Sinov ishlarini tashkil etish uslubiyati
xavfsizlik texnikasi bilan
chambarchas bog'liq. Mehnatning xavfsiz sharoitini ta’minlash sinash
ishlarining barcha pog'onalarida ta ’minlanishi zarur boMgan talabdir:
jumladan, konstruksiyani tayyorlash va tashish jarayonida, montaj
ishlarida, konstruksiyani stend yoki pressda sinash chogMda, demontaj
ishlarida bu talablarga toMiq amal qilinishi talab etiladi.
Konstruksiyalami sinash dasturida ishlami
xavfsiz tashkil etish
bo'yicha alohida bandlar kiritilgan boMishi zarur boMgan talabdir:
jumladan, konstruksiyani tayyorlash va tashish jarayonida, montaj ishlaridi,
bu talablarga toMiq amal qilishi talab etiladi.
Konstruksiyalami sinash dasturida ishlarni xavfsiz tashkil etish
bo'yicha alohida bandlar kiritilgan bo'lishi zarur. Ishchi dasturda
konstruksiyani sinash uchun tanlangan montaj sxemasi, mashina,
mexanizm va uskunalarni xavfsizlik nuqtayi nazaridan asoslash talab
etiladi. Ehtiyot uskunalarini hisobi va chizmalari montaj va sinov
jarayonida xavfsiz zonalaming ko'rsatilishi, sinovlarda yo'l qo'yiladigan
maksimal zo'riqishlar berilishi zarur.
Ishchi dasturda xavfsizlik texnikasi bo'yicha ko'zda tutilgan barcha
chora-tadbirlardan sinov ishtirokchilari ogoh etiladi,
bu haqida sinov
daftarchasida alohida qayd qilinadi.
Sinov zonasiga begona kishilarning kirishi taqiqlanadi. 1,5m dan
ortiqroq balandlikda ish olib borish lozim bo'lsa-yu, havoda o'rnatish
va ishlash joyini to'siqlar bilan himoyalash iloji boMmasa, ishchilar
muhofaza kamarlari bilan ta ’minlanishi zarur. Tegishli himoya
uskunalarisiz bir vaqtning o'zida bir vertikal va ikki yarusli ish bajarish
ruxsat etilmaydi.
Ishchilar amaldagi me’yorlar, qoidalar va ish xarakteriga qarab koijana
(спецодежда), ish poyabzali va shaxsiy himoya vositalari bilan
ta’minlanadilar.
Yilning har choragida barcha xodimlarning xavfsizlik texnika qoidalari
bo'yicha bilimlari tekshirib turilishi lozim. Qoidalar bo'yicha
bilimi
sayoz xodimlar ishga qo'yilmasligi darkor.
Ishga yangi kelganlar ishga tushishdan awal xavfsizlik texnikasi
umumiy qoidalari bilan tanishtiriladi, ish joyining o'zida yo‘l-yo‘riqlar
tushuntiriladi. Ish sharoiti va sinovlar tarzi o'zgarganda ham instruktaj
o'tkaziladi.
Instruktaj o'tkazishda (yo‘l-yo‘riq va ko'rsatmalar berishda) quyidagi
tartibga amal qilish tavsiya etiladi.
204
Mehnat muhofazasi bo'yicha kirish instruktaji (yo’i-yo'rig'i)
quyidagilarni o'z ichiga oladi: korxonaning ichki tartib-qoidalari bilan
tanishtirish, korxona hududida harakatlanish, sinash maydonida o'zini
tutish qoidalarini tushuntirish; sinash jihozlari bilan ishlashda va ta’mir
ishlarida mehnat muhofazasi qoidalari bilan tanishtirish; yuklarni tashish
va elektor qoidalari; shaxsiy gigiyena qoidalari; xavf paydo bo'lganda
sinovchilar guruhining vazifalarini tushuntirish ana shular jumlasidandir.
Kirish yo'riqnomasini olmagan xodim
sinash sexi yoki poligonga
qo'yilmaydi.
