ta’minlaydi. Shunday qilib, materiallarning konstruktsion xossalarini va hisoblash modelini obyektning real ish holatiga qay darajada mos kelishini faqat tajriba yoMi bilan aniqlash mumkin. Ammo eksperimental tadqiqotlarning ahamiyati shuning o'zi bilan chegaralanib qolmaydi. Yangi inshoot qurib bitkazilgach yoki mavjud inshoot ta’mirlanib, uning konstruksiyalari kuchaytirilgandan keyin, inshootning yuk ko‘tarish qobiliyati, ya’ni uning mustahkamligi va ustuvorligi sinovdan o'tkaziladi. Bu yo'nalishda olib boriladigan tajribaviy tadqiqotlar ham xalq xo'jaligida o'zining muhim o'rniga ega. Masalan, zilzilada shikastlangan binolami ta’mirlagandan keyin, ta’mir ishlarining sifatiga sinash yoMi bilan 5
oshirilishi mumkin. Nazorat ishlari dastlabki (kirish), oraliq va qabul qilish turlariga bo'linadi. Dastlabki nazorat jarayonida mahsulotni tayyorlash uchun ta’minotchi tomonidan yetkazilgan materiallartekshiruvdan o'tkaziladi. Loyiha hujjatlari, yarim fabrikatlar va buyumlar dastlabki nazorat obyektlari bo'lishi mumkin. Oraliq nazorat mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida amalga oshiriladi. Qabul nazorati mahsulot tayyor bo'lganda uni qabul qilib olish jarayonida bajariladi. Ushbu nazorat natijasida obyektning ishga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi haqida qaror qabul qilinadi. Nazorat to'liq yoki qisman o'tkazilishi mumkin. To'liq o'tkazilganda har bir obyekt, qisman o'tkazilganda mahsulot orasidan ayrim namunalar tanlab olinib tekshiriladi. Tekshirishning ham ikki uslubi bor: biri yemirmaydigan va ikkinchisi yemiradigan (buzadigan) uslublar. Yemiradigan uslubda mahsulot to'liq yaroqsiz holga kelguncha tekshiriladi (sinaladi). Shuning uchun ham bu uslubdan qisman nazoratlarda foydalaniladi.