TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
MAVZUDA ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS
https://t.me/scienceboxofficial
http://conf.sciencebox.uz/
21
adabiyoyotida tutgan o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, muallifning darslik yaratishdagi harakatlari, uning ta`lim-
tarbiya sohasidagi qarashlari o‘zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas
bog'langanligi, adibning boy
pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda
qimmatbaho manba bo‘lib xizmat qilganini o‘rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda.
O‘zbek adabiyotshunosligida taniqli ma`rifatparvar adib Abdulla Avloniyning badiiy ijodi, asarlarining
o‘ziga xos g'oyaviy-badiiy xususiyatlari, shuningdek, uning pedagogik mavzudagi asarlari haqida ba`zi ishlar
qilingan, mulohazalar bildirilgan. Masalan, adibning bolalar adabiyotiga qo‘shgan ulushi haqida
R.Barakaevning ‘‘O‘zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi” nomli monografiyasi e`lon qilingan.
Bu kitobda olim taniqli adibning bolalar adabiyotini yuksaltirish uchun chekkan zahmatlarini birma-bir
ko‘rsatib o‘tgan.
Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, mayda hunarmand-
to‘quvchi oilasida dunyoga keldi. Ota-onasi savodli kishilar bo‘lganlar. Abdulla Avloniy eski usul maktabini
tamomlagandan keyin 12 yoshida madrasaga o‘qishga kiradi. U yozda ishlab ota-onasiga yordam qilar, boshqa
vaqtlarda o‘qir edi.
Abdulla Avloniy o‘z tarjimai holida yozishicha: «1885-yildan boshlang‘ich maktabda o‘qidim. O‘qchi
mahallada Akromxon domladan xat-savodim chiqdi. 1890-yilda maktabni bitirib, mahalladagi madrasada dars
o‘qiy boshladim. Yoshim 13 ga yetgach, yo‘qsullik menga ta' sir qildi. Yoz kunlarida mardikorlik qilib, ota-
onamga biroz yordamda bo‘lib, qish kunlarida o‘qir edim. So‘ngra O‘qchi mahalladagi domlamizning kam
havsalaligidan, o‘quvda davomsizligidan O‘qchi
madrasasini tark qilib, 14 yoshimda Shayxantavurdagi
Abdulmalikboy dahasiga kelib, Mullo Umar Oxunddan dars o‘qiy boshladim. Bu chog‘larda ham qish
kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikor ishlamoqqa majbur edim».
O‘ta iqtidorli bo‘lgan Abdulla Avloniy 15 yoshida she'rlar yoza boshladi. U 1894-yildan boshlab she'rlar
yozishga kirishgan bo‘lsa-da, biroq yoshlik davrida yozgan she'rlari bizgacha saqlanmagan.
Dastlabki
she'rlarida va «Hijron» degan maqolasida xalqni yangi usul maktablarida o‘qib-o‘rganishga targ‘ib qildi.
Avbdulla Avloniy 1907-yilda «Shuhrat», «Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara boshladi, lekin chor
amaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib qo‘yadi. Abdulla Avloniy keyinroq «Sadoyi Turkiston» (1914-
1915), «Turon» (1917), «Ishtirokiyun» (1918) gazetalarida, «Kasabachilik harakati» (1921)
jurnalida
muharrir bo‘lib ishlaydi. Shundan so‘ng, u o‘zbek matbuotning zabardast vakili, o‘zbek matbuotning
asoschilaridan biri sifatida taniladi. Abdulla Avloniy o‘zbek xalqning san'ati va adabiyoti hamda milliy
madaniyatini, xalq ta'limi ishlarini yo‘lga qo‘yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste'dodli
pedagogdir.
Abdulla Avloniy o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib, o‘zbek xalq teatrini professional teatrga
aylantirish uchun 1913-yilda «Turon» nomi bilan teatr truppasini tashkil qiladi.
Biroq bu truppaning
professonal teatrga aylanishi uchun katta to‘siqlar bor edi. Chor hukumatining mustamlakachilik siyosati
xalqning ijtimoiy ongining uyg‘onishiga yordam ko‘rsatuvchi teatrlarning barcha shakllariga qarshi edi.
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
MAVZUDA ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS
https://t.me/scienceboxofficial
http://conf.sciencebox.uz/
22
Teatrga ana shunday salbiy munosabatda bo‘lgan bir paytda Avloniyning teatr truppasini tashkil qilish va
ijtimoiy mazmundagi pyesalarni sahnalashtirishi uning xalq ma'rifati yo‘lidagi zo‘r jasorati edi.
Abdulla Avloniy 1907-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi
usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o‘quv asbob-jihozlarini o‘zgartirdi, o‘z qo‘li bilan parta va doskalar
yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag‘al kishilarning bolalari bo‘lganligi uchun
ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta'minlash maqsadida, do‘stlarining ko‘magida «Jamiyati
xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o‘zi raislik qiladi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab
kutubxonasi» nomli kitob do‘konini ochdi. Avloniyning maktabi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga
ko‘ra mashg‘ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o‘z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq
qiladi. U o‘z maktabida bolalarga geografiya, tarix,
adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan
muayyan ma'lumotlar beradi.
Abdulla Avloniy 1917-yil to‘ntarishidan keyin, 1918-yildan boshlab respublikamizda o‘qituvchilar
uyushmasi, qrovullar, tunukachilar, ko‘nchilar, hunarmandlar va bosmaxona
xodimlarining kasaba
uyushmalarini tashkil qilib, ularga rahbarlik qiladi. Sobiq eski shahar ishchi dehqon Sovet Ijroiya Komitetiga
rais qilib saylanadi. Avloniy Turkiston respublikasi milliy Komissariyatining mas'ul xodimi sifatida milliy
urf-odatlar va yangicha madaniy normalar hamda qonunlarga doir masalalar bilan shug‘ullanadi.
Abdulla Avloniy 1920-yildan boshlab Toshkentda tashkil qilingan o‘lka bilim yurtida, so‘ngra xotin-
qizlar bilim yurtida mudirlik qildi. U xalq maorif institudida, turkfront harbiy maktabida (harbiy bilim yurti)
o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1924-1929 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetida (SAGU) va boshqa oliy o‘quv
yurtlarida o‘qituvchilik qilish bilan birga ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi.Abdulla Avloniy yangi adabiyot
dasturi asosida 1933-yilda o‘zbek maktablarining VII sinflari uchun «Adabiyot xrestomatiyasi» tuzdi.
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobini,
shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobini xrestomatiya deb atasak joiz bo‘lar, desak xato bo‘lmas. Kitob
maktabni olqishlovchi she'r bilan boshlanadi:
Maktab sizi inson qilur,
Maktab hayot ehson qilur,
Maktab g‘ami vayron qilur,
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Maktabdadur ilmu kamol,
Maktabdadur husnu jamol,
Maktabdadur milliy xayol,
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Bu she'rda Avloniy maktabni insonning najot yo‘li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar
qiluvchi kuch, deb maqtaydi.
TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR
MAVZUDA ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS
https://t.me/scienceboxofficial
http://conf.sciencebox.uz/
23
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr
boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. «Turkiy guliston
yoxud axloq» asari axloqiy va ta'limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni «yaxshilikka
chaqiruvchi,
yomonlardan qaytaruvchi» bir ilm-axloq haqida fikr yuritiladi.
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib «Agar bir kishi yoshligida
nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan
turub yulduzlarga qo‘l uzatmak
kabidur», - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy
sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: