‘zbekist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi q. S. Abdurashidov, B. A. Hobilov


Sinov natijalari bo'yicha konstruksiyalarning hisoblash



Yüklə 53,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/188
tarix07.01.2024
ölçüsü53,18 Kb.
#208394
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   188
7.3. Sinov natijalari bo'yicha konstruksiyalarning hisoblash
sxemalarini oydinlashtirish
Foydalanishda davom etadigan konstruksiyalarning sinov natijalarini 
baholashda hisobiy qiymatdan kamroq kuch bilan o'tkazilgan sinov natijalariga 
asoslanadi. Shunga ko'ra, konstruksiyaning keyingi mustahkamligi va 
deformatsiyalanish holatiga hisoblash yo'li bilan baho beriladi. Shunday 
qilib, konstruksiyaning hisoblash modeli va usulini tajriba orqali 
oydinlashtirish tadqiqotlaming muhim bosqichlaridan sanaladi. Mazkur 
masala rekonstruksiya qilinadigan inshootlar uchun yanada dolzarb tus oladi. 
Sanoat binolarida texnologik jarayonning o'zgarishi ko'pincha yuk ko'taruvchi 
konstruksiyalaiga qo'yiladigan muvaqqat yuklarni ortishi bilan bog'liq bo'ladi. 
Bunday holda rekonstruksiya loyihasining to'g'ri yechimi ko'proq yuk 
ko'taruvchi elementlaming haqiqiy mustahkamlik zaxiralarini qanchalik 
aniq topilishiga bog'liq. Hisobga olinmagan bunday zaxiralar hamisha mavjud 
bo'ladi, chunki loyiha amaliyotida shartli modellardan foydalaniladi. 
Hisoblash uslubiyatida yo'l qo'yiladigan soddalashtirishlar oxir oqibatda
90


konstruksiyaning mustahkamlik zaxirasining ortishiga olib keladi. Masalan, 
bir qavatli sanoat binosi ustunining tayanchi hisoblash sxemasida bikir deb 
qabul qilinadi, aslida tayanchda ma’lum deformatsiya sodir bo'lishi mumkin, 
bu esa tayanchdagi haqiqiy momentning hisobiy momentdan kichikroq 
bo'lishiga olib keladi. Shunday mulohazani ustunning yuqori uchi bilan 
rigelning tutashgan tuguni haqida ham aytish mumkin. Ushbu tugun ham 
hisoblash sxemasida bikir deb qabul qilinadi, aslida esa bu tugun ham 
qayishqoqlik xususiyatiga ega. Bu hoi tugundagi haqiqiy momentning hisobiy 
momentga nisbatan kamayishiga olib keladi.
Binoning fazoviy karkasi binoning umumiy bikirligini ta ’minlash bilan 
bir qatorda konstruksiyaning yuk ko'taruvchi elementlaridagi zo'riqishlami 
qayta taqsimlanishiga ham ta ’sir etadi.
O'tkazilgan tadqiqotlaming ko'rsatishicha, tsex konstruksiyasining fazoviy 
ishi tufayli eguvchi momentlaming qiymati 60% ga qadar kamayishi mumkin 
ekan. O 'z navbatida ko'chishlar ham tekis rama sxemasi bo'yicha topilgan 
ko'chishlarga nisbatan ancha kam bo'lar ekan.
7.4-rasm. Hisoblash sxemasini oydinlashtirishga doir sxema.
7.4-rasm, a da murakkab fazoviy konstruksiyadan ajratib olingan 
egiluvchan element (
2
) ning hisoblash modelini oydinlashtirish uchun 
o'tkaziladigan tajriba sinovining sxemasi berilgan. Loyiha amaliyotida bu 
kabi alohida elementning mustaqil hisobi ko'plab uchraydi. Hisobdagi 
noaniqliklar ideallashtirilgan tayanch shartlaridan (bikir yoki shamirli 
tayanchlar) kelib chiqadi. Amalda bikir mahkamlangan tayanchlar ma’lum 
darajada qayishqoq bo'ladi, xuddi shuningdek, shamirli tayanchlarda bikirlik 
alomatlari mavjud bo'ladi. Egilishdagi bikirlik EI element uzunligining 
oxirigacha, ayniqsa nuqsonli elementlarda, bir xil bo'lmaydi.
Ana shu sabablarga ko'ra haqiqiy eguvchi moment bilan hisobiy moment 
orasida katta tafovut paydo bo'ladi.
Hisoblash modelini oydinlashtirish (aniqlashtirish) maqsadida ajratilgan 
elementning o'ttasiga yig'iq kuch qo'yamiz. Tajriba jarayonida shu kuch 
ta’sirida kamida uch nuqtada hosil bo'lgan ko'chish va og'ish burchaklarini 
aniqlaymiz. Tayanch va oraliq kesimlaridagi deformatsiyalar haqida 
m a’lum otlar olinsa yanada yaxshi bo'ladi. K alta bikir to 'sin lard a

Yüklə 53,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin