qochirma kuchlar bir chiziq bo'ylab
qarama-qarshi tomonlarga yo'naladi,
bunda teng ta ’sir etuvchi kuch nolga
aylanadi. Mashina disklari yana 90°
ga burilganda (III holat) teng ta’sir
etuvchi kuch yana 2S ga teng bo'ladi,
biroq endi uning yo'nalishi birinchi
yo'nalishga qarama-qarshi bo'lib,
yuqoridan pastga tomon yo'naladi.
Nihoyat, oxirgi fazada (IV holat)
markazdan qochirma kuchlar bir-
biriga qarab yo'naladi va teng ta’sir etuvchi kuch yana nolga aylanadi. Har
bir siklda bu
holat takrorlanadi, natijada sinalayotgan konstruksiyaga goh
yuqoriga, goh pastga yo'nalgan kuchlar ta ’sir etadi.
Konstruksiyaga ta ’sir etayotgan kuchning miqdori muvozanatlashma
gan massaning holatiga qarab sinusoida qonuni bo'yicha o'zgarib boradi
(8.4-rasm).
Gorizontal yo'nalishda vibratsion kuch hosil qilish uchun vibromashina
90° ga buriladi.
Vibromashina disklarini bir yo'nalishda aylantirish yo'li bilan navbatma-
navbat ikki yo'nalishda ta’sir etadigan momentlar hosil qilish mumkin
(8.5-rasm).
Vibromashina disklari I holatda boiganida
markazdan qochirma kuchlar
o'zaro muvozanatlashadi va konstruksiyaga hech qanday kuch uzatilmaydi. II
holatda soat strelkasiga teskari yo'nalishda bo'lgan moment hosil bo'ladi. Ill
holatda vibromashinadan konstniksiyaga hech qanday ta’sir bo'lmaydi, chunki
markazdan qochirma kuchlar bu holatda ham o'zaro muvozanatlashadi. IV
holatda yana moment hosil bo'ladi, lekin bu safar soat strelkasi bo'yicha yo'naladi.
Hozirgi davrda vibratsion m ashinalarning ko'plab tu rlari va
konstruksiyalari mavjud bo'lib, ularning muvozanatlashmagan massalari bir
necha grammdan tortib, yuzlab, minglab kilogrammgacha borib yetadi.
Keyingi paytlarda vibratsion sinovlar qurilish konstruksiyalarini naturaviy
sinashda keng qo'llaniladigan bo'lib qoldi.
Vibratsion sinovlar foydalanishda bo'lgan inshootlaming texnik holatiga
baho berishda juda qo'l keladi. Nazoratning yemirmaydigan ushbu uslubi
konstruksiya tebranishlarining chastotasi, fazoviy shakllari hamda tebranish
dekrementlarini aniqlash imkonini beradi. Bu parametrlardan konstruksiya
S. 4-rasm. Vibromashina vujudga
keltiradigan yukni ifodalovchi
sinusoida.
108
shikastlanishining
ko 'rsatkichlari
sifatida
foydalaniladi. Zilzilaviy hududlarda bunyod etilgan
bino va inshootlar uchun bu masala yanada ko'proq
ahamiyat kasb etadi. Karkasli va yirik panelli binolar
ustida
olib
borilgan
tad qiq o tlar
fazoviy
konstruksiyalarning dinamik parametrlari seysmik
ta ’sirlaiga o 'ta sezgir ekanligini ko'rsatdi*. Real
binolar ustida olib borilgan sinovlar natijasida
seysmik kuch bilan (bunda seysmik kuch vibratsion
t a ’sir orqali m odellashtirilgan)
shikastlangan
konstruksiyaning dinamik parametrlari orasidagi
miqdoriy bog'lanishlar aniqlandi. Shikastlanish
xarakteri seysmik va vibratsion ta’sirlarda bir-biriga
o'xshash ekanligi qayd etildi.
O'zgaruvchaTlshorali
Chiqarilayotgan mahsulot sifatini nazorat qilish
moment hosil qilishda
maqsadida yig'ma temirbeton zavodlarida vibratsion
vibromashina
sinovlar o'tkazish keng yo'lga qo'yilgan. Zavodlarda
disklarining holatlari.
nafaqat
oddiy konstruksiyalar, balki oldindan
zo'riqtirilgan konstruksiyalar ham sinovdan o'tkaziladi. Vibratsion sinovlarda
o 'lch ab olingan p aram etrlar konstruksiya qarshiligining umum iy
xarakteristikasi hisoblanadi.
Zavod mahsulotlarini vibratsion usulda
sinash uslubi namunalar va
naturaviy konstruksiyalami majburiy tebranish rejimida sinash uslubidan
farq qilmaydi. Yig'ma temirbeton buyumlari sifatini keng miqyosda nazorat
qilish uchun maxsus avtomatlashtirilgan uskunalar — yirik konstruksiyalarda
asosiy shakl tebranishlari ni uyg'ota oladigan stendlar tashkil etish talab
etiladi. Namunalar ustida rezonans sinovlari o'tkazishda bo'ylama, buralma
va egilma tebranishlardan birday foydalaniladi.
Zavod buyumlari sifatini
vibratsion usulda nazorat qilishda suyaniladigan asosiy parametrlar —
temirbeton elementning xususiy tebranishlari chastotasi va tebranishlar
dekrementidir. Naturaviy inshootlar va qurilish materiallari namunalarini
vibratsion sinashda nazorat qilinadigan param etr
sifatida asosiy ton
tebranishlarining chastotasi qabul qilinadi. Tebranishlar dekrementi
Dostları ilə paylaş: