8
qiladigan maxsus sistema qo'llaniladi. Kovak bosimini oMchashda sistemadan
suyuqlik oqib chiqishiga hamda haroratning ta’sir etishiga (ayniqsa qishda)
yo'l qo'ymaslik kerak. Bundan tashqari, filtrlartoza, filtratsiya koeffitsientlari
to'g'ri tanlangan hamda pezometrlarning ishchi suyuqliklariga begona
unsurlar aralashmagan bo'lishi lozim.
Laboratoriya va naturaviy distantsion o'lchov
ishlarida keyingi paytlarda
elektrik pezometrlar keng qo'llana boshladi (11.9-rasm). Mazkur asbobning
ishlash prinsipi ishchi bo'shliqdagi suvning diafragma (3)
ga beradigan
bosimiga asoslanadi. Diafragmaning ko'chishlari bosimga proporsional
ravishda induktiv yoki simli o'zgartirgich (4 va 5)
yordamida elektr
signallariga aylantiriladi ( 1 — korpus, 2 — filtr, 6 — izolatsiya, 7 —
sim). Bu asboblar kam inersiyali bo'lib, dinamik o'lchovlar
olib borish
imkonini beradi.
11.3. Gidrotexnika inshootlari va gruntlarda filtratsiyalar
Filtratsiya oqimlarini tadqiq etishda radioaktiv
indikatorlar usuli eng
samarali usul sanaladi. Mazkur usul bo'yicha radioaktiv indikator harakati
yo'nalishida filtratsiya oqimi harakatining asosiy qonuniyatlari aniqlanadi.
(Radioaktiv indikator — bu radioaktiv eritma bo’lib, harakatdagi oqimga
qo'shiladi). Filtratsiya oqimi tarkibidagi radioaktiv
indikator va uning
konsentratsiyasi radioaktiv nurlanish belgilari bo'yicha radioizotop o'lchagich
asboblar yordamida aniqlanadi. Radioaktiv indikatorlar tuz yoki rang
indikatorlariga nisbatan talay afzalliklarga ega: konsentratsiya massasi juda
kichik bo'lishiga qaramay, filtratsiya oqimi tarkibida tez ilg'ab olinadi;
radioaktiv nurlanish tufayli bevosita oqimning o'zida konsentratsiyani ilg'ash
va o'lchash yengil kechadi va h.k.
Radioaktiv usulning afzalligi bir jinsli bo'lmagan
qatlamlarda katta tezlik
bilan harakat qiladigan rangdor, kuchli ma’dalangan oqimlar harakatini o'rganishda
yaqqol ko'zga tashlanadi. Bu usul yordamida filtratsiya oqimi yo'nalishini, filtratsiya
yo'li va tezligini, grunt kovaklaridagi suv harakatining o'rtacha tezligini, suv sarfi
170