‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. S. Abdurashidov, B. A. Hobilov



Yüklə 53,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/188
tarix07.01.2024
ölçüsü53,18 Kb.
#208394
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   188
VII BOB. BINO УА INSHOOTLAR
KONSTRUKSIYALARINI SINASH
7.1. Naturaviy sinash uslubi asoslari
Inshootlarni yanada chuqurroq va har taraflama tekshirish maqsadida 
yuk ko'taruvchi konstruksiyalar ustida eksperimental tadqiqotlar olib boriladi. 
Eksperimental ishlar umumiy tekshiruvning oxirgi bosqichlarida amalga 
oshiriladi. Bundan ko'zlangan maqsad konstruksiyaning haqiqiy ishi 
to'g'risida mufassalroq ma’lumot olishdir.
Naturaviy sinovlami o'z ichiga olgan eksperimental tadqiqotlar maxsus 
laboratoriyalaiga topshiriladi. Uncha murakkab bo'lmagan sinovlami qurilish 
tashkilotlari yoki zavodlaming o'zi ham bajarishi mumkin.
Bevosita naturaviy sinovlar bilan bog'liq bo'lgan ishlar quyidagilardan 
iborat:
. texnik vazifani belgilash;
. texnik hujjatlarni tayyorlash;
. sinaladigan konstruksiya, asbob va uskunalami tayyorlash;
. sinov natijalarini qayta ishlash.
Texnik hujjatlaiga — sinash ishlari dasturi, sinash loyihasi, sinalayotgan 
konstruksiyaning tekshiruv hisobi kiradi. Ishchi dastur naturaviy sinovlaming 
asosiy uslubiy hujjati hisoblanadi. Ishchi dasturda sinov maqsadi va vazifalari 
hamda ish tartibi bayon etiladi, sinov yukining qiymati ko'rsatiladi, yuk va 
asboblami o'rnatish sxemasi beriladi, qo'llanilayotgan o'lchash asboblari 
ro'yxati keltiriladi, sinov natijalarini qayta ishlash uslubi, xavfsizlik texnikasi 
tadbirlari tafsili o'rin oladi.
Dastuming asosiy qismini sinash obyektining tavsifi tashkil etadi. Sinash 
obyekti konstruksiyaning bir yoki bir necha elementi, konstruksiyaning bir 
qismi yoki konstruksiyaning o'zi bo'lishi mumkin. Statik sinovlar jarayonida 
ko'pincha xavfli sanalgan alohida elementlar sinaladi.
Sinash loyihasi barcha konstruksiyalarning va yuklash uskunalarining 
chizmalaridan; konstruksiyani to'liq buzilishdan saqlovchi va ishchilaming 
xavfsizligini ta’minlovchi moslamalaming chizmalaridan tashkil topadi. 
Sinash loyihasi tarkibida yana sinovlar jarayonida konstruksiyani tekshirib 
turish uchun lozim bo'ladigan havozalaming chizmalari, shuningdek, 
konstruksiya va asboblami ekspluatatsion yuk va boshqa ta’sirlardan muhofaza 
qiladigan moslamalaming chizmalari ham o'z aksini topadi.
Sinalayotgan konstruksiyaning hisobi dastlabki tekshiruv natijalari asosida 
materialda aniqlangan nuqsonlami, o'lchamlardagi xatolami va boshqa
8 6


kamchiliklami hisobga olgan holda bajariladi. Hisoblashlar natijasida asboblar 
o'matilgan joylardagi deformatsiyalar, kuchlanishlarva ko'chishlar aniqlanadi. 
Hisob ma’Iumotlari yuklanishlaming barcha bosqichlarida olingan 
eksperimental qiymatlar bilan nazariy qiymatlami taqqoslash imkonini 
beradi.
Naturaviy sinovlarning asosiy vazifasi yuklangan konstruksiya 
elementlarida hosil bo'ladigan ko'chish, deformatsiya va kuchlanishlaming 
haqiqiy qiymatlarini aniqlashdan iborat. Mazkur vazifani ado etish uchun 
sinovlami uch bosqichda o'tkazish ko'zda tutiladi: konstruksiyadagi to'liq 
kuchlanishlami yuk qo'ymasdan ilgari aniqlash; hisoblash sxemasi va 
hisoblash usulini tekshirish maqsadida konstruksiyaga kamroq kuch ko'yib 
sinash; oxiigi bosqichda konstruksiyaga katta kuch qo'yib sinash.
Eksperimentning maqsadiga qarab, sinov yo'li bilan obyektning quyidagi 
xarakteristikalari aniqlanadi:
1) yuk ko'tarish qobiliyati; bunda sinalayotgan obyektni mustahkamligi 
yoki ustuvorligini yo'qotadigan yukning qiymati aniqlanadi;
2) bikirligi; bunda obyektdan normal foydalanish imkonini beradigan 
ko'chishlaming chegaraviy qiymati aniqlanadi;
3) yoriqbardoshlik; bunda ekspluatatsiya jarayonida ruxsat etilgan 
me’yordan ortiqcha yoriqlar paydo qiladigan yukning qiymati aniqlanadi.
Sinash ishlari vazifalariga ko'ra quyidagi turlaiga bo'linadi:
1. Qabul qilish sinovlari; bunday sinovlar qurib bitkazilgan inshootlarni 
foydalanishga topshirishdan ilgari bajarilib, obyektning umumiy holati, 
kuchlanishlaming loyiha va me’yoriy talablaiga mosligi tekshiriladi.
2. Foydalanilayotgan inshootlarni sinash; ba’zan texnogen ta’sirlar 
natijasida inshoot turli darajada shikastlanadi. Shunday hollarda bundan 
buyon obyektdan foydalanish masalasini hal etish uchun uni sinovdan 
o'tkaziladi. Bundan tashqari, obyekt rekonstruksiya qilinadigan bo'lsa yoki 
undan foydalanish xarakteri o'zgarsa, unga qo'yiladigan ekspluatatsion 
yuklarni oshirish imkoniyatini o'rganish maqsadida sinash ishlari amalga 
oshiriladi.
3. Zavodlarda seriyali ishlab chiqariladigan buyumlardan alohida 
namunalar tanlab olinib, buzilgunga qadar sinaladi. Bu kabi tanlanma 
sinovlami o'tkazishdan maqsad chiqarilayotgan mahsulotlaming sifatiga yalpi 
baho berishdan iborat.
4. Ilmiy-tadqiqot sinovlari; bunday sinovlar yangi konstruktiv yechimlar 
qabul qilingan hollarda hamda yangi hisoblash usullarini tekshirishda; yangi
87


qurilish materiallari qo‘llanilganda; ekspluatatsiya jarayonida noqulay muhitga 
duch kelinishi mumkin bo‘lgan hollarda o'tkaziladi. Sinovlar naturada yoki 
laboratoriya sharoitida o'tkazilishi mumkin.
Obyektning sinovdan keyingi holatiga qarab quyidagi ikki hoi uchrashi 
mumkin:
1) obyektlar sinovlardan so'ng ekspluatatsiyada davom etadigan bo'lsa, 
sinov jarayonida ehtiyot bo'lib, ortiqcha shikastlanishlaiga yo'l qo'yilmaydi;
2) sinovlardan so'ng obyektlardan foydalanish ko'zda tutilmasa, u holda 
to'liq informatsiyaga ega bo'lish uchun, sinovlar obyekt buzilgunga qadar 
davom ettiriladi.

Yüklə 53,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin