bo'lgan, oldindan belgilab qo'yilgan yukning miqdori tushuniladi. Sinovlardan keyin ekspluatatsiya qilinmaydigan tajribaviy obyektlar uchun nazorat yuki belgilanmaydi, biroq yuk ortiladigan moslamalami va o'lchash asboblarini to'g'ri tanlash maqsadida buzuvchi yukning qiymati oldindan aniqlab olinadi. Yuk ta ’sirlari ikki xil bo'ladi: statik va dinamik ta’sir. Har qanday yuklash jarayoni vaqt davomida kechadi, shuning uchun ham so f statik ta’sir bo'lm aydi. Tem irbeton konstruksiyalam i qoliplarda tayyorlashda betonning og'irligi qolipning tubiga tushadi. Buyumni qolipdan olishda elem entga tushadigan xususiy og'irlik ham m a’lum vaqt mobaynida kechadi. Yukni vaqt mobaynida berilish xarakterini baholash uchun, uni maksimal qiymatga erishishiga ketgan vaqti г 3.1-rasm. Chiziqli ortuvchi yuk. bilan xususiy tebranish davri T taqqoslanadi. Agar г / T > 10 shart qanoatlantirilsa, inersiya kuchini juda kam deb hisoblasa bo'ladi (3.1- rasm, a). Bu holda dinamiklik koeffitsienti KD = U D / U s ( U s — konstruksiya asta-sekin yuklangandagi solqilik, U D — yuklanish tezligi hisobga olingandagi solqilik) hatto so'nish hisobga olinmaganda ham 1,03 dan oshm aydi, bu hoi dinamiklik koeffitsienti grafigida yaqqol ko'rinib turibdi (3.1-rasm , b). 30
Konstruksiyalar, binolar va inshootlarning xususiy tebranish davrlari juda keng diapazonda — bir necha mikrosekundlardan tortib (metall balkalar, plitalar) bir necha o ‘n sekundlarga qadar (baland inshootlarda) o'zgarishi mumkin. Statik yuklar konstruksiyada joylashishiga qarab bir necha tuiga bo'linadi: to'plangan (yig'iq) kuchlar, chiziq bo'ylab va yuza bo'ylab yoyilgan yuklarga