va asrab avaylash masalasidir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent 27
va respublikamizning boshqa ko'plab shaharlarida me’moriy obidalar o'zining serviqor va ulug'vorligi bilan, go'zal va naqshinkor jozibasi bilan millionlab kishilar diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda. Ajdodlarimiz yaratgan ushbu san’at durdonalariga gard yuqtirmay kelajak avlodga yetkazib berish hozirgi avlodning muqaddas burchidir. Arxitektura yodgorliklari ustida ko'p yillardan buyon ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi. Ammo, tadqiqotlaming aksariyati yodgorliklarning tarixi, arxeologiyasi, m e’moriy uslublari va san’atshunoslikka oid tomonlariga qaratilgan. Afsuski inshootlaming yuk ko'taruvchi konstruksiyalari ishi juda kam o'iganilgan, vaholanki ularning ustuvorligi va umrboqiyligi aynan ana shu konstaiksiyalaiga bog'liq. Turli sabablarga ko'ra (zilzila, texnogen ta’sirlar, yer osti suvlari sathining ko'tarilishi, ekspluatatsiya jarayonida yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar va boshqalar) arxitektura yodgorliklarining umumiy a) b) 2.4-rasm. Shahrisabzdagi tadqiqot ishlari olib borilgan arxitektura yodgorliklari: a — O qsaroy arki; b — D o m s-S a o d a t M ajm uasi (G u m b a zi S a id o n , S h a yx S h am siddin K u lo l m aqbaralari va K o 'k -G u m b a z jo m e m asjidi). holati yil sayin yomonlashib bormoqda. Masalan, 1995-yilda Buxoro shahridagi C hor-M inor majmuasidagi bitta minoraning buzilishi, Samarqanddagi Tillakori madrasasi va boshqa yodgorliklar ustida naturaviy tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqotlar jarayonida o'ta sezgir o'lchov asboblari