aniq sabablari va tasnifi hozirga qadar klassifikatsiya qilinmagan. Shunday bo'lsa ham, konstruksiyalami buzilishga olib keluvchi ba’zi bir obyektiv holatlami keltirish mumkin: tekshirilayotgan obyektning haqiqiy ishlash sharoitini yaxshi bilmaslik; loyihalash jarayonida yo'l qo'yilgan xatolar va konstruksiyaga qo'yiladigan yuklar miqdorini noto'g'ri hisoblash; obyekt detallarini tayyorlash va montaj qilishdagi nuqsonlar; obyektdan noto'g'ri foydalanish kabi holatlar ana shular jumlasidandir. Dovul shamollari, tsunami to'lqinlari, zilzila, ko'chki, kuchli sel oqimlari va portlash kabi tabiiy ofatlar ta’sirida yuz beradigan buzilishlar bundan mustasno. Buzilishlarga oid ba’zi xarakterli misollami keltiramiz. 1875-yilda Kevda daryosi ko'prigi qulab tushgan. Ko'prik, yuk pastki poyasdan harakatlanadigan, metall fermadan tashkil topgan edi. Fermaning uzunligi 33,5 m bo'lib, yuqori poyasida gorizontal bog'lagichlar bo'lmagan. Tekshiruv ishlarini olib borgan F.S. Yasinskiyning ko'rsatmasiga ko'ra, ko'prikning buzilishiga yuqori poyas ustuvorligining yo'qolishi sabab bo'lgan. 1904-yilda AQSHning Nyu-York shahrida qurib bitkazilmagan 10 qavatli metall karkasli bino qulab tushgan. Buning sababi ham ustuvorlikning yo'qolishi bo'lgan. 1913-yilda Kanadada Transkon elevatorida ibratomuz avariya holati vujudga keldi. Yaxlit temirbeton plitaga o'matilgan temirbeton inshoot bir tomonga og'ib ketgan edi. Buning sababi zamin tuzilishining puxta o'rganilmaganligi bo'lgan. O'z vaqtida qo'llanilgan chora-tadbirlar vositasida inshoot loyiha holatigi qaytarilgan va avariyaning oldi olingan. 1940-yilda AQSHdagi Merrouz daryosi uzra qurilgan osma ko'prikning halokati ibratli ahamiyatga ega. Ko'prikning umumiy uzunligi 1662 m, asosiy