8.2.4. Qisqa muddat ta’sir etuvchi dinamik kuchlar Inshootlaiga qiymati katta bo'lgan qisqa muddatli dinamik kuchlar
ta’sirida quyidagi, muammolar hal etiladi:
. deformatsiyalanish tezligini qurilish materiallarining mustahkamlik
xossalariga ta ’sinni aniqlash;
. qisqa muddat ta ’sir etuvchi dinamik kuchlami konstruksiyalarning
kuchlanish — deformatsiya holatiga ta’sirini, noelastik deformatsiyalar paydo
bo'lganida va rivojlanganida zo'riq ish larn i qayta taqsim lanishini,
yoriqbardoshligi va yuk ko'tarish qobiliyatini aniqlash;
. qisqa muddatli dinamik kuchlar ta ’sirida inshoot elementlari va
zaminning biigalikda ishlash holatini tekshirish.
Qurilish materiallarining mustahkamlik va deformatsiyalanish xossalari
ko'p jihatdan yukning qo'yilish tezligiga bog'liq. Masalan, deformatsiyalanish
tezligi ortganda betonning mustahkamligi 80%ga, elastiklik moduli 30%ga
qadar ortishi mumkin. Betonning yoriqbardoshligi, bundan ham ko'p, 2,5
marotabagacha ortadi. Ko'rsatkichlaming qanchaga ortishi betonning
tarkibiga, kuchlanish holatining turiga va yuklanish tezligiga bog'liq.
Dinamik kuchlar katta tezlik bilan ta’sir etganda, konstruksion po'lat
va qotishmalaming mustahkamlik va deformativ xarakteristikalari keskin
o'zgaradi. Masalan, kam uglerodli po'latning deformatsiyalanish tezligi 103
s bo'lganda, uning oquvchanligi taxminan 3 marotaba, mustahkamligi 40%
ga ortadi. Armatura po'latlarining muvaqqat qarshiligi 20% ga, oquvchanlik
chegarasi esa 90% ga qadar ortishi mumkin.
Tosh-g'isht m ateriallari, plastmassa va alumin qotishm alarining
mustahkamlik va deformatsiyalanish xossalari kam o'iganilgan. Biroq bu
kabi konstruksion materiallarda ham ta ’sir etish tezligining ortishi bilan
mustahkamlik ko'rsatkichlarining ortishi qayd etilgan.
Ill