qopchalar va osm a yukchalardan foydalaniladi. Tajriba ishlarini qayta ishlash va tahlil qilish jarayonida, kuchlar ta’sirini qo'shish qoidasidan foydalanib, kuchlar ta’sirini xohlagancha o'zgartirsa b oiad i. Bunga erishish uchun modelga birlik kuch turli holatlarda qo'yiladi: birlik kuch modelga diametri 6 -8 m m bo'lgan po'lat simdan yasalgan dasta (skoba) yordamida o'matiladi. Dastaning bir uchi m odelga ilinadi, ikkinchi uchiga yuk osiladi. Dasta boshqa joyga ko'chirilganda, har safar asboblar orqali qayd etib boriladi. Ko'chishlarni elektromexanik o'zgartirgichlar orqali o'lchash tavsiya etiladi. Kichik m asshtabli m odellarda dinam ik sinovlar o'tkazishda quyidagi ikki holat e ’tiborga olinishi zarur: birinchidan, m odelga o'm atilgan asboblar m assasining ta ’siri; ikkinchidan, m odel tebranishlarining chastotasi uning geom etrik masshtabi kvadratiga teskari proporsional ekanligi. Shunga ko'ra, kichik m asshtabli m odel tebranishlari shakllarini aniqlashda, vibrom etrlar o'rniga ixcham va yengil akselerom etrlardan foydalanish tavsiya etiladi. Akselerogram m alarni ikki marta integrallab, ko'chishlar aniqlanadi va tebranish shakllari chiziladi. 10.3. 0 ‘xshashlik bo‘yicha modellashtirish M odel va m odellashtirilayotgan obyektning fizik tabiati bir xil bo'lsa, fizikaviy m odellashtirish uslubidan foydalaniladi. Biror hodisa, jarayon yoki sistem a holatini fizik tabiati tam om ila boshqacha bo'lgan boshqa sistem a bilan alm ashtirilsa b o'lad i, buning uchun keyingi sistem a yoki jarayonning m atem atik ifodasi m odellashtirilayotgan obyektniki bilan bir xil bo'lishi shart. Bir hodisaning o'rniga, laboratoriya sharoitida o'rganish qulayroq bo'lgan boshqa hodisa bilan almashtirish uslubi, hozirgi paytda keng tarqalgan.