11.4-rasm. Grunt kuchlanishlarini
o'lchashda elastik va bikir
uzatkichlarda yo'l qo'yilgan
xatoliklar grafigi.
bilan
mos tushsa, xatolik miqdori 10
— 15% dan ortmaydi.
Gruntdagi
kuchlanishlarni
o'lchaydigan elastik uzatkich kam
siqiluvchan, yupqa va yetarli yuzaga
ega bo'ladi.
Elastik uzatkich yupqa
rezina diskdan iborat bo'lib, ichidagi
tutash kovaklar kam siqiluvchan
suyuqlik bilan to'ldiriladi.
Elastik uzatkichning konstruksiyasi
(11.3-rasm) to'g'ri
burchakli yupqa
naycha ko'rinishiga ega bo'lib, kontur
bo'ylab biriktirilgan qo'shaloq spiral
yoki ikki diskdan va sirti ko'plab nuqtalardan (1) tashkil topadi. Suyuqlik
hajmi uzatkich hajmining 6 — 10% ni, ko'ndalang
kesim yuzasi uzatkich
yuzasining 75 — 80% ni tashkil etadi. Ichki bo'shlig'i simli bosim o'lchagich
2 bilan biriktirilgan. Gruntda vujudga keladigan kuchlanish uzatkichning
ishchi suyuqligida bosim paydo qiladi va bu bosim simli o'zgartirgich (4)
yordamida o'lchanadi. Simning tebranishi elektromagnit (3) orqali uyg'otiladi.
Nazariy va tajribaviy tadqiqotlar, agar disk qalinligi yupqa bo'lsa,
normal
kuchlanishlarni o'lchashdagi xatolik ±15% dan ortmasligini ko'rsatadi.
11.4-rasmda egri chiziq (1) orqali uzatkichdagi kuchlanishlar erg ni
o'lchashda yo'l qo'yilgan xatolar bosh kuchlanish cr g va
z
lar nisbatiga
bog'liq holda ko'rsatilgan.
2-egri chiziq orqali shu kabi
bog'lanish bikir uzatkich uchun
berilgan.
Elastik uzatkich uchun
maksimal xatolik 15% ni tashkil
etadi.
Gruntlardagi kuchlanishlar
bo'yicha ishonarli ma’lumotlarga
ega bo'lish
uchun kuchlanish
uzatkichlari maxsus asboblar
yordamida metrologik sinovdan
o'tkaziladi.
Kuchlanish uzatkichlarining
haroratga bo'lgan
sezgirligi
termometrlar bilan jihozlangan
termostatlar yordamida aniqlanadi.
V
V
V,
N
Dostları ilə paylaş: