konstruksiyalami sinash Dinamik kuchlar ta ’siriga hisoblangan obyektlar (ko'priklar, sanoat
binolari konstruksiyalari va boshqalar) foydalanishga topshirishdan ilgari
ularning ishi ekspluatatsion sharoitga maksimal yaqin keladigan holatda
sinovdan o'tkaziladi. Sinovlarda dinamik parametrlar aniqlanadi: masalan,
xususiy tebranishlar chastotasiga qarab konstruksiya bikirligiga va
materialning elastiklik moduliga baho bersa bo'ladi; tajribaviy va hisobiy
tebranish shakllarini taqqoslash yo'li bilan obyektning haqiqiy ishi
oydinlashtiriladi.
Inshootdagi bir xil elementlaming xususiy tebranishlari chastotasi va
so'nish intensivligini taqqoslash yo'li bilan ularning mustahkamligiga baho
bersa bo'ladi. Shunday qilib, ko'p mehnat va vaqt sarf qilmay, tadqiq
etilayotgan obyektning zaif tomonlari aniqlanadi.
Foydalanishda bo'lgan inshoot va konstruksiyalami sinash Dinamik sinovlami qayta-qayta o'tkazish va olingan natijalarni taqqoslash
yo'li bilan vaqt o'tgan sari inshootda sodir etilayotgan o'zgarishlami aniqlasa
bo'ladi. Bunday sinovlar quyidagi hollarda o'tkaziladi:
a) agar obyektdan foydalanish qoida va tartiblarida qayd etilgan bo'lsa,
sinov ishlari reja asosida bajariladi;
b) obyekt ta ’mirlab, mustahkamligi oshirilgandan keyin;
d) obyektning normal holatda ishlayotganligi, ya’ni bikirlik va
mustahkamligi shubha ostida bo'lsa, aniqlik kiritish maqsadida dinamik
sinovlar o'tkaziladi. Masalan, obyekt kuchli korroziyaga chalinsa, yong'inga
uchrasa, zilzilada shikastlansa va boshqa shu kabi ta ’sirlar ostida qolsa,
takroriy sinovlar o'tkazish zarurati tug'iladi.
Dinamik sinovlar, shu maqsadda o'tkaziladigan statik sinovlardan,
o'zining kam mehnattalabligi va tejamkorligi bilan ajralib turadi.
Ko'p seriyada chiqariladigan qurilish detallarini sinash Dinamik sinovlami o'tkazishdagi kam mehnattalablik va tezkorlik
korxonalarda ishlab chiqarilayotgan buyumlar sifatini nazorat qilishda juda
qo'l keladi.
Tekshirilayotgan namunaning nuqsonlari va materialning kamchiliklarini
aniqlovchi asosiy parametr — bu xususiy tebranishlar chastotasi va so'nish
intensivligidir. Shuni ta’kidlash joizki, olib borilayotgan dinamik tekshiruvlar
sinalgan detallarning yuk ko'tarish qobiliyatini pasaytirmaydi, ulaming
mustahkamligiga putur yetkazmaydi.
101