1 1 .1 0-rasm . S k vajinalarn ing joylashish sxemasi. va filtratsiya koeffitsientini aniqlash
mumkin. Filtratsiya oqimining
parametrlari gjdrotexnika inshootining
qirg‘oq qismida, zaminida yoki
tanasida aniqlanishi
mumkin;
indikatorlar yordamida drenaj va suv
pasaytirish sistemalari ish rejimiga baho
bersa bo'ladi; inshootning temirbeton
elementlarida, filtratsiyaga qarshi sun’iy
to'siqlar, ekranlarvashpunt devoriarida
yig'ma filtratsiya bor-yo'qligi haqida
ma’lumot olish imkoniyati mavjud.
Tadqiqotlami yoli/ skvajina yoki
skvajinalar to'plami ustida olib borsa
bo'ladi (11.10-rasm).
Asosiy skvajina (1) ga maxsus
uskuna yordamida indikator tushiriladi, indikator ampulasi portlatilganda
indikator skvajinaning ishchi bo'shlig'ida bir zumda tarqaladi. Keyin asosiy
yoki kuzatuv skvajinalari (2) ga dedektor tushiriladi va uning yordamida
skvajinaning balandligi bo'yicha turli nuqtalarda radioaktiv modda
konsentratsiyasining o'zgarishi o'lchanadi, bu inshoot yoki zaminning turli
qismlarida filtratsiya tezligini hamda indikatorning tarqalish zonasi (3) ni
aniqlash imkonini beradi.
Radioaktiv indikatorning konsentratsiyasi va uning o'zgarishi skvajinadagi
radioaktiv nurlanishning intensivligi bo'yicha aniqlanadi (11.11-rasm).
Oqimning yo'nalishini aniqlash
uchun kuzatuv skvajinalarida
indikator konsentratsiyasining
o'zgarishi kuzatib boriladi.
Grunt kovaklaridagi suv
harakati
tezligi
kuzatuv
skvajinalarida aniqlanadi. Oqim
harakatining haqiqiy tezligi u
quyidagi
formuladan
aniqlanadi:
u = £ / t p, (11.1)
bu yerda:
с ~ oqizilgan
nuqtadan payqalgan nuqtagacha
bo'lgan masofa;
1 1 .1 1-ra s m . Kuzatuv skvajinasida