fanlardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Qurilish konstruksiyalarini hisoblashning zamonaviy usullarini takomillashuvi ehtimollik va ishonchlilik nazariyalarini, matematik statistikani amaliyotga keng tatbiq etishga bog'liq bo'lib qolmoqda. Nazariy usullaming samarali rivojlanishi tajriba natijalarini to'plab, ularga matematik statistika talablariga muvofiq ravishda ishlov berilgan informatsiyalardan foydalanishga bog'liq. Shuning uchun qurilish materiallari, konstruksiyalari va inshootlaming xossasi va holatiga doir fizik miqdorlaming aniq o'lchalishiga talab katta bo'ladi. Materiallami sinash va konstruksiyaning ishlash sharoitini o'rganish loyihachi muhandis uchun materialning mustahkamligi va ta’sir etuvchi kuchlar haqida ma’lum axborot beradi. Buyumlami tayyorlash jarayonida olib boriladigan sifat nazorati ishlab chiqarish madaniyatini oshirishga ko'maklashadi. 3
Bino va inshootlardan foydalanish va ta’mirlash jarayonida ularni tekshirishga ehtiyoj tug'iladi. Bunday ishlar hozirgi paytda zamonaviy asbob- uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Qo'lingizdagi «Qurilishda metrologiya, standartlash va sifat nazorati« darsligi bino va inshootlami sinash usullari va vositalari haqida saboq beradi. Darslikda bayon etilgan material talaba tomonidan matematika, fizika, qurilish materiallari, materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi, shuningdek, metall, temirbeton, tosh-g‘isht, yog‘och va plastmassa konstruksiyalari kurslarida o‘zlashtirgan bilimlariga asoslanadi. Mazkur darslik ilk bor o‘zbek tilida yaratilgan boiib, uning birinchi va ikkinchi boblari M.Q.Nazarova qalamiga mansub, qolgan boblarini B.A.Hobilov