yangi zamonaviy usullar ham amaliyotga kirib kelmoqda. Bu borada akustik
usullar, jumladan, akustik emissiya usuli istiqbolli usullardan sanaladi. Agar
konstruksiya materialida yoriq paydo bo‘lsa yoki bor yoriq kengaysa, bu
yoriq atrofidagi kuchlanishlaming dinamik kamayganligidan darak beradi.
Akustik signalning quwati yoriqning geometrik parametriga va o'sha zonadagi
kuchlanishlarga bog'liq. Akustik asboblar uzunligi mikronning ulushlari
bilan o'lchanadigan yoriqlarni o'lchash imkoniyatiga ega. Yoriqlaming
kengayishini gips mayaklari orqali aniqlashga nisbatan akustik emissiya
usulining afzalligi bor. Gips mayaklarning sinishi orqali yoriqning
kengayganligini bilish mumkin, xolos. Akustik emissiya usulida esa
yoriqlaming xavflilik darajasini ham aniqlasa bo'ladi.
Korroziya ta’sirida yemirilish konstruksiyalar uchun xavfli shikastlanishlar
sirasiga kiradi. Ko'ndalang kesim o'lchamlarining kichrayishi va betondagi
strukturaviy zaiflanishlarga ultratovush o'lchashlar va mikroskopik tahlillar
orqali baho beriladi. Atrof-muhitning salbiy ta’siri eng awal betonning sirt
qatlamida aks etadi. Shunga ko'ra bunday shikastlaming xavflilik darajasini
belgilashda beton yoki temirbeton konstruksiyaning qalinligi muhim rol
o'ynaydi. Zararlangan qatlamning qalinligi betonning yoshi, zichligi hamda
zararli muhitning ta’sir etish muddati va xarakteriga bog'liq.
Korroziya — qurilish konstruksiyalarida ko'p uchraydigan
shikastlanishlardan biridir. Metal konstruksiyalari va armaturalarda korroziya
(zanglash)ning miqdoriy parametri sifatida hisobiy kesimlar va metall
tuig'unligining kamayishi qabul qilingan.
Metalining tuig'unligi (стойкость) korroziyaning tezligi bilan aniqlanadi
(qalinlikning kamayishi, mm/yil hisobida). O'rtacha agressiv muhitda o'rtacha
tezlikda (0,1 mm/yil) 25 yil mobaynida kesimlar 5% ga zaiflashadi. Agressiv
muhitda o'sha vaqt mobaynida zaiflashish 20-25% ni tashkil etadi.
Metall va armatura po'latning korroziyalanish darajasi asbobiy o'lchashlar va
metallografik usullar yordamida aniqlanadi. Kesimning zaiflanish darajasiga
oksidlanish qatlamining qalinligiga qarab taqribiy baho beisa bo'ladi. Zaiflashuvning
aniq qiymati metall sirtidagi zanglami obdon tozalagandan keyin element
qalinligini o'lchash yo'li Bilan aniqlanadi. Korroziya chuqurchali bo'lsa, uning
chuqurligi igna uchli indikator yordamida o'lchanadi. Bunday holda chuqurchadagj
zanglar ham kimyoviy eritmalar yordamida yaxshilab tozalanadi.
Dostları ilə paylaş: