8.2.2. Vibratsion mashinalar
Foydalanilayotgan inshootlar holatini tekshirishda vibratsion (tebratuvchi)
mashinalar va pulsatsion (tepki beruvchi) gidrodomkratlar keng qoMlaniladi.
Inshootlarni vibratsion usulda tadqiq etish g'oyasi 1927-yili prof.
I.M. Rabinovich tom onidan bayon etilgan. Dastlabki vibromashinalar
1928-29-yillarda G erm aniyada yaratildi va sinovdan o ‘tdi. SSSR da
vibratsion mashinalar 1933-yilda paydo boMdi. Amerikada vibratsion
usul 1934-yildan beri qoMlanib kelinadi. Vibratsion tajribalar Yaponiya,
Meksika, Xitoy, Kalifomiya, Yangi Zelandiya va boshqa mamlakatlarda
keng tarqalgan.
Vibratsion mashinalar quwati, oMchamlari va tuzilishi bilan bir-biridan
farqlanadi. Ammo hammasining ishlash prinsipi bitta narsaga asoslanadi: u
ham boMsa muvozanatlashmagan massa o'matilgan juft sonli aylanuvchi
disklardir.
Shunday mashinalardan biri bilan tanishamiz: mashina umumiy asosga
o'matilgan, muvozanatlashmagan massaga ega bo'lgan, podshipniklar
yordamida aylanadigan ikkita diskdan tashkil topgan
(8.3-rasm). Disk aylanganida quyidagi miqdoiga teng
bo'lgan markazdan qochirma kuch hosil bo'ladi:
S = mrco2,
Bu yerda: m — muvozanatlashmagan yukning
massasi, m=Q/g;
g — og'irlik kuchi tezlanishi;
r — massa markazining aylanish radiusi;
Dostları ilə paylaş: