Erkin (xususiy) tebranishlar
ilk ta’sir (masalan, zarba) tufayli vujudga
keladi va qo'shimcha ta’sirlarsiz ham tebranishda davom etaveradi.
Majburiy tebranishlar
qo‘zg‘atuvchi kuchlar muntazam ravishda ta ’sir
etib tuigandagina vujudga keladi.
Xususiy tebranishlar chastotasi har qanday konstruksiyaning asosiy
dinamik xarakteristikasi hisoblanadi. Har bir konstruksiyaning o'ziga xos
xususiy chastotasi bo'ladi. Majburiy tebranishlar chastotasi xususiy tebranishlar
chastotasiga yaqinlashgani sari tebranishlar amplitudasi (demak, ichki
zo'riqishlar ham) ortib boradi. Eng katta amplitudalar rezonans holatida,
ya’ni xususiy tebranishlar bilan majburiy tebranishlar chastotasi o'zaro mos
tushgan vaqtda vujudga keladi.
Konstruksiyaning xususiy tebranishlari chastotalarining majmuasi
chastotalar spektori deb ataladi. Tebranayotgan konstruksiyaning holatini
belgilovchi geometrik parametrlar soni sistema tebranishlarining erkinlik
darajasi deyiladi.
Aslida qurilish konstruksiyalarining erkinlik darajasi cheksiz katta bo'ladi.
Ammo amaliy hisoblarda erkinlik darajasi chekli deb qabul qilinadi. Quyi
va yuqori tebranish chastotalarini analitik aniqlash usullari inshootlar
dinamikasi kursida batafsil yoritilgan. Bizning kursimizda mazkur chastotalami
eksperimental yo'l bilan aniqlash usullari ko'rib o'tiladi.
Dostları ilə paylaş: