universalroq sanaladi. 3.9-rasmda to'sin (2) ga g'isht yoki beton ustunchalar (1) ( a — sxema ) va metall yuklar ( b — sxema ) o'rnatish sxemasi tasvirlangan. Gorizontal tekislikka (5) ega bo'lgan konstruksiyalami yuklashda suv (2) dan foydalaniladi ( 3 .10-rasm). Buning uchun yengil to'siq (1) uskunalanadi, tekis sirt ustiga brezentdan himoya matosi (3) to'shaladi, keyin suv o'tkazmaydigan materialdan parda (4) yopiladi. Ushbu usul qator afzalliklaiga ega: suvning hajmi orqali yukning aniq qiymatini topish mum kin, konstruksiya ohista yuklanadi va ohista yuksizlanadi, yuklanish va yuksizlanishda zarur bo'lgan tezlik tartibiga qat’iy rioya qilinadi. Yuk vazifasini o'tovchi suv vodoprovod tarmog'idan olinadi, yuksizlanishda suv nasoslar yoki sifon orqali chiqarib tashlanadi. Bu usulning kamchiligi shundan iboratki, undan sovuq sharoitda (manfiy haroratda) foydalanib bo'lmaydi. 0 . - v
Q 3. 9-rasm. Yoyiq kuchlarni o'rnatish sxema lari. 3.10-rasm. Konstruksiyani suv bilan yuklash sxemasi. 35
3.3. Dinamik yuklash usullari Konstruksiyalarga dinamik kuch ta’sir ettirishning quyidagi usullari mavjud: mexanik, gidravlik, pnevmatik va elektrik (elektromagnit, elektrodinamik, pezoelektrik) usullar. Vibrostend, vibrostol va vibroplatfonnalarga o ‘matilgan konstruksiyalarga mexanik usulda beriladigan tsiklik yuklar markazdan qochirma va krivoship mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Tezlikli va zarbali yuklar gravitatsion va boshqa mexanizmlar orqali beriladi.