beri olib borilayotgan nazorat-kuzatuv ishlari bunga yaqqol misol bo'la oladi. Bunda zamin gruntlarining deformatsiya holati, minora betonining ishlashi, tortilgan troslaming tarangligi, konstruksiya tebranishining parametrlari kuzatib boriladi. O'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab qurilish amaliyotiga sanoat binolari tomini yopishga mo'ljallangan fazoviy panjarasimon strukturali tomyopmalar kirib kela boshladi. MDH davlatlarining 7 ballik zonalarida bunday tomyopmalaming «Modul» va «Kislovodsk» rusumli turlari keng yoyildi. Fazoviy tomyopmalaming bu turi iqtisodiy samaradorligi jihatidan boshqa konstruksiyalarga nisbatan yuksakroq bo'lganligi uchun ulami 8 va 9 balli zonalarda ham qo'llash muammosi paydo bo'ldi. Bu muammoni uzil-kesil hal qilishning yagona yo'li naturaviy sinash yo'li edi. Mazkur muammoni hal qilish vazifasi O'z FA M1SMI xodimlari zimmasiga yuklatildi. Rejadagi o'lchamlari 30 x 30 m bo'lgan, to'rtta po'lat ustunga o'matilgan, steijenlari po'lat quvurlardan iborat bo'lgan «Kislovodsk» tipidagi va o'lchamlari 30 x30 m bo'lgan, steijenlari po'lat prokat burchakliklardan tashkil topgan SNIISK tipidagi ikkita strukturaviy tomyopmani kompleks sinovdan o4kazishni rejalashtirdilar va bu rejani bosqichma-bosqich amalga oshirdilar. Sinovdan oldin obyektlar statik va seysmik kuchlar ta’siriga (7, 8 va 9 ballar uchun) to'liq hisoblab chiqildi (2.1- rasm). Naturaviy sinashlardan ilgari o'tkazilgan laboratoriya sinovlarida konstruksiya elementlarining mustahkamlik ko'rsatkichlari aniqlandi, uzatkich (uzatkich)lar sozlandi va texnik shartlarga muvofiq ravishda elementlarga yopishtirib chiqildi. Dinamik sinashlar jarayonida tebranish 25