Dastlabki ma’lumotlarni olishda foydalaniladigan nazorat vositalari quyidagi ko'rinishlarga ega: • o'lchov nazorati — bunda albatta o'lchash vositalari qo'llaniladi; • registratsiya nazorati — bunda mahsulotda yuzaga kelayotgan sifat nishonalari soni qayd etiladi; • sezgi organlari orqali nazorat — bunda mahsulotdan olinadigan dastlabki ma’lumot insonning sezgi organlari orqali olinadi; • vizual nazorat — faqat ko'rish organlari orqali bajariladi, asbobsiz ko'zdan kechiriladi; • texnik nazorat — asosan sezgi organlari orqali amalga oshiriladi, zaruriy hollarda sodda nazorat vositalaridan foydalaniladi. Texnik nazorat odatda loyiha va ijro hujjatlari bilan atroflicha tanishishni o'z ichiga oladi. Mahsulotlar ustida olib boriladigan tekshiruv sinovlari quyidagi ko'rinishlarga ega: • dastlabki sinovlar — mahsulotning tajribaviy namunalari ustida olib borilib, ulami sinovning navbatdagi bosqichiga qo'yish yoki qo'ymasligi masalasini hal etadi; • qabul sinovlari — mahsulotning tajribaviy namunalari ustida olib borilib, bunda mahsulotni ishlab chiqarishga yoki foydalanishga tavsiya etish yoki etmaslik masalasi hal etiladi; • oldi-sotdi sinovlari — tayyor mahsulotni qabul qilib olishda o'tkaziladigan nazorat sinovlari bo'lib, odatda bu sinovlami mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonaning o'zi o'tkazadi. Bunday sinovlarda texnik hujjatlaming butligi va sifati tekshirilmay, sinalayotgan mahsulot partiyasini qabul qilish yoki rad etish masalasi hal etiladi; • davriy sinovlar — texnik hujjatlarda qayd etilgan muddat va hajmlarda davriy ravishda o'tkazib boriladi; 12