Mehnat muhofazasi b e '- >chn ish jovida o'tkaziladigan instruktajda:
xodimlar konstruksiyani sinash uslubiyati, sinash ishlarini tashkil qilish
texnologiyasi, mehnatni a.ubofaza qilish talablari, tajriba o'tkaziladigan
sinov pressi stend uskunalari, kuch plitasi va mexanizmlai, xavfli zonalar
vo muhofaza jihozlari, ishlarni beshikast tashkil qilish usullari bilan
tanishtiriladi. Har bir xodimning xavfsizlik texnikasi bo'yicha instruktaj
olganligi maxsus jurnalda qayd etiladi.
Konstruksiyalami sinashga tayyorlashda montaj
ishlari xavfsizligiga
doir instruktaj. Bu ishlami bajarishda quyidagi qoida va tartiblaiga qat’iyan
amal qilish talab etiladi: yuk ortishi ishlarida yuk ostida turish yoki yuk
harakatlanadigan zonada yurish qat’iyan
taqiqlanadi; ko'tariladigan
yukning og'irligi kranning yuk ko'tarish imkoniyatidan ortiq bo'lmasligi
kerak; yuklarni osish ishlari amaldagi qoidalar bo'yicha bajariladi; yuklarni
sinash stendlari ustidan olib o'tish taqiqlanadi; montaj va yuk ortish
ishlari olib borilayotgan joyda ishga bevosita aloqasi bo'lm agan
shaxslarning yurishi mumkin emas; yuklarni noustivor holatda ko'tarish
ruxsat etilmaydi; yuk ko'tarilayotgan paytda uni tortish, siljitish yoki
pasaytirish taqiqlanadi; ko'tarilayotgan yoki ko'chirilayotgan yukni
odamlar massasi yoki qo'shimcha yuk bilan to'g'irlash mumkin emas;
buzuq krandan foydalanish taqiqlanadi; kran ta ’mirdan chiqgandan so'ng,
kran bo'yicha mas’ul xodimning ruxsati bilan ishga tushiriladi; yuklarni
osish-ko'tarish ishlarida albatta qo'lqop kiyish tavsiya etiladi; montajchi-
ishchilarga qo'lda 32 kg dan og'ir bo'lmagan yuklarni ko'tarish ruxsat
etiladi; balandlikda ishlaydigan ishchilar himoya kam arlaridan
foydalanishlari lozim.
Konstruksiyalami sinash jarayonida mehnat muhofazasiga doir
instruktaj. Sinashni boshlashdan ilgari press jihozlari yoki stend uskunasi
gidrosistemasining ishi; konstruksiya, uskunalar va o'lchash asboblarining
himoyalanganlig! tekshiruvdan o'tkazilishi lozim;
konstruksiyaga kelish
"05
yo‘lini bo'shatish; sinash maydonchasini belgilash va unga to'siqlar
qo‘yish; barcha sinov qatnashchilari bilan ish joyida instruktaj o'tkazish;
sinovlar jurnalida tayyorgarlik ishlari tugaganligi va sinovlami boshlash
mumkinligi haqida belgilab qo‘yish talab etiladi.
Konstruksiyalami sinash jarayonida quyidagi tartibga amal qilish
talab etiladi: konstruksiyani yuklash va o‘lchash asboblari ko'rsatkichi a rini
qayd etish faqat tajriba rahbarlarining ko‘rsatmasi bilan amalga oshiriladi;
o ‘lchov asboblari ko‘rsatkichlarini yozib olish jarayonida sinalayotgan
konstruksiya yonida uzoq turib qolish tavsiya etilmaydi; sinash ishlarida
band bo'lmagan sinalalayotgan konstruksiyaga yakin yo‘latilmaydi;
konstruksiyaga qo'yilayotgan yukning qiymati hisobiy buzuvchi kuchning
0,7 qismiga yetganida, o'matilgan qlchov asboblari yigMshtirib olinadi;
konstruksiya buzilishiga yaqin sinovchi xodimlar xavfsiz zonaga o'tkaziladi;
press gidrosistemasi yoki domkratlardagi moy tushirilgandan keyingina
sinalayotgan konstruksiyaga yakin kelish mumkin bo'ladi; beton prizmalar,
kublarva armatura namunalarini sinashda to‘suvchi simto‘rlar yoki maxsus
himoyalovchi shitlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: