eng muhimi, metall konstruksiyalarning kuchlanish holatlarini aniqlaydi. Metall qoplama qalinligini o'lchaydigan asbob ITP — 1 (измеритель толщины покрытия) doimiy magnitning metall tortishuv kuchi bilan qoplama qalinligi orasida bogMiqlik mavjudligiga asoslanadi. Asbobning qo'zg'aluvchi qismini burash orqali uning prujinasi cho‘ziladi va metalldan ajralish holatiga keltiriladi. Asbobning ko'rsatkichlari qoplama qalinligiga moslashtirilgan. Metaldagi kuchlanishlami o'lchaydigan asbob INT — М2 elastik magnit effektiga, ya’ni magnit o'tuvchanligini metalldagi maksimal kuchlanish qiymatiga bog'liqligiga asoslanadi. Yoriqlaming mavjudligi sochilgan elektr magnit maydoni miqdoriga qarab aniqlanadi va oMchanadi. Armaturaning himoya qatlami qalinligini va o'rnashgan o'm ini o'lchaydigan IPA asbobi armatura yaqinida bo'lgan uzatkichning magnit qarshiligi o'zgarishiga asoslanadi. Datchik armatura o'qi bo'ylab o'matiladi. Asbobdagi etalon steijenni qo'zg'atish yo'li bilan indikatorda eng kichik ko'rsatkichga erishiladi. Himoya qatlami etalon sterjen bilan asbobning magnit kallagi orasidagi masofaga teng bo'ladi. Magnit usullaridan foydalanishda, ayniqsa, elektr quwati qo'llaniladigan ishlarda, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy amal qilish talab etiladi. Barcha asboblar yerga ulangan bo'lishi shart. Shuni alohida qayd etish lozimki, 24 voltli elektr manbai kishi organizmi uchun xavf tug'dirishi mumkin. Asboblar yaqinida oson alangalanuvchi moddalami saqlash man etiladi. Magnit kukuni bilan ishlaganda qo'lni asrash uchun biologik qo'lqop kiyish tavsiya etiladi. Xavfsizlik texnikasiga oid talablar maxsus yo'riqnoma (instruksiya)larda batafsil bayon etilgan.