158
yil 12-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob
mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob
mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot
qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Shu-yildan 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan kitobsevarlar
o‘rtasida “Yosh kitobxon” respublika ko‘rik tanlovi tashkil etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil
3-avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan bo‘lgan uchrashuvida bir qator
madaniy muassasalarga homiy tashkilotlar belgilab berildi. Shu
yo‘nalishda Xalq banki bilan Yozuvchilar uyushmasining “Do‘stlar
klubi” tashkil etildi. “Do‘stlar klubi”ning tashkil etilishi yozuvchi va
shoirlarning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va nufuzini oshirish, ularning
ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish, moddiy va ma’naviy
rag‘batlantirish, munosib ish va turmush sharoiti yaratib berish
uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Musiqa, kino, teatr san’atlarining rivojlanishi ham ko‘p jihatdan
adiblarga bog‘liq. Adiblar bu ijod turlarining asosi – qo‘shiq, she’r,
pyesa,
ssenariy, librettolarni yaratadi. Ushbu adabiy janrlar yaxshi
rivojlanmasa, san’at turlari negizan bo‘sh bo‘lib qolaveradi. Hozir
aynan tele va kino, teatr san’atiga milliy g‘oyalar bilan sug‘orilgan
yaxshi asarlar yetishmayapti.
Xalq odatlari milliy g‘oya va istiqlol mafkurasini, ayniqsa, yosh
avlod ongi va qalbiga singdirishda muhim vosita hisoblanadi. Asrlar
osha shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros bo‘lib o‘tib
kelgan, biroq sho‘rolar davrida ta’qibga uchragan xalq an’analari
ajdodla rimizning eng yaxshi fazilatlari, fikrlari, tajribalari,
yutuq-
lari, qadriyatlarini bizga yetkazib, jamiyatimizni axloqiy sog‘lom-
lashtiruvchi, insonparvarlikni barqarorlashtiruvchi, ayniqsa, yosh
avlodning g‘oyaviy-ma’naviy kamol topishida muhim omil sifatida
xizmat qiladi. Xalq an’analari odamlar orasida odob-axloq, imon-
e’tiqod, insof, insonparvarlik, mehr-muruvvat, saxovat, adolat,
halollik, birodarlik, vatanparvarlik, mehmondo‘stlik
kabi xislatlarni
ravnaq topishida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, millat, jamiyatni
birlashtiruvchi an’analardan foydalanishimiz zarur. Jumladan,
Navro‘z, Gul sayili, Mehrjon, Hosil bayramlarida xafagarchilikni
unutish, arazlashganlarni yarashtirish, tanishish, qarindosh tutinish,
do‘stlashish, mehmondorchilik fuqarolarni ezgu maqsadlar sari
147
4. Mirziyoyev Sh. M.
Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston
davlatini birga quramiz. – T.: O‘zbekiston, 2017. – 59 b.
5. Abdullayev X.U. San’at tarixi. – T.: San’at. 2001-yil.
6. Azizxo‘jayev A. Davlatchilik va madaniyat. – T.: Sharq,
1997-y.
7. Azamat Ziyo O‘zbek davlatchiligi tarixiy: (Eng qadimiy
davrdan Rossiya bosqiniga qarshi). – T.: 2000-yil.
8. Zoxidov P. Memor olami. – T.: Qomus, 1996-y.
9. Sagdullayev va boshqalar. O‘zbekiston tarixiy: davlat va
jamiyat taraqqiyoti. – T.: 2000-yil.
10. Oydinov N. O‘zbekiston tasviriy san’ati tarixidan lavhalar.
– T.: O‘qituvchi, 1997-yil.
11. Musayev N.U. O‘rta Osiyoda dehqonchilik madaniyati
va agrar munosabatlari tarixidan (Tosh davri so‘nggi – XX asr
boshlariga qadar). – T.: Fan, 2005-yil.
12. Eshov B.J. O‘zbekiston davlatchiligi tarixiy. (o‘quv
qo‘llanma). – T.: Ma’rifat, 2009-y.
13. O‘zbekistondagi yangi tarixiy. 1, 2, 3-kitoblar. – T.: “Sharq”,
2000-y.
14. O‘zbekiston davlatchiligi tarixiy ocherklari. Mas’ul
muharrirlari D.A.Alimova., E.V.Rtvelodze. – T.: 2001 yil.
15. O‘zbekiston tarixi (1917-1991-yillar). Ikkinchi kitob.
– T.: O‘zbekiston. 2019. – 576 b.