur. Bu pensiya faqat haqiqiy harbiy xizmatdan 
yoshi, kasalligi, shtatlarni qisqartirish yoki sog`lig`i to’g`ri kelmasligi sababli va 40 
yoshga etganligi sababli ozod etilgan harbiy xizmatchilarga beriladi. 20 yilgacha 
bo’lgan xizmat uchun pensiya yoshi, kasalligi, shtatlarni qisqartirish yoki 
cheklangan, sog`lig`i tufayli, harbiy xizmatdan ozod etilgan harbiylarga beriladi. 
SHu bilan birga bu harbiylar ozod etilish paytigacha 50 yoshga to’lgan bo’lishi va 25 
yillik ish stajiga ega bo’lib, bundan kamida 12,5 yili harbiy xizmatda bo’lgan 
bo’lishi kerak. 
Nogironlik tufayli pensiya huquqiga xizmat safidan chiqarilgandan so’ng I-
II-III guruh nogironlari deb tan olingan muddatsiz xizmat harbiylari, praporshiklar, 
ofitserlar, generallar egadir. 
Nogironlik pensiyasi harbiy xizmat uzunligiga bog`liq emas. Uning o’lchovi 
nogironlik guruhi va sabablariga bog`liq, ayrim hollarda 5 yil va undan ortiq 
xizmatga ham bog`liq. Bu omillarni hisobga olib nogironlik pensiyasi pul 
okladlarining 30 dan 25% gacha bo’lgan chegaralarda o’rnatiladi.


28 
Nogironlik huquqi va sabablari tibbiy mehnat ekspert komissiyasi tomonidan 
aniqlanadi. (TMEK) komissiyaga yo’llanma mudofaa ishlari bo’yicha organlar 
tomonidan beriladi. 
Ofitserlik tarkibi, praporshiklar va muddatsiz xizmat harbiylari oila 
a`zolarining pensiya ta`minoti, harbiy xizmati va harbiy pensioner oila a`zolari 
pensiya huquqiga egadirlar, agar harbiy xizmatchi (harbiy pensioner) vafot etib, u 
oilani boquvchisi bo’lgan bo’lsa, pensiya esa faqatgina oilaning mehnatga layoqatsiz 
bo’lgan a`zosiga beriladi, agar u marhumning qaramida bo’lgan bo’lsa, qaram 
bo’lganligi esa mahalliy organlar ishtirokida mudofaa ishlari organlari tomonidan 
aniqlanadi. 
Oilaning mehnatga layoqatsiz a`zosi bular: 16 yoshga etmagan
o’qiyotganlar bo’lsa, 18 yoshga etmaganlar; bolalari, singillari, nevaralari va ukalari, 
otasi, onasi. Rafiqasi, agar erkak 60 yoshda ayol 55 yoshgan yoki ular nogiron 
bo’lsa. Marhumning qaramida bo’lganlar, bu doimiy uning yordamga muhtoj bo’lib, 
uning boqimida bo’lgan va yashash uchun vositalar manbai marxumning daromadi 
bo’lgan oila a`zolari hisoblanadi. 
Pensiya o’lchovi esa o’limi sababi, pensiya huquqiga ega bo’lgan shaxslar 
soniga bog`liq bo’lib, u marhumning pul okladining foiz o’lchovlari hisoblanadi. 
Nafaqalar Qurolli Kuchlar safidan chiqarilgan ofitserlar, praporshiklar va harbiy 
xizmatchilarga bir yo’la beriladigan yoki doimiy nafaqalar to’lanadi. Ularning 
Mudofaa Vazirligi tomonidan o’lchovidan bir yo’la olinadigan nafaqa olishlari 
mumkin. Pensiya olmaydiganlar esa doimiy nafaqa oladilar. YOshi, kasalligi, 
shtatlarni qisqartirish yoki cheklangan sog`lig`i tufayli haqiqiy harbiy xizmatdan 
ozod etilgan ofitserlik tarkibi shaxslariga agar ular pensiya huquqiga ega 
bo’lmasalar. Bir yo’la beriladigan va doimiy nafaqalar harbiy qismdan umuman 
ozod etilganda, oklad esa harbiy unvonga qarab viloyat mudofaa organlari 
tomonidan to’lanadi. Hulqiy intizomi yoki xizmatga noloyiqligi, yana jinoyati uchun 
sudlangani sababli harbiy xizmatdan ozod etilgan harbiylar nafaqa va unvonga ko’ra 
oklad olish huquqiga ega emaslar. 
Muddatli xizmatdagi harbiylar va ular oila a`zolariga pensiya ta`minoti 
“Askar va serjantlar davlat pensiyalari haqida” gi qonunga bog`liq holda nogironlik 
yoki boquvchisini yo’qotish hollarida to’lanadi. Bu harbiylarga va ular oila 
a`zolariga pensiya, harbiy xizmatda qancha vaqt bo’lganligi, chaqiriqqacha ular 
qurolli kuchlar safida xizmat qilgan yoki qilmaganliklariga bog`liq bo’lmagan holda 
o’rnatiladi. Boquvchisini yo’qotgandan so’ng olinadigan pensiya huquqiga muddatli 
harbiy xizmatdagi pensioner o’limidan so’ng uning oilasi a`zolari ega bo’ladilar. 
Nogironlik pensiyasi tayin etiladi, agar nogironlik harbiy xizmat chog`ida 
yoki harbiy xizmatdan ozod etilgandan so’ng kamida uch oy ichida bo’lgan bo’lsa, 
yoki undan keyinroq, ya`ni harbiy xizmatni o’tash chog`ida orttiririlgan kasallik, 
shikas, kontuziya, yaralanish, natijasida nogiron bo’lib qolsa, nogironlik va uning 
sabablari TMEK tomonidan aniqlanadi. 
Pensiya o’lchovi nogironlik guruhi va sababiga, chaqiriqqacha bo’lgan 
mehnat faoliyatiga, uning xarakteri va hamda harbiy unvoniga bog`liqdir. Boquvchi 
yo’qotish sababi bilan olinadigan pensiya marxum harbiyni qaramog`ida bo’lgan 
mehnatga layoqtsiz a`zolarga beriladi. Bunday pensiya boquvchisi harbiy xizmat 
chog`ida yoki undan ozod etilgandan so’ng kamida 3 oy ichida vafot etsa, yoki 
xizmat davomida orttirilgan kasallik, shikast, yaralanish, kontuziya oqibati keyinroq 


29 
vafot etgan harbiylar oilasiga beriladi. Uning o’lchovi boquvchining o’lim sababi, 
harbiy unvoni, ishi, chaqiriqqacha bo’lgan ishining xarakteri va maoshi, oila 
tarkibiga, uning yashash joyiga bog`liqdir. Alternativ xizmatdagi xizmatchilar va 
ular oilalariga pensiya ta`minoti o’sha muassasani ishchi va xizmatchilarining shart-
sharoitlari bilan bir xil amalga oshiriladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin