Me’yoriy yuk
ta’sirida
yoriqlaming kengayishi, mm.
cho'kishini inobatga olish zarur. Tayanchlaming cho'kish miqdori solqiliklar
miqdoridan chegirib tashlanishi lozim.
Tenzometr, indikator yoki qarshilik datchigi D (tenzorezistor)dan
olingan qiymatlar yuklanish va deformatsiyalanish orasidagi bogManishni
ifodalaydigan egri chiziq ko'rinishida tasvirlanadi (12.22-rasm).
Yoriqlaming hosil bo'lish xarakteri va kengaya borish jarayoni (12.23)
va (12.24) rasmlarda ko'rsatilganidek sxemalashtiriladi. Yoriq hosil bo'lish
grafiklari va bularga ilova qilingan jadvallar asosida yukning qanday
qiymatida yoriqning kengligi ruxsat etilgan kenglikdan oshib ketganligini
aniqlash mumkin. Bundan tashqari yoriq kengligini keskin oshgan vaqtini
ham topsa bo'ladi, bunday holda beton bilan armatura orasidagi tishlashish
(sseplenie) buziladi, bu esa o'z navbatida konstruksiya bikirligining
kamayishiga olib keladi. Yoriqlar hosil bo'lish jarayonini o'rganishda
konstruksiyadan to'rtta nuqta (T1,T2,T3,T4) tanlab olinadi va shu
nuqtalardagi yoriqlaming kengayishi bosqichma-bosqich o'lchab boriladi
(12.7-jadval). Tajriba natijalarini grafik qayta ishlovlar sinov natijalarini
tahlil qilish jarayonida katta ahamiyatga ega.
12.4.3. Konstruksiya sifatiga chegaraviy holatlar
bo‘yicha baho berish
Konstruksiya sifatiga baho sinash jarayonida olingan tajriba natijalarini
uchta hisobiy chegaraviy holatlar bo'yicha tegishli me’yoriy talablar
bilan taqqoslash orqali beriladi. Bunda davlat standartlariga amal qilinadi.
Sinashdan oldin, sinash davomida hamda sinashdan keyin olingan
kuzatish natijalari; tekshiruv hisoblari ma’Iumotlari; sinashlar davomida
o'lchash orqali aniqlangan deformatsiyalar, ko'chishlar, solqiliklar va
zo'riqishlar konstruksiya sifatiga baho berishda asosiy material hisoblanadi.
Agar konstruksiyaga ta’sir etayotgan buzuvchi kuch yoki deformatsiya
(solqilik) lar me’yoriy qiymatlardan katta bo‘lsa, bunday konstruksiyadan
foydalanib bo‘lmaydi, u bosib qolishi mumkin.
Konstruksiyalami sinashda sinash yuki va nazorat yuki degan
tushunchalar kiritiladi. Sinash yuki deb konstruksiyaga sinovlar jarayonida
qo'yiladigan (xususiy og'irlik ham shuning ichida) yuklarga aytiladi.
Sinash yukining chegaraviy qiymati nazorat yuki deb ataladi,
konstruksiyaning sifatiga ana shu yukka qarab baho beriladi.
Konstruksiyalar bikirligini tekshirishda nazorat yuki qiymatini me’yoriy
(normativ) yukka teng deb olinadi. Yoriqlar paydo bo'lishini tekshirishda
nazorat yuki yorilish bardoshlik (трещенойкость) bo'yicha birinchi toifa
(kategoriya) dagi oldindan zo'riqtirilgan konstruksiyalar uchun hisobiy
yukka, ikkinchi toifadagi shu xil konstruksiyalar uchun esa me’yoriy
yukka teng deb qabul qilinadi. Me’yoriy yukka ortiqcha yuk (перегрузка)
koeffitsientiga ko'paytmasi buzuvchi nazorat yuki deb ataladi. Nazariy
buzuvchi kuch — bu konstruksiya nazariy (ideal) sharoitlarda ishlagandagi
kuchdir.
Sinalayotgan konstruksiyaning mustahkamligi buzuvchi kuchning eng
kichik qiymatiga qarab belgilanadi, bu kuchning qiymati esa nazariy
buzuvchi kuchning qiymati bilan ortiqcha yuk koeffitsientining
ko'paytm asiga teng b o 'lad i, am alda o rtiq ch a yuk koeffitsienti
konstruksiyaning tuzilishi va ishlash sharoitiga qarab 1.2-2.0 atrofida
qatul kilinadi.
Sinalayotgan konstruksiya mo'ljaldagi buzuvchi nazorat yukini olib
bo'lgandan keyin, konstruksiyaning mustahkamlik zaxirasi va yorilish
bardoshliligini aniqlash maqsadida konstruksiya buzilgunga qadar yuklash
davom ettiriladi. Sinovlami bu tariqa o'tkazish orqali konstruksiya ishi
to'g'risida to'laroq ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo'linadi. Kerak
bo'lsa loyihaga o'zgartirishlar kiritiladi, tejamliroq varianti yaratiladi
yoki hisobiy yuklardan kattaroq bo'lgan yuklarga moslashtiriladi.
Sinovlami konstruksiya buzilgunga qadar o'tkazish sinovlaming eng
maqbuli hisoblanadi.
Konstruksiyaning hisobiy chegaraviy holati deganda, hisoblashlar
natijasida aniqlanadigan zo'riqishlar, deformatsiyalar yoki yoriqlaming
qiymati me'yoriy qiymatlarga teng kelgan holat tushuniladi.
Konstruksiyalami mustahkamlik yoki ustuvorlikka hisoblashda tashqi
kuchlar miqdori — hisobiy yuklarga; chidamlilik, deformatsiyalanish va
yoriqlaming paydo bo'lishi va kengayishiga hisoblaganda — me’yoriy
yuklarga tenglashtiriladi. Barcha konstruksiyalar yuk ko'tarish qobiliyati
199
bo'yicha mustahkamlikka hisoblanadi. Konstruksiyada, normal
foydalanishga to'sqinlik qiladigan, katta solqilliklar vujudga keladigan
hollarda deformatsiya hisoblari amalga oshiriladi. Bunda b a ’zi
konstruksiyalarda solqilik yoriqlarni e ’tiborga olgan holda aniqlansa,
ba’zi konstruksiyalarda umuman yorilishga yo'l qo'yilmaydi. Cho'zilish
zonasida joylashgan yoriqlaming kengligi: markaziy yoki nomarkaziy
cho'ziluvchi elementlar uchun — 0,1 mm; egiluvchi, nomarkaziy
siqiluvchi yoki cho'ziluvchi elementlar uchun — 0.2mm; qolgan barcha
elementlar uchun — 0,3mm deb qabul qilinadi.
Konstruksiya sifatini birinchi chegaraviy holat — mustahkamlik
bo'yicha baholash. Konstruksiyaning mustahkamligi undan foydalanishda
eng asosiy ko'rsatkich hisoblanadi, shuning uchun uning mustahkamligiga
baho berishda quyidagi holatlardan birini yuzaga keiishiga sabab'^h>
bo'ladigan kuchning miqdori hal qiluvchi ralrn о ynaydi
a) konstruksiya oraliq (prolyot) ning 1/50 qismidan ko'proq masofaga
egilganda sterjenli armaturada oquvchanlikning yuz berishi;
b) bikirlikga tekshirishda konstruksiyaning solqinligi nazorat yoki
ta’sirida hosil bo'lgan solqinlikdan 1,5 yoki undan ko'proq marta katta
bo'lganda betonning yemirilishi tufayli armaturada oqishning yuzaga
kelishi;
d) konstruksiyaning solqinligi me’yoriy yuk ta’sirida hosil bo'lgan
solqinlikdan 1,5 baravar kam bo'lib arm aturada oquvchanlik
boshlanmasdan ilgari betonda siquvchi kuchlar ta’sirida yemirilishning
yuz berishi;
e) armaturaning uzilishi;
f) qiya kesimlar bo'yicha yemirilish;
g) armaturaning sug'urilib chiqishi.
Agar sinov jarayonida konstruksiyaning buzilishi mustahkamlik
bo'yicha nazorat yukiga teng yoki undan ortiq yuk ta ’sirida sodir bo'lsa
bunday konstruksiya shunga yaroqli deb qabul qilinadi.
Konstruksiya butkul sinab qulab tushmasada, yuqorida sanab o'tilgan
holardan birortasining sodir bo'lish belgilari paydo bo'lsa, konstruksiya
buzilgan sanaladi.
Tekshirish uchun ajratilgan konstruksiya partiyasidan birorta namuna
nazorat yukidan kichik yuk ta’sirida buzilsa, yana shuncha namuna
qo'shimcha ravishda sinaladi. Qo'shimcha namunalami sinashda buzuvchi
yukning qiymati nazorat yuki yoki qiymatidan 85 % dan kamroq bo'lsab
butun partiya yaroqsiz hisoblanadi.
2 0 0
Konstruksiya sifatini ikkinchi chegaraviy holat — birlik (ko'chishlar,
deformatsiyalar) bo'yicha baholash. Konstruksiya bikirligiga baho berish
uchun amaliy va nazariy solqinliklarning chegaraviy qiymatlari
taqqoslanadi.
Me’yoriy ko'rsatmalarda beton va temirbeton konstruksiyalar uchun
chegaraviy solqinlar qiymati oraliqqa nisbatan ulushlarda quyidagi
miqdorlarda belgilangan: kran osti to'siqlari uchun 1/200 — 1/300;
qovurg'ali ship tomlar va zinapoya elementlari uchun 1/200 — 1/400.
Taqqoslanganda tajribaviy va nazariy solqinlar, konstruksiya xususiy
og'irligini chegirib tashlangan holda m e’yoriy yuklar bo'yicha qabul
qilinadi. Nazariy solqilikning qiymati konstruksiyaning haqiqiy
o'lchamlari, materiallarning haqiqiy xossalari yuklar ta ’sirining haqiqiy
sistemalari va tayanch turlari bo'yicha hisoblanadi. Konstruksiyalarning
chegaraviy solqiliklari to'g'risida me’riy ma’lumotlar bo'lmasa buni loyiha
tashkilotlari ishchi chizmalarda berishlari shart.
Tajriba jarayonida uchun uchun konstruksiyada me’yoriy yuk ta’sirida
hosil bo'lgan solqiliklar o'lchanadi. Yuklanish davri nisbatan qisqa
bo'lganligi sababli betonning tobtashlashi (ползуйчесть) to'liq namoyon
bo'lib ulgurmaydi va solqilik o'zining chegaraviy qiymatiga erishmaydi.
Bu ham o'lchangan eng katta solqilikni 1,5 koef. ga ko'paytirish orqali
hisobga olinadi. Hisobiy solqilik chegaraviy solqilikning 85% dan
ko'prog'ini tashkil etsa, konstruksiya ishga yarkli deb topiladi. Agar
birorta namunaning solqiligi nazorat solqiligidan 10% ortiq va 15% dan
kam bo'lsa, miqdor bo'yicha yana o'shancha namuna qayta solinadi.
Agar qayta sinovdan keyin o'lchangan solqilik miqdori nazorat solqiligidan
15% dan oshmasa, konstruksiya foydalanishga yaroqli deb topiladi.
Konstruksiyalar sifatini uchinchi chegaraviy holat — yorilishbardoshlik
(трещиностойкость) bo'yicha baholash. Konstruksiyalami uchinchi
chegaraviy holat bo'yicha baholash amalda paydo bo'lgan yoriqlar va
ularning kengligini nazariy va me’yoriy qiymatlari bilan taqqoslash orqali
amalga oshiriladi.
Yorilishbardoshlik borasida konstruksiyaga qator talablar qo'yiladi.
Oddiy temirbeton konstruksiyaga quyidagi talablar qo'yiladi: yog'in —
sochindan himoyalanmagan yoki yuqori darajada nam havo ta’sirida
bo'ladigan, umrboqiylik (долгойчносгь) bo'yicha birinchi darajaga mansub
inshootlar uchun loyiha me’yorlariga ko'ra yoriqlar kengligi 0,2mm dan
oshmasligi kerak; qolgan zo'riqtirilmagan konstruksiyalar uchun yoriqlar
kengligi ishchi chizmalarda berilgan bo'lishi shart.
201
|