tekshirilayotgan obyektning noelastik xossasi xarakteristikasi hisoblanadi.
Dekrement faqat tebranishlar energiyasini yo‘qotilishigagina emas, balki
tayanchlardagi ishqalanish va tashqi muhitning qarshiligiga ham bog‘liqdir.
Vibratsion sinovlar tugagach, konstruksiyadagi
dinamik kuchlanishlar va
ko‘chishlar qayta hisoblanadi. Agar hisobiy parametrlar ruxsat etilgan
ko‘rsatkichlardan
ortiq chiqsa, u holda konstruksiyaning dinam ik
xarakteristikalarini yaxshilashga qaratilgan muhandislik ishlari amalga oshiriladi.
8.2.3. Gidravlik pulsatorlar
Konstruksiyaning ayrim bo'laklarini yoki elementlarini sinashda siklik
t a ’sir
etuvchi
gidravlik
8.6 rasm. Stkhk
ta’sir etuvchi
domkratning
sxemasi:
1 va 2— tayanch
sirtlari; 3 — silindr;
4
—
plunjer; 5
—
moy
quyiladigan jo y ; 6-
o ‘matiluvchi shtok; 7
va 8 — shamirlar; 9
—
tortib turuvchi pru-
jinalar.
domkratlardan foydalaniladi.
Bunda
dom kratlar nasos
uskunasi
va
o'zgaruvchi
suyuqlik oqimini qo'zg'atuvchi
maxsus agregat — pulsatoiga
ulanadi.
Dinamik
kuch
hosil
qilishning
bu usuli quyidagi
afzalliklaiga ega:
— mazkur usul yordamida
konstruksiyaga istalgan kat-
talikda (yuzlab tonna miqdorida), istalgan yo'nalish va fazada kuch berish
imkoniyati mavjud;
— kuchlami masofadan turib boshqarsa bo'ladi;
— uzoq muddat davom etadigan sinovlar tartibini dasturlash va
butun
sinov jarayonini avtomatlashtirish mumkin.
Tuzilishiga ko'ra siklik ta’sir etuvchi domkratlar xilma-xil ko'rinishga
ega.
8
.
6
-rasmda ana shunday domkratlardan birining sxemasi tasvirlangan.
Siklik (takroriy) dinamik ta’sirlaiga sinashdan maqsad konstruksiyaning
chidamlilik chegarasi va kam sikllik charchash natijasida yemirilish shartlarini
aniqlashdan iborat. Kam siklli charchash natijasida tekshirilayotgan
elementning yemirilish sharti «Maksimal kuchlanishlar — yemirilishgacha
bo'lgan sikllar soni» koordinatalarida egri chiziqlar turkumi ko'rinishida
tasvirlanadi.
Metallaming buzilishi (yemirilishi, sinishi) siklik ta’sirlar
natijasida
110
quyidagi uchta bosqichda ro‘y beradi: charchash yoriqlari paydo bo‘ladi
(darz ketadi), yoriqlar ustuvor rivojlanadi, yoriq kritik uzunlikka yetganda
element sinadi. Beton va tosh-g‘isht elementlarida ham charchash buzilishi
uch bosqichda sodir bo'ladi, biroq bunda yirik yoriqlaming rivojlanishi
elementning to'la hajmida to'planib borgan shikastlar hisobiga yuz beradi.
Charchashga (усталость) sinash dinamik
sinovlarning murakkab
ko'rinishlaridan biri sanaladi.
Dostları ilə paylaş